birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat.
Demak, voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning
bo‘lishi ham odatiy hoi. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, ke-
cha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik
va
yomonlik, adolat va jaholat va h.k. qarama-qarshi tomonlar
bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqo-
zo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik,
magnitning manfiy zaryadi bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit
bo‘lolmaydi.
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat.
Lekin narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tum an bo‘lmasin, ular
o‘rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan,
stol va stul sifat
jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o‘rtasida o‘xshash
tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil
materialdan yasalganligi yoki bo‘lmasa, vazni o‘xshash bo‘lishi
mumkin va h.k.
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash
tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biri
dan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir.
Aynan bir xil bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir
shoxida yonma-yon turgan 2 barg
ham bir-biridan farq qiluv-
chi ba’zi jihatlarga ega. Hech bo‘lmaganda, ular bir-biridan ma-
kondagi o‘rni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, bir-biriga tashqi to
m ondan tam om ila o‘xshash bo‘lgan Hasan va Husanlarda
ham juda ko‘p farq qiluvchi xususiyatlar bor. M asalan, ularda
fe’l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo‘lishi, ya’ni
ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak,
tafovut
narsa-hodisalarning farq qiluvchi tom onlarini ifodalovchi tu-
shunchadir.
Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir-
birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi
tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan
tushuncha ifodalaydi. Ko‘p hollarda ayniyat va tafovutning zidli-
gi va
ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o‘zgarishlar tufayli
115
rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi.
Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo
bo‘lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan abadiy va
azaliy murakkab jarayondir.
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan mark-
sizmda asosan ziddiyatga ko‘proq e’tibor berilar edi. U mut-
laqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan,
antogonistik ziddi-
yatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli
hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat
paydo bo‘libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat
va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod
ziddiyatlar kamroq bo‘lgan, kishilarning xilma-xil intilish va
maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg'unlashgan,
barqarorlik ustuvor bo‘lgan jamiyatni
qurish uchun bosh qotirib
kelmoqda.
Ana shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt —
ziddiyat, logos — ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo‘nalish pay
do bo'lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim
va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni
keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat
uchun foydali tarzda hal qilish yo‘llari va usullari ustida bosh
qotirishadi.
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga,
yangilanishga,
bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga
o‘tishga sabab bo‘ladi. Olam turli-tuman bo‘lganligi uchun zid
diyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar,
asosiy va asosiy bo‘lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq
bo‘lgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. Chunki amalda,
hayotda ular bir-biriga o‘tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda
turli xil o‘rin tutishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: