Arxeologiya va etnologiya fanidan mustaqil ishi qabul qildi : X. Rahmatillayev



Download 30,64 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2022
Hajmi30,64 Kb.
#675702
  1   2
Bog'liq
Xadyabonu



FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI TARIX YO’NALISHI
1-BOSQICH 19-75-GURUH TALABASI ABDUMUTALOVA XADIYABONUNING

ARXEOLOGIYA VA ETNOLOGIYA FANIDAN

MUSTAQIL ISHI


QABUL QILDI : X .RAHMATILLAYEV
MAVZU :MELONEZIYA XALQLARI XO’JALIGI VA MADANIYATI

REJA :

I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.Meloneziya xalqining xo’jalik-madaniy tipi va ijtimoiy tuzumi.
2.Meloneziya xalqining etnogenezi , tili va irqi.
3.Moddiy va ma’naviy madaniyati .
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH
Har qanday fanning fan sifatida shakllanishi insonlar ehtiyoji bilan bog’liqdir.Shubhasiz , bu holat etnologiya uchun ham taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashab o’tgan barcha etnoslar o’ziga xos turmush tarzi ,urf-odati va an’analari bilan bir-biridan ajralib turgan. O’tgan mingyilliklar mobaynida tarix fanida yig’ilgan bilimlar shundan dalolat beradiki , yer yuzida garchi turfa xil rasm-u rusumlar va urf-odatlarga ega xalqlar yashashlariga qaramay , ularning barchasi tabiatning uzviy bir qismi sifatida rivojlangan va aynan tabiiy –geografik hamda xo’jalik munosabatlari bilan bog’liq holda o’ziga xos etnomadaniy an’analarga ega . Shu o’rinda etnologiya faniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak ,Etnologiya –xalqlar to’g’risidagi mustaqil fan sifatida XIX asr o’rtalarida paydo bo’lgan. Mazkur fanning aynan shu davrda paydo bo’lishining o’ziga xos sabablari mavjud .Avvalo, bu davrda dunyo qitalari o’rtasida iqtisodiy ,madaniy aloqalarning jadallashuvi sabab bo’lgan bo’lsa, boshqa tomondan mazkur davrdagi mustamlakachilik siyosati sabab bo’lgan. Chunonchi,yangi-yangi mustamlakalarga ega bo’lish yoki bosib olingan hududlarni osonroq boshqarish siyosati hamda mustamlakachi davlatlarning o’z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga intilishlari u yerda xalqlar to’g’risidagi batafsil ma’lumotga ega bo’lishni talab qilar edi.


Yuqorida tajidlab o’tilgan muamolar va savollarning yechimi tarzda fanda qator yangi nazariyalar va konsepsiyalar yaratildi .Bu esa etnologiyaning dastlabki ilmiy maktablari va yo’nalishlari paydo bo’lishiga sabab bo’ldi .Keyinchalik mazkur ilmiy maktab va yo’nalishlari asosida xalqlar to’g’risidagi maxsus fan etnologiya shakllangan .Etnologiya fanining nomi ham boshqa ko’plab ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori yunoncha – etnos (xalq )va logos ( fan ) so’zidan olingan bo’lib ,”xalq to’grisidagi fan “ degan ma’noni bildiradi .Bu fan tarix sohasida alohida o’ringa ega bo’lib hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan ibtidoiy jamoa shaklida hayot kechiradigan xalqlarning madaniy va xo’jalik an’analarini o’rganadi .Bunday xalqlar sirasiga hozirda Yangi Gvineyada hayot kechirib kelayotgan papuaslar qabilasi hayotini ham misol qilib keltirishimiz mumkin .

1. Melaneziya ( “Qora orollar “) ga papuaslar o’lkasi – Yangi Gvineya , Bismark arxipelagi ,Yangi Gebrit ,Fidji , Yangi Kaledoniya va boshqa orollar kiradi .Melaneziyaga dastlab odamlar Janubiy-sharqiy Osiyodan neolit davri ( mil.avv .7-5 ming yillik) boshlarida kelgan .Antropologik jihatdan yagona tipga ega meloneziyaliklar (qora tanli, jingalak sochli )Okeaniyaning eng qadimiy aholisi hisoblanadi .


Tirikchilik asosan dehqonchilik mahsulotlari – ildizmevali o’simliklar va mevali daraxtlar o’stirishdan iborat bo’lgan .Quruq joylarda emas , namroq yerda taro,kokos xurmosi , non daraxti ,banan ,keyin paydo bo’lgan kofe ,kakao , sholi , choy va xokazo hozirgacha ham asosiy ekinlar hisoblanadi .Yil bo’yi yerga ishlov berib , tropik iqlimga xos ekinlar ekilgan .Yerni oddiy yog’och bilan kovlab , kesakni yog’ochga bel bilan hamda qo’lda maydalangan va urug’ sochilgan .Yerga ishlov berishda erkak- ayol teng ishlagan.Ekish , yaganalash va yig’im-terim asosan ayollar zimmasida bo’lgan .Sohillarda yashovchi baliqchilar bilan savdolashib dehqonchilik mahsulotlarini ayriboshlaganlar .Baliq ovlash bilan erkaklar shug’ullangan. Baliqchilikda suyak va chig’anoqlardan yasalgan turli qarmoqlar ,to’r va savatlar , eni 2 metr , uzunligi 300 metrli to’rlar , sanchqi va hatto o’q yoylardan foydalanilgan .Chorva kam bo’lib , uy hayvonlaridan it , cho’chqa , tovuq saqlangan va ularni asosan bayramlarda so’yganlar .Go’shtni “ yer o’chog’ida “toshni qizdirib yoki olov yoqib kulida pishirganlar , ba’zan qaynatib ham yeganlar .Terib-termachlash bilan shug’ullanganlar .Uchli yog’ochni chaqmoq toshga ishqalab yoki burov usuli bilan olov hosil qilganlar .Melaneziyaliklarning asosiy qurollaridan toshbolta ,nayza ,cho’qmor ,o’q-yoy ,palaxmon kabilar keng tarqalgan .Mudofaa uchun ba’zan yog’och yoki qalqon ham ishlatilgan .Idish-tovoqlarni yog’och va bambukdan , kokos yong’oqi qobig’idan yoki qovoqdan yasaganlar .Charxsiz kulolchilik ,savat, bo’yra , xalta ,yelpig’ich kabi buyumlar tikish keng rivojlangan. Ammo gazlama to’qishni bilmaganlar ,tapa (maxsus daraxt qobig’i ) dan va o’simlik yaprog’idan etakli belbog’ va xakazo tikilgan .
Melaneziyaliklar va papuaslar asosan o’troq bo’lib , urug’ jamoa shaklida kichik qishloqlarda istiqomat qilganlar .Ularning uylarida odatda har xil tipdagi yengil ustunlarga qurilgan ,to’g’ri burchak yoki doirasimon shaklda cho’nqaytirilgan bo’lib, tomlari palma yoki boshqa daraxt yaproqlari bilan qalin qilib yopilgan .Sohillarda o’rnatilgan uylar uchraydi .Oddiy uylardan tashqari har bir qishloqda erkaklar bo’sh vaqtlarida to’planadigan ba’zan turli naqshlar bilan bezatiladigan hashamatli jamoa uyi ( erkaklar uyi ) qad ko’targan .An’anaviy transport vazifasi kema bo’lgan .Ular bir –ikki odam sig’adigan qayiqchadan tortib, 40 taga yaqin odam sig’adigan balansirli yog’och kemalargacha ega bo’lganlar .Kemalar eshkakli va ba’zan uchburchak chipta yelkanli bo’lgan .
Papuas va melaneziyaliklarning kiyimlari tropic iqlimga moslangan bo’lib,asosan erkaklar fartukli belbo’g’ va ayollar esa o’simliklardan tikilgan kalta yubka ba’zi joylarda yaqin davrlargacha tayloq ham kiyib yurganlar .Ammo kiyimlarga nisbatan turli bezaklar ko’p bo’lgan . Ayniqsa , erkaklar bezaklarni ko’proq osgan , sochlarini turli xilda taraganlar. Bambukdan yoki cho’plardan taroqlar yasab , ba’zan ularni ham bezak sifatida ishlatganlar .
Mustamlaka arafasida ijtimoiy munosabatlar ona urug’ining oxirgi davriga to’g’ri keladigan tuzum darajasida bo’lgan .Yangi Gvineyada masalan , urug’-jamoa munosabatlari mustahkam bo’lsa ,Fidji orollarida sinfiy jamiyat endi kurtak otgan .Katta orollarning aholisi kabilarga bo’lingan,urug’-jamoasi esa uning asosini tashkil qilgan . Mulk formasi bir oz murakkab : yer jamoaniki bo’lsada , undan foydalanish individual harakterga ega ,har kim , hatto bola ham ,o’zi ekkan mevali daraxtiga ega bo’lgan .Uy va uning jihozlari , qurollar shaxsiy mulk , katta kemalar esa jamoaga tegishli bo’lgan. Boylik ortirish o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan : kimda ildizmevali ekinlardan yams , bo’yra yoki cho’chqa podasi bo’lsa ,shu kishi boy hisoblangan va jamiyatda hurmati baland bo’lgan . Me’ros ona urug’i tomonidan va qabilalararo munosabatlar natural savdo va nikox shaklida amalga oshirilgan .
Janubiy va Sharqiy orollarda yashovchi meloneziyaliklar jamoasida ijtimoiy tabaqalanish natijasida badavlat shaxslar , zodagonlar va urug’ boshliqlari paydo bo’lgan . Ular jamoa mulkining bir qismini egallaganlar ,ayrim jamoa a’zolarini o’zlariga qaram qilib olganlar , urushlarda asirlarni qul qilganlar , bo’ysundirilgan qabilalarga soliq solganlar. “ Erkaklar ittifoqi “ hukmron zodagonlarning qudratli quroli hisoblangan . Mazkur ittifoq turli tabaqalarga bo’lingan va eng yuqori tabaqadagi ittifoqqa a’zo bo’lish uchun katta badal to’lashi va maxsus boy marosimlar o’tkazishi shart bo’lgan. Chunki yuqori tabaqadagi ittifoq a’zolari katta imtiyozlarga ega bo’lib , o’ziga xos mustabid hokimiyat vazifasini bajarganlar , aholini qo’rqitib , boyliklarini tortib olganlar .Butun Meloneziyada keng tarqalgan mashxur Duk-duk nomli erkaklar ittifoqi aslida inisiasiya marosimlari bilan bog’liqdir .
Inisiasiya marosimi Yangi Gvineya va meloneziyaliklarda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan . Erkaklar qatoriga qabul qilish uchun yoshlikdan tayyorgarlik ko’rilgan , o’spirinlar maxsus tarbiyachilar qo’liga topshirilgan , turli og’ir sinovlardan o’tkazilgan masalan , do’pposlangan , badani tatirirovka qilingan ,ovqat va uyqudan mahrum etilgan . O’spirinlar faqat “ erkaklar taomi “ – banan , shakarqamish va o’rmon mevalarini istemol qilishlari shart bo’lgan . Ayollar qo’lidan ovqat yeyish , ular o’stirgan daraxt mevalarini tamaddi qilish qat’iyan man qilingan .Xullas butun marosim o’g’il bolani onasidan umuman ayollardan ajratib , erkaklar dunyosiga jalb qilishdan iborat bo’lgan .Ba’zan sinov va udumlar turli qo’shiq va raqslar sunray na’volari ostida o’tkazilgan . Kakao qabilasida marosimning oxirida o’spirinlarga qabilaning odat va odob tartiblarini o’rgatish bilan birga turli nasixatlar ham berilgan .Masalan, ularga : “ o’g’irlama ! ,foxishalik katta gunoh , unga berilgan tez o’ladi ! xotiningni urma ! birovning polizidan meva oma ! adolatli bo’lsang – uzoq yashaysan ! “ ,deyilgan .Torresova bo’g’ozidagi orollarda quydagicha nasixat diqqatga sazovor : “ birov sendan bir narsa so’rasa , yo’q dema ! Agar unga taom, suv yoki yana boshqa narsa zarur bo’lsa , ayama , yarmini bergil ! Agar sen va xotining ota –onangdan xech narsa olmagan bo’lsanglar ham ularga g’amxo’rlik qilishni unutmangiz ! Onaga xech vaqt qo’pollik qilma ! Ota va onang sening qorningdagi taoming , agar ular o’lsa, sen och qolasan ! Tog’ang va boshqa qavmi-qarindoshlaringa ham g’amxo’rlik qilishni unutma …! “ .Marosim nog’oralar ovozi va sunray kuylari , o’rtaga boshiga konus shaklida baland niqob kiygan , ustiga ketma-ket yaproqlar yopilgan tuyaqushga o’xshash daxshatli arvoh obrazidagi Duk- duk o’yini bilan tugaydi. Shunday qilib, o’g’il bolalar erkaklar guruxiga o’tadi . Va o’z vaqtini asosan oiladan va xotinlardan tashqari , “ erkaklar uyi “ da o’tkazishga majbur bo’ladi .
Ayrim tatqiqotchilarning erkaklar ittifoqining paydo bo’lishi ona urug’i hukmdorligiga qarshi qaratilgan o’ziga xos qurol ham hisoblangan, ya’ni matriarxat urug’idan patriarxatga o’tish davri bilan bog’liq .Insiasiya natijasida bir oilada tug’ilib o’sgan o’spirin ona uyini tashlab , erkaklar uyiga ,ya’ni u’rug’ ixtiyoriga o’tadi . Va yangi oila tashkil qiladi . Ammo uning ahvoli ikkilanma va qarama qarshi bo’lgan , bir tomondan u urug’ a’zosi , ikkinchi tomondan oila boshlig’i ,bir kecha erkaklar uyida yotsa , ikkinchi kecha o’z uyida yotadi , o’z vaqtining bir qismini umumiy urug’ ishlariga sarflasa , ikkinchi qismini oilasiga ajratadi . N.A .Butinov tarificha , Yangi Gvineyadagi Maklayd sohilida o’tkazilgan inisiasiya tantanalari o’n-o’n besh yilda bir marta nishonlanib , hayotga yangi mehnatkash avlod kirib kelganligini namoyish qiladi . Mazkur marosimni nishonlashdan maqsad o’spirinlarni oilasidan ajratib urug’ a’zosiga o’tkazibgina qolmay , balki , eng muhimi ularni uylanib , yangi oila va uyga ega bo;lganidan keyin ham erkaklar uyida saqlab qolishdan iboratdir . “ Bunday marosimlar,- deb xulosa qiladi avtor,- ikki vazifani bajargan .Birinchidan- oiladan begonalashtirish har bir erkak tomonidan individual holatd turli udumlar amalga oshiriladi .
Ikkinchidan – urug’ga mustahkam berkitish ayollardan maxfiy saqlangan urug’ning muqaddas joyi erkaklar uyida butun urug’doshlar tomonidan kollektiv ishtirok qilmaydigan urug’chilik bayramlari orqali namoyish qilinadi “.
Meloneziyada patriarxar quldorlik paydo bo’lgan, qullar harbiy asrlar hisobiga to’ldirilgan . Patriarxat tipidagi juft nikox uncha mustahkam bo’lmagan. Butun jamoa ishlarini belgilab va boshqarib turuvchi qavmu-qarindoshlik munosabatlari katta kuch hisoblangan . Tabaqalanish natijasida nikoh munosabatlari ancha o’zgargan , katta qalin to’lash , ko’p xotinlik paydo bo’lgan .Gvineyaga brogan Ya. Volnevich so’ngi o’n yillikdan keyin bahosi o’n xissa oshganligi tufayli boy tabaqadagilar bir necha xotin olishga qodir bo;lib , kambag’al yigitlarga uylanish qiyinlashganligini qayd qiladi . Oqibatda poligam nikox kuchaygan . Eri o’lganda xotini ancha vaqt motam qilgan , keyin erning jasadini qabrdan kovlab olib ariqda yuvgan , kalla suyagini maxsus to’r xaltaga solib , o’zi bilan olib yurgan . Kukuku qabilasida kishi o’lgandan keyin jasadni uyga maxsus ustunga yotqizib bir oycha dudlatib , qurutganlar , so’ng chiptaga o’rab qabristonga elitib qo’yganlar . Motam belgisi sifatida reining kalla suyagi yoki ba’zi bir sklet suyagini taqib yurish umrining oxirigacha cho’zilishi mumkin . Faqat qaynagasi yoki qaynisinglisining ruxsati bilan beva ayol motamni tugatib , yangi turmush qurishi mumkin bo’lgan . Ilgari ayrim qabilalarda bolasi o’lgan ayol bir barmog’ini motam belgisi sifatida kesib tashlagan va bo’yniga osib yurgan .
Papuas va meloneziyaliklarning diniy e’tiqodida mana tushunchasi muhim ro’l o’ynagan . Mana tabiatning turli hodisalari , arvohlar boy kishilar bilan bog’liq qandaydir bekifoya kuch hisoblangan . Eng kuchli mana , odatda , qabila boshliqlari , erkaklar ittifoqi rahbari va ularning arvohlariga xos bo’lib , ularga sig’inish keng tarqalgan . Yangi Gibrit orollarida tabiat ruhlariga itoat qilish kuchli bo’lgan . Ajdodlari arvohlariga sig’inish e’tiqodi o’liklarning kalla suyagini maxsus muqaddas joylarda saqlash odatini yaratgan . Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy o’tish davriga xos turli animistik tasavvurlar , sehrgarlik e’tiqodi mavjud bo’lgan. Bayramlarda kuy va raqslar ijro etilgan , ayniqsa erkaklar raqsi turli xilda va drammatik mazmunda harbiy harakatlar , eshkak eshish kabilarda tasvirlangan . Dekarativ san’at , o’ymakorlik rivojlangan . Ammo amaliy bilimlar ancha past , faqat ba’zi dehqonchilik bilan bog’liq tomonlargina o’ziga xos xususuyatga ega bo’lgan , xalq meditsinasi biroz rivoj topgan :massaj qilish , qon chiqarish , suyakni joyiga solish , trepanatsiya qilish , o’tlardan dori tayyorlashni yaxshi bilganlar .
Melaneziyaning ko’p qismi issiq nam iqlimni o’rmonlardan iborat bo’lganligi tufayli mustamlakachilik bu yerda Avstraliya va Polineziyadan keyinroq boshlanadi . Faqat Yangi Kaledoniya va Fidja orollariga yevropaliklar oldinroq kela boshlagan . Ayniqsa o’tgan asrning oxirlarida qazilma boyliklar ochilgandan keyin plantatorlar va tog’ konchilari Osiyodan ko’p sonli ishchilar kuchini keltira boshlaydi . Albatta Melaneziyani mustamlaka qilish mahalliy aholining jiddiy qarshiligida ro’y bergan edi . Tish-tirnog’I bilan qurollangn istilochilarga qarshi kurashda Yangi Gvineya va Melaneziyani imperialistlar ikki marta qayta bo’lishgan . Lekin ozodlik kurashi to’xtamagan . Migiratsiyaning kuchayishi natijasida ayrim orollarning etnik tuzilishi ancha o’zgargan , tub aholi soni kamayib , kelgindi ko’payib ketgan . Eski qabilaviy tuzum asta- sekin yemirilib , qabila boshliqlari mustamlakachilarning ma’muriy malayiga aylangan . Fidja orolida ser unum yerlarni egallagan mustamlakachilar plantatsiya xo’jaligini tuzib , shakarqamish eka boshlaganlar . Ular ishchi kuchiga muhtoj bo’lib , qo’shni orollardan va Hindistondan juda ko’p yollanma ishchilarni olib kelganlar . Orol aholisining deyarli 50 foizini hozirda hindlar tashkil qiladi , tub aholi esa undan ham oz qolgan .
Yangi Gvineyada hozirda papuaslar va melaneziyaliklar 2,8 milliondan ortiq . Ammo ularning ko’pchiligi ibtidoiy tuzum darajasida – noqulay sharoitda , tropik o’rmonlarda va botqoqlik qirg’oqlarda yashaydilar .
Aholining 40 foizi natural xo’jalik bilan band . Chet el kompaniyalari juda ko’p qazilma boyliklarni egallab olishmoqda . Mahalliy tub aholining ozodlik kurashi natijasida papuaslar Yangi Gvineyasi o’z o’zini boshqarish huquqiga ega bo’ldi va 1975-yilda mustaqil deb e’lon qilindi . Yangi Gvineyaning totemistik tatqiqotchilaridan biri A.Elkin tabiri bilan aytganda , hayvon va tabiat , koinot va olam ,haqidagi tasavvurlar mevasi bu – totemistik tasavvurlardir . U ijtimoiy guruhlarga alohida rang beradi , uning mifologiyasiga ta’sir etadi , urf-odatlarini jonlantiradi , odamlarni o’z o’tmishi bilan bog’laydi .


Download 30,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish