Alohidalik, xususiylik, umumiylik.
Ular narsa va hodisalar-
ning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini
konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik — olamdagi alohi
da, individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa-hodisalarning
turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlar-
ning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir. Alohidalik
va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosa-
bat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan,
bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning
mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan,
«alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning
makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil
mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo‘lishi mumkin.
Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon
b o lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alo-
hidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish
tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, fal
safiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohida-
likning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan ibo-
ratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jamiyat
taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo‘lsa ham, bu jarayon turli
ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga
xos bo‘lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan
farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo‘llash bo
zor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga
yordam beradi.
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek,
yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa
va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret
holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday hodisa va narsa
ning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muay
yan turg‘unlikka ega bo‘lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun,
124
Arastu). Hegel, alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon
va zamondagi tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida
qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohida-
likning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muay
yan qarashlar vujudga kelishi mumkin (bu haqda «Osiyotsen-
trizm» va «Yevropatsentrizm» to‘g‘risida eslash kifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojla-
nishida muayyan ichki birlik mavjud bo‘lib, madaniyat tarixida har
bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning
uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madani-
yatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan
boiib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa
emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllan-
tirgan asosiy sabablardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlar-
ning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak.
Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi
tarzida vujudga keladi. Shunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z
tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivoj-
lanishisiz sodir bo‘la olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik
rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari
o‘rtasidagi bog‘lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon
qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham
belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi
alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga
strukturali yondashish bilishning nisbatan to‘laqonli bo‘lishini
ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy
munosabatlari o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan.
Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy, ekologik va boshqa shu
kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqti
sodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat»,
«ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mi staqil yo'nalishlarga
asos bo‘lgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bo‘lsa
ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish
125
tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib
chiqqan bo‘lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |