A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Sabab va oqibat. 
Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi 
va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni 
va shakli o‘zgarib turadi. 0 ‘z navbatida, har qanday sistemaning 
elementlari o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga 
ega bo‘lib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. Boshqa- 
cha qilib aytganda, mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik, 
bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asosla- 
nadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon 
bo‘lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalar­
ning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida 
namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, sabab — biror narsa va hodisa 
rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqi­
bat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tari­
xiy va mantiqiy izchilligi muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, 
bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning 
rivojlanish oqibati tarzida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan 
esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bo‘lib hisoblanadi.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bo‘lgan sabablar tizimi 
mavjud. U larni shartli ravishda: asosiy va asosiy bo‘lmagan, 
muhim va muhim bo‘lmagan sabablarga ajratish mumkin.
131


Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vu­
judga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko‘ra, 
sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniq- 
roq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida 
namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalar­
ning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy tak- 
rorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning gene- 
tik bog‘lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, 
ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Hegel tili bilan ayt- 
ganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sa­
bab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
1) uning obyektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, 
tarkibiy elementlari munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real 
mavjudlik holatini ifodalaydi;
2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan 
kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi;
3) sabab umumiy xarakterga ega bo‘lib, hech qanday narsa va 
hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir boclmaydi;
4) sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibat- 
larni keltirib chiqaradi;
5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil 
bog‘lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sa­
babning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog‘liqligini xarakterlaydi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish