62. Европа давлатлари ва Усмонийлар империяси (XIX асрнинг биринчи ярмида)
Lepanto urushi (1571-yil) Usmoniy-Yevropa munosabatlari tarixida eng muhim voqealardan biridir. 16-asrdan beri bu urushni eslatib turgan ramzlar va xotiralar islomiy va g'arb tushunchasining taqqoslanishida katta ahamiyat kasb etadi. Bu urush oddiy dengiz urushi emas, balki turli millat insonlarining taqdirini kutilmagan yo'llar bilan bir-biriga bog'lagan hodisa edi. G'arb adabiyotining o'chmas siymolaridan biri ispan yozuvchi Migel de Servantes va Usmoniy davlat arbobi, shoir va tarixshunos Mahmudning yozgan hikoyalari bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Avstraliyalik Don John tomonidan boshqarilgan Yevropa dengiz floti Yunonistonning Korint ko'rfazidagi Lepanto (Inebahti) sohillarida g'alaba qozongani haqli ravishda butun dunyoda katta ovoza bo'ldi. Yevropaliklar Usmoniylarning mag'lub bo'lganidan taajjublandilar. Asrlar mobaynida yengilmagan turklar tarixda birinchi marta mag'lub bo'lgan edilar va Yevropaning o'ziga bo'lgan ishonchi ortgan edi.
Yevropaning har tomonida katta tantanalar va ziyofatlar o'tkazildi. Hamma joyda g'alaba sevinchi hukmron edi. Lepanto g'alabasida katta ro'l o'ynagan Papa Pius V. “Saratsin"larga (Salib yurishlari davrida musulmonlarga berilgan nom) qarshi jangga kirish uchun yaxshi vaziyatni qo'lga kiritgan edi. Biroq, bu g'alaba sevinchi uzoqqa bormadi. O'sha yili Usmoniylar Kiprni bosib oldi. Dengiz flotini qaytatdan tiklab, ulkan kuchga ega bo'ldi. Sulton 2-Salimning vaziri Sokullu Mehmet Pasha Venetsiya elchisi Marjantonio Barbaroga shunday dedi: “Bu baxtsizlikni qanday yengib o'tganimizni ko'rgani keldingiz. Lekin, bizning zararimiz bilan sizning zararingiz o'rtasidagi farqqa e'tiboringizni jalb qilmoqchiman. Kiprni sizdan tortib olib, go'yo qo'lingizdan judo qildik. Siz Lepantoda dengiz flotimizni mag'lub etib, bizning soqolimizni uzdingiz. Kesilgan qo'l takror unib chiqmaydi, lekin uzilgan soqol o'rnidan yana gurkirab chiqaveradi",-dedi.
Yillar o'tgach, ustun zakosidan foydalanish fursatini qo'lga kiritgan Voltaire shunday dedi: “Lepantoda turklar g'alaba qozonganga o'xshaydi…"
Lepanto urushi o'tmishda juda katta iz qoldirdi. Asrlar mobaynida siyosatni, tushunchalarni va munosabatlarni shakllantirdi. Qahramonlik, fidokorlik, asirlik va vatanga qaytish hikoyalari Yevropada va Usmoniy zaminida keng tarqaldi. Bu hikoyalar kelgusi nasllarning fikrlashini rivojlantirdi. Bulardan ispan va usmoniy hikoyalari tarixiy ahamiyati, abadiy daxosi va madaniyatlararo ahamiyati jihatidan taqdirga loyiqdir.
E'tiqodi va vatan uchun o'zini fido qilishga tayyor bo'lgan Migel de Servantes 1571-yili Lepantoda Usmoniylarga qarshi kurash uchun Yevropa qo'shinining safiga qo'shildi. Betobligiga va komondonining ogohlantiruvlariga qaramasdan jangga kirdi va chap qo'lidan og'ir yaralandi. Lekin, u bu vaziyatni Tangrining karomati deb o'yladi, chunki bu holat bir yozuvchi sifatida eng kuchli quroli bo'lgan yozuv qo'li (o'ng qo'li)ga e'tibor qaratishini ta'minladi. U urushda o'tkazgan damlari haqida shunday yozardi: “O'sha kuni men u yerda edim…"
Lekin, yillar o'tgach, Servantes musulmon qaroqchilar tomonidan asirga tushirilib, Jazoyirga olib ketilgan edi. U yerda 5 yil mobaynida asirlikda kun kechirdi. Asarlarining aksariyatida, jumladan “Jazoyir asiri", “Jazoyir zindonlari", “Don Kixot" kabi romanlarida Jazoyirda o'tkazgan kunlari haqida yozdi.
U 1580-yili Muqaddas ruh mazhabi vositasida (pora berib) ozodlikka chiqadi. Servantesning asirlikda o'tkazgan 5 yillik umri ona vatanida turli bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. U 5 yil mobaynida nima qildi? E'tiqodiga hiyonat qildimi? Yashirincha musulmon bo'lgani haqidagi iddaolar haqiqatmi? Usmoniy xokimiyati tarkibidagi Jazoyir amiri general Hasan Pasha bilan yaxshi munosabatini qanday izohlaydi? Xa albatta, shuni aytish joizki, u asirlikdan 4 marta qochishga urindi, lekin jazoga tortilmadi. Aksincha, unga yaxshi munosabatda bo'ldilar. Nima uchun?... Bunday savollar ispanlarni bezovta qilardi. Lekin, baribir o'z ona vataniga qochishdan aslo voz kechmagan edi.
Asirlikda kun kechirar ekan, kelib ketgan musulmon, hristian va yahudiy mahbuslarni qunt bilan kuzatib bordi va islom e'tiqodi, madaniyati, san'ati va Shimoliy Afrika geografiyasi haqida katta taassurotga ega bo'ldi. Bu tajribalari uning adabiy asarlarining boyitilishiga sabab bo'ldi. Albattaki, Servantes bir liberal emas edi. U islomga va musulmonlarga o'rta asr hristianligining sohta hikoyalari, afsonalari va notog'ri tushunchalari ko'zi bilan qarardi. Va asirlikka olingani uchun ham ulardan nafratlanishi haqiqat edi.
Lepanto urushining taqdirini o'zgartirgan yana bir kishi Usmoniy davlat arbobi, shoir va tarixshunos Mahmud edi. 1513-1514 yillarda Afyonkarahisarda kamtarin oilada dunyoga kelgan Mahmud Usmoniy davlatida tezda tanilib, avvalo mahkama noibi, so'ngra xazinador va elchi sifatida xizmat ko'rsatdi. Keyinchalik unga shaxzoda Salim tomonidan “Hindli” deb tahallus berildi.
Mahmud Lepanto urushida Usmoniy dengiz flotiga qo'shilgan paytda uning uchun qora kunlar boshlandi. Usmoniylar urushda mag'lub bo'lgach, Don John tomonidan asirga olindi. Bir necha hafta davom etgan mashaqqatli safardan so'ng, oldin Messinaga, so'ngra, Napoliga, keyin esa Rimga olib ketildi.
Mahmud Rimda Castel Sant'Angelo'da qamoqqa olinishi bilan uning hayotida yangi davr boshlandi.
Asirlikda o'tkazgan kunlarida Hindli Mahmud hech qachon vataniga qaytishdan umidini uzmadi. Ko'ziga yosh olib, oilasini, rafiqasini va farzandlarini o'ylab hayol surdi. Allohdan sabr va kuchli iroda tiladi. Hujrasida qolgan asirlarga hamisha yo'l ko'rsatdi, ularga nasihat qildi.
Asirlar bir-biriga dalda bergan holda hayotini davom ettirdilar. U juma namozini o'qish va diniy bayramlarni nishonlashga ruhsat bergani uchun asirga olganlardan minnatdor edilar. Xatto qamoqxonada baland ovoz bilan azon ham o'qidilar. Castel Sant'Angelo Usmoniy asirlar uchun go'yo ibodatxonaga aylangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |