A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


Magistrlar bilimini sinash uchun savollar



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Magistrlar bilimini sinash uchun savollar 
1.Akselratsiya atamasi qanday ma‘noni anglatadi? 
2. Akselratsiya atamasini birinchi bo‗lib kim fanga kiritgan? 
3. Akselratsiyaning asosiy sabablarini tushuntiring. 
4. Akseleratsiya tushunchasi ostida. 
5. Akseleratsiya qaysi davrdan boshlanadi 
6. Akseleratsiya jarayoni shahar hamda qishloq aholisidagi farqni tushuntiring. 
7. Akseleratsiya jarayoni har - xil etnik guruhlarda ro‗y berishiga ta‘rif bering. 
8. SNG davlatlaridagi akselratsiya jarayoniga ta‘rif bering. 


110 
 12§. Odamlar populyatsiyasi haqida tushuncha. Odamlar populyatsiyasining 
barkarorligi 
Tayanch iborlar va tushunchalar: 
populyatsiya,populyatsiya dinamikasi, 
populyatsiya barqarorligi, jamoa, odam ekosistemasi, ovchilik, polpulyatsiya 
zichligi, iqlim, relef, yuqori praleolit, tosh davri.
Odamlarning har bir uyushmasi tashqi muhitning har xil omillari ta‘sirida 
paydo bo‘ladigan keskin sharoitlarga moslanishga majbur. Organizm bilan tashqi 
muxitni o‘zaro ta‘siri populyatsiyalardagi individlar sonini belgilaydi. Bu ko‘r-
satkich odamlar uyushmasi qay darajada muxitning o‘ziga tobe qilganligini 
ko‘rsatadi

Odam ekosistemasi ko‘p jihatdan turli tumanligi har ril populyatsiyalarning 
sonidan kam bo‘lmaydi. Harrison ma‘lumotlariga ko‘ra iqtisodiyot taraqqiyoti 
bilan odamlar zichligi o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatadi. 
Chunonchi yuqori paleolitda terib yeydiganlar bir kishi uchun 200 - 0.5 
milya kvadrat maydon. Avstraliyaning tub aholisi uchun 29 milya, Olovli yer 
indeytslar uchun 8 milya maydon kerak bo‘lgan. (Milya – dengizda 1852 metr, 
geografik milya 7420). Ovchilar va baliq ovlaydiganlar uchun 200 - 0.05 mil 
maydon kerak bo‘lgan. Bir mil
2
maydonda 20 kishi yashagan. Eskimoslar 
(Alyaska) bir odam uchun 30mil, mezolitda yashovchilar uchun 10 mil, qadimgi 
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchilar uchun 0.05 - 1mil
2
maydon kerak bo‘lgan. 
Har qanday iqtisodiy gurux xilma - xil omillar ta‘siri ostida bo‘ladi. 
Populyatsiyadagi odamlar zichligi quyidagilarga: 
1)
iqlim, tuproq rel‘efini harakteriga 
2)
o‘simlik va hayvonot dunyosiga 
3)
ishlab chiqarish xo‘jaligiga, uning madaniyat darajasiga, tabiiy resurslardan 
foydalanish darajasiga bog‘liq. 
Odamlar populyatsiyalar sonining dinamikasi turli – tuman. U yo 
ko‘payib yo kamayib yo barqaror bo‘ladi. Birlamchi odam jamolarini barqaror 
bo‘lishi, undagi odam sonini ma‘lum darajada saqlashga intilish bo‘lgan. Bu 
yerda hayvonot dunyosida populyatsiya tabiiy ravishda barqarorlashish 


111 
sistemasini esga olish lozim. Barqarorlanish sistemasi ekologlar Elton Nikolson 
Soloma tomonidan ta‘riflanib u tubandagilardan iborat: 
1)
Populyatsiyani barqaror bo‘lishi uning sonini tebranishiga to‘sqinlik 
qiluvchi omillar birligi bilan sharxlanadi. 
2)
Populyatsiya zichligining o‘rtacha darajasi uning areal hajmi bilan belgila-
nadi (bunga Avstraliya tub populyatsiyasi misol). 
3)
Ekosistemalarning tebranishini cheklovchi jarayonlarning turg‘un hajmi 
bilan belgilanadi. Ular populyatsiya zichligiga bog‘liq jarayonlar deb ataladi. 
4)
Tashqi hodisalar ekosistemadagi muvozanatni keskin o‘zgartirishi mumkin. 
Lekin ular populyatsiyani barqaror bo‘lishida qatnashmaydi. 
5)
Har qanday ekosistema odamlari eng qulay (optimal) soniga va ularni 
barqarorlashtiruvchi jarayonlarga ega bo‘ladi. Lekin bu qulayliq hamma 
vaqt ham bo‘lavermaydi.
Cheklangan resurslarga va turg‘un texnikaga ega odamlar uyushmalarida 
ma‘lum vaqtdan so‘ng populyatsiyalardagi odamlar soni resurs miqdoriga 
nisbatan ortiq bo‘ladi. Agar odam uyushmasida odamlar soni o‘zgarmasdan 
turg‘un holatda bo‘lsa ham turg‘unlilikni barqarorligini saqlovchi qandaydir 
boshqaruv jarayonlar bo‘ladi. Maltuschilar bunday cheklovchi omil ocharchilik 
deb ko‘rsatadilar. Maltus bo‘yicha populyatsiyadagi aholi geometrik progres-
siya asosida ozuqa zaxiralari esa arifmetik progressiya asosida ko‘payadi.
Shunga ko‘ra Maltus tug‘ilishni cheklash, axloq tadbirlarini chunonchi 
kechki nikox oilalar sonini kamayishiga olib kelishini oqlaydi.
Ba‘zi bir nazariyotchilar populyatsiya dinamikasini taxlil qilar ekan tuban 
odam uyushmalarini holatini Maltus bo‘yicha tushuntirishadi. Ularning fikricha 
odam populyatsiyasining o‘zgarishi to‘g‘ridan - to‘g‘ri ozuqa zaxiralariga 
bog‘liq. Geografik jihatdan aloxidalashgan populyatsiyalarda tashqi tomondan 
yordam ololmaslik natijasida populyatsiyadagi odamlar soni muxit o‘zgarishiga 
to‘liq bog‘liq bo‘ladi. Agar qurg‘oqchilik, suv toshqinlari yoki zarakunanda 
hayvonlar ta‘sirida ozuqalar nobud bo‘lsa, odamlar o‘la boshlaydi. Shunday 


112 
qilib maxalliy sharoit biotik muxit odamlar populyatsiyasi uchun turg‘un 
bo‘lmagan omil sanaladi va xo‘jalik past darajada bo‘lishiga olib keladi.
Tosh davrida yashagan odamlarning umr uzunligi skelet qoldiqlariga qarab 
aniqlanadi. Yoshni aniqlashda 1) tish apparatini holati 2) bilakuzuk 
suyaklarining ossifikatsiyasi 3) naysimon suyaklar epifizar suyaklarning 
bitilganlik darajasi, kalla suyaklar chokini birikish darajasi e‘tiborga olinadi. 
Skeletning 5 – 4 – 5 yoshlik davrlarga bo‘linib o‘rganiladi 1) tug‘ilgan-
dan 12 – 13 yoshgacha o‘smirlar va yoshlar 12, 13dan 21yoshgacha, katta 
yoshlilar 21 – 40 yoshgacha, 60 va undan yuqori yoshlilar. Mavjud dalillarni 
ko‘rsatishicha kishilik jamiyati tarixida o‘lim doimo erta bolalik davrida ro‘y 
berar ekan (hozirgi vaqtga qaraganda). Axolining atiga 10%i 40 yoshdan ortiq 
yoshda, 50% aholi esa 20 yoshga yetmasdan o‘lgan. Yuqori paleolitda Yevropa 
va Osiyoda yashagan Homo sapiensning 65 ta individidan atiga ikkitasi 50 
yoshga kirgan. Neolit skeletlaridan 94 tasidan atiga 4 odam 50 yoshdan oshgan 
xolos. Bunday raqamlar hozirgi davrda yashab termachilik qilib yashovchilar 
hamda ibtidoiy dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchilar va ovchilarga xos.
Indeyslarning ibtidoiy dehqonchilikkacha bo‘lgan vakillarida 21 yoshdagi 
o‘lim aholini 57 % iga to‘g‘ri kelgan. Keyinchalik oziqlanishni yaxshilanish 
hisobiga umr uzunligi sekinlik bilan ortgan. U faqat oziqlanish bilan emas hayot 
sharoiti shuningdek tibbiy hizmatni yaxshilanishi bilan ham ro‘y bergan. 
Bundan 2000 yil muqaddam Rim imperiyasi vaqtida Misrda umr uzunligi 22 
yosh bo‘lgan. 
Keyingi 500 yil davomida umr uzunligini o‘zgarishi juda kam bo‘lgan 
keyinchalik Homo sapiens avlodlarida umr uzunligi 35.5 yoshdan 40 yosh 
atrofida bo‘lgan AQSHda 1945 yili umr uzunligi 69.8 yoshni tashkil etgan. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish