Miqdor va sifatning bog‘liqligi qonuni.
Olamning mavjudligi
— miqdor va sifat voqeligi tarzida ham namoyon bo‘ladi. Bu-
ning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilar-
li bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib,
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash
yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
116
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z
sifati bilan ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki va tashqi
muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini
ifodalaydi. Sifat narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha ko‘rsatib
beradi, jismning barcha tashqi xossalarini bog‘liqlikda namoyon
qiladi.
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nis-
biy barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligi yoki o‘xshamasligini
ifodalaydi. U keng m a’noda narsalarning turli-tum an xossalari
yig‘indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tu-
shunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi, muqarrar sur’atda, xossa-
ning o‘zgarishiga olib keladi. Biroq xossaning o‘zgarishi har doim
sifatning o‘zgarishiga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalar
ning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo'lib ketishi mumkin. Sifat
predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy
tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi,
o‘lchovi, ogMrligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsifla-
nadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy to-
monga ega. Chunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash
va muzlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xu-
susiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar
taraqqiyoti, m ehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan
ham farq qiladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega.
Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo‘lgan, ya’ni sifati
bo‘lib miqdori, miqdori bo‘lib aksincha, sifati bo‘lmagan nar
saning o‘zi yo‘q.
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog'liqligi me’yor tushun-
chasida ifodalanadi. Me’yorning buzilishi predmet mavjudligi
mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xos-
dir. Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘rtasida qat’iy
qonuniyat mavjud bo‘lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi:
miqdoriy o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini tayyorlab, har bir aniq
holatda muayyan tub sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu
holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi sodir
117
bo‘ladi. Olamdagi barcha o‘zgarishlar asta-sekin sodir bo‘ladigan
miqdor o‘zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishlari muay
yan chegarada sifatning barqarorligiga ta’sir etmaydi. Miqdoriy
o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buzi-
ladi. Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Taraqqiyot
jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi
bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi.
Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas
bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xususiyat-
larga ham ega. Chunonchi:
— birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi.
Hatto hodisalar sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miq
doriy o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi. Sifat o‘zgarishlariga
o‘tish faqat m a’lum bir davrda boshlanadi;
— ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsa-
larga muhim ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida
100° gacha suyuqlik holatini yo‘qotmaydi, keyin esa bug‘ga ayla-
nadi, sifatini o’zgartiradi. Demak, sifat o‘zgarishlari hodisalarni
tubdan o‘zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo
qiladi;
— uchinchidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin amalga oshadi
va ko‘p hollarda sezilmasdan o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha
tez, ayrim holatda to‘satdan sodir bo‘ladi;
— to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qa-
raganda tub o‘zgarish bo‘lib hisoblanadi.
Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo'ladigan si
fat o'zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha bo‘lib, taraqqi-
yotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez o‘tadigan ja-
rayondir.
Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda
uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalar-
ning uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz
rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan zaruriy
ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan ho-
latgina emas, balki yangi sifat elementlari ko‘payishi orqali yuz
beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
118
Sakrashning turlari o‘z xarakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda
xilma-xil bo‘lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraq-
qiyotidagi sakrashlarning o‘ziga xos tomoni shuki, bu sakrash-
lar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni
o‘rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amal-
ga oshadi. Bunday sakrashlarni ikki turga bo‘lish mumkin: bi-
rinchisi — portlash yo‘li bilan bo‘ladigan sakrashlar, ikkinchisi
sekin-asta, tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. Birinchi tur
sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda nar
sa va hodisalarning yangi sifatga o‘tishi nihoyatda tezlik bilan yuz
beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab
yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining as-
ta-sekin yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin
to'planishi natijasida yangi sifat paydo bo‘ladi.
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega:
— birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan
obyektiv va qonuniy jarayondir;
— ikkinchidan,
sakrash tadrijiylikning uzilib,
miqdor
o‘zgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir;
— uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos
keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli paydo bo‘ladigan
ziddiyatlarni hal qilishdir;
— to‘rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab bo-
rishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish
sharoitiga bog‘liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli
shakllarda sodir bo‘ladi. H ar bir narsa, hodisa o‘zining aniq inkor
qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miq
dor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir
bo‘ladigan jarayonlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |