A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


«Butun», «qism», «struktura», «sistema», «element» kategori­



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

«Butun», «qism», «struktura», «sistema», «element» kategori­
yalari. 
Falsafaning «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» kate­
goriyalari bilan «butun», «qism», «struktura», «sistema», «ele­
ment» kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar 
mavjud. Ya’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va 
hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog'lanish, aloqadorlik muno- 
sabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, «bu­
tun», «qism», «struktura», «sistema», «element» kategoriyalari esa, 
ularning makon va zamondagi bogManish munosabatlarini jara- 
yon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtayi nazardan, butunni — um u­
miylik, qismni yoki elementni — alohidalik tarzida olib qarash 
holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o‘xshashlik boMishiga 
qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin 
emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmuyi 
ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy 
jihatdan «butun», «qism», «element»larga ajratish bilishga xos nis- 
biy hodisa bo‘lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy 
shartdir. Shunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar 
tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib 
qaralishi kerak.
Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalari- 
dan bo‘lib hisoblanadi. Sistema — grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy 
ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birik- 
ma, degan ma’nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan ele- 
mentiarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu 
nuqtayi nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy 
faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini 
tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Xusu- 
san, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra 
turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, Chunki 
insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi ele­
mentlarning mavjudlik holati va rivojlanishi obyektiv qonuniyat- 
larini o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga
126


qaratilgan. Ya’ni, insonning obyektiv reallikni nazariy bilishga 
asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyat- 
lari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan 
unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqador- 
ligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. 
Struktura esa, narsa-hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va muno- 
sabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta ’minlaydigan 
sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin ti- 
lida tuzilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil 
qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi 
va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda struktura- 
ni sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tash­
kil qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik 
holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, 
tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga qa- 
rab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, D N K yoki RN K
larning o‘zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, 
tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan 
holda, moddiy olamning obyektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa 
ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistema- 
lardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, 
makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» 
va «tashqi struktura»ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro • 
bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan 
nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy 
munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. 
Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, unda- 
gi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning 
ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, jamiyat- 
ning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabat­
lari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. 0 ‘z navbatida, siste­
mani to‘laligicha bilish, uning strukturaviy :uzilishidagi har bir 
elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo 
etadi.
1
127


Shuni alohida ta’kidlash kerakki, insonlarning narsa hamda 
hodisalarga muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko‘ra yondashi- 
shiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida 
olib qarash mumkin. Masalan, m a’naviyat jamiyat strukturasi- 
da, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, 
lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib 
tahlil qiladigan bo‘lsak, uning ichki elementlardan iborat mus­
taqil sistemaligini ko‘ramiz. Shunga ko‘ra, sistema, struktura va 
element nisbiy tushunchalar bo‘lib, kategoriyalar sifatida, unga 
bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi.
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy 
kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, 
strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo‘lib 
hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyati- 
ga ko‘ra: muhim va muhim bolmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan 
elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har 
qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xu- 
susiyatlariga ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biroq, ularning 
ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo 
nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar 
va ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, 
konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi element­
larning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga 
kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni, sistemadagi uning xarakteri- 
ni belgilab turgan muhim element, ma’lum vaqtga kelib muhim 
bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategori- 
yalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda 
metodologik asos bo‘ladi.
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o‘quv 
qo‘llanmalaridan farqli o‘laroq, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil 
qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmuni­
ni ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va 
hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va 
tasodif», «imkoniyat va voqelik» kategoriyalarining mazmuni,
128


yuqorida ko‘rsatilgan «alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «bu­
tun», «qism», «struktura», «element» kategoriyalari mazmuni bilan 
uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir- 
birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit 
sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun 
har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur.
«Mohiyat va hodisa» kategoriyasi ham shunday tahlilni talab 
qiladi. Mohiyat — o‘zida alohidalik, maxsuslik, umumiylikning 
mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, 
sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, 
ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon 
bo‘lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, 
qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o‘rganish maqsad- 
ga muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va 
funksiyasiga ko‘ra, asosiy va asosiy bo‘lmagan, nisbatan barqaror 
yoki o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi ja- 
rayonida o'rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehti- 
yojlarini qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan 
iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi bo‘lgan 
davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda 
vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan 
hayot sharoitlarini ta’minlashdan iborat bo‘lib, uning mohiyatini 
tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, har qanday mohiyatni odamlarning 
manfaatlari va ehtiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga bog‘lab tahlil 
qilgandagina, u ahamiyatga ega bo‘ladi.
Narsa va hodisalarni bilish hamda o‘zgartirishga inson muay­
yan ehtiyojlar asosida yondashadi. Bu yondashish subyektiv 
xarakterga ega bo‘lib, uning konkret ehtiyojlari va manfaatlari 
nuqtayi nazaridan baholanadi. Masalan, chanqagan kishi uchun 
suv uning chanqog‘ini qondirish, fizik uchun agregat holati, 
elektr tokini o‘tkazishi yoki optik xususiyatlari, ximik uchun, 
uning H 20 kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-tegirmon 
parragini aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat hisoblanadi.
Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ular­
ning mohiyati ham, shunga mos tarzda hodisa ham o‘zgarib tura-
129


di. Mohiyatdagi har qanday juziy o‘zgarish ham, uning muqarrar 
o‘zgargan hodisasida ifodalanadi. Masalan, suvning elektr tokini 
o'tkazish xususiyati, uning temperaturasiga bog‘liqligi aniqlan- 
gan. Agar biz suvning temperaturasini ma’lum darajada ko‘tarsak, 
uning elektr tokini o‘tkazish xususiyatini o‘lchaydigan asboblar 
bu o‘zgarishlarni qayd qilmasligi mumkin. Lekin, bundan suv­
ning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokining o‘tkazuvchanlik 
xususiyati yo‘qolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi.
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog‘lanishlari 
makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. 
Mohiyat va hodisa o‘z xususiyatlariga ko‘ra sistema, struktura va 
elementlarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun 
har qanday hodisani va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyil- 
larga asoslanish lozim.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish