A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


Odamning po’stembrional davrida o’sishini o’rganish metodlari



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Odamning po’stembrional davrida o’sishini o’rganish metodlari 
Bolaning tug‘ilgandan keyin o‘sishini o‘rganishida antropologik o‘lchovlar 
asosiy sanaladi. U bolaning miyasiga qarab, ham bo‘yiga ham eniga o‘sishini 
ko‘rsatadi. Bo‘yiga o‘lchash longitudinal, eniga o‘chash orqali bolalarni gavda 
og‘irligi, bo‘yiga o‘sganligi sistematik ravishda aniqlab boriladi. Bolalar 
gavdasining eniga o‘lchash har hil yoshda ko‘p bolalarda olib boriladi. Bo‘yiga 
o‘lchash bir xil bolalarda o‘tkaziladi. Bu ikki metod auksologiyada keng 
qo‘llaniladi. Bolalar gavdasini eniga o‘lchash odatda tashqi har hil ta‘sirotlarni 
odamga ko‘rsatgan ta‘sirlarini o‘rganish orqali populyatsiya standarti bilan 
taqqoslash yo‘nalishida olib boriladi. Ikkinchi tomondan o‘sishni haqiqiy tezligini 
faqat bo‘y uzunligini o‘lchash orqali qo‘lga kiritiladi.
1990 - yilda birinchi marta 7 - 12 yoshli bolalarni ikki guruhi 5 yil davomida 
bo‘yini o‘shishi o‘rganildi. Oqibatda 7 - 12 yoshli va 12 - 17 yoshli bolalarni bo‘yi 
o‘lchanib borildi. Bu metodni afzalligi vaqtni tejashidir. Chunki haqiqiy bo‘yni 
o‘lchash uchun yana 5 yil kerak bo‘lar edi. Lekin bu metodning kamchiligi 
shundan iboratki ularni kesishish joyini bo‘lmasligidir. Tadqiqot metodini tanlash 
maqsadga yo‘nalgan bo‘lishi kerak. U yoki bu populyatsiyalarni jismoniy 
taraqiyoti bo‘lishi uchun ularni gavdasini eniga katta bo‘lishini o‘lchash kifoya. 
Agar bo‘yiga o‘lchashda aniqlik kiritish uchun esa uni faslga qarab o‘lchash 
metodini idial deb hisoblashadi.
Auksologiyada bir vaqtning o‘zida odamlarni, ham bo‘yini, ham og‘irligini 
o‘lchash keng tarqalgan metod sanaladi. Bo‘y oyoqlar, qo‘llar, gavda uzunligi va 
ularni o‘zaro mutanosibligi bilan juda ahamiyatlidir. Bunda gavdani tik tutish, 
oyoqlarni orasi 10 - 15 sm bo‘lishi, yelka biroz orqada, ko‘krak biroz oldinga 
chiqishi, qo‘llar to‘g‘ri bo‘lishi va gavdaga yopishgan holatda bo‘lishi shart. 
Gavdani o‘lchaganda odam yalang‘och, faqat tursikda bo‘lishi kerak. Bunda 
albatta odam, bo‘yini sutkalik o‘zgarishini ham etiborga olish lozim.
O‘sish va jinsiy balog‘atga yetish barcha insonlarga hos bo‘lsa ham ular 
o‘rtasida, shaxsiy va populyatsion tafovutlar ko‘zga tashlanadi. Tafovut o‘sish va 
balog‘atga yetish tezligi va gavda kattalashishida namoyon bo‘ladi. Ularning 


107 
barchasi ,,biologik yosh‘‘ bilan aloqador. Bu atama XX asrning 30 - 40 yillarida
rus olimlari Shtefka va Roxlina tomonidan fanga joriy qilingan.
Biologik yosh va passport bo‘yicha yosh vaqtincha xarateristika bo‘lib, 
passport yoshidan shaxsiy o‘sish tezligi, rivojlanishni, balog‘atga yetishni va 
keksalikni ifodalaydi. Passport bo‘yicha bir xil yoshdagi bolalarning har hil 
guruhida yosh jihatdan nisbatan katta ba‘zilari esa nisbatan yosh ko‘rinadi. 
Odamlarning aniq yoshi ularning balog‘atga yetish davridagi tafovutni ifodalay 
olmaydi. Bu pejada odamlarning bo‘yini o‘lchash yoki og‘irligini bilish ham 
keraksiz hisoblanadi. Bolalarni balog‘atga yetganligini aniqlashning boshqa 
mezonlari ham mavjud. Biologik yosh faqat ayrim davrda emas, balki odam 
shaxsiy taraqqiyotining hamma davrida qo‘llanilishi lozim. Chunki u o‘z 
tengilariga nisbatan yosh yoki qari (katta) ko‘rinadi degan ibora faqat yoshlarga 
emas keksalarga ham qo‘llaniladi. Biologik yosh deganda ayrim individlarni 
morfofunksional holatiga ko‘ra o‘sish va rivojlanish darajasini mosligini (jinsiy 
yetilish, bo‘y - bast) ifodalaydi. Shunday qilib biologik yosh shaxsning yosh 
holatini baholaydi. Mazkur baho organizmning har qanday sistemasiga nisbatan 
qo‘llanilishi mumkin. Biologik - yoshni aniqlash uchun olingan belgilar avvalo 
yosh o‘zgarishini aniq ifoda etishi u odam sog‘ligiga zarar keltirmasligi kerak.
Arxeologiyada biologik yosh tish, jinsiy yetilish, umumiy morfologik 
rivojlanish fiziologik jihatdan voyaga yetish ruhiy va aqliy voyaga etish orqali 
aniqlanadi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish