A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Tayanch tushunchalar: 
bog‘lanish, aloqadorlik, takrorlanish, 
qonun, qonuniyat, ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat, 
miqdor, sifat, inkor, inkorni inkor, vorislik, yangilanish, kategori­
yalar, alohidalik, umumiylik, sabab va oqibat, mazmun va shakl, 
sistema va element, butun va bo‘lak, mohiyat va hodisa, zaruriyat 
va tasodif, imkoniyat va voqelik.
Takrorlash uchun savollar
1. Qonun nima?
2. Tabiat va jamiyat qonunlarining qanday xususiyatlari bor?
3. Olamdagi ayniyat va ziddiyat holatlariga misollar keltira 
olasizmi?
4. Miqdor va sifat nima? M e’yor-chi?
5. Inkor nima? Inkorni inkor-chi?
6. Falsafiy kategoriyalar tizimi, ularning mazmuni.
7. Juft kategoriyalar mazmunidagi ichki birlikning asosi ni- 
mada?
8. Hozirgi davrda taraqqiyot va o‘zaro bog‘liqlik tamoyillari 
qanday namoyon bo'lmoqda?
135


6-mavzu. Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari
Bilish va uning shakllari. 
Bilishning mohiyati, shakllanish va 
rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida 
muhim o‘rin egallab kelmoqda. Inson o‘z bilimi tufayli borliq, 
tabiat, jamiyatni va nihoyat, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qa- 
ratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali 
usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. 
Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan 
shug‘ullanuvchi maxsus sohasi — «Gnoseologiya» vujudga keldi 
va u qadimgi lotincha «gnozis» — bilish va «logos» — fan, ilm 
ma’nolarini anglatadi.
Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli ja- 
rayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini 
hal etish bilan shug‘ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning 
rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi 
vazifalar qo‘yadi. Xususan, XVII asr o‘rtalarida yevropalik fay­
lasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil 
qilishning usullarini o‘rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash 
bilan shug‘ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bi- 
limdir, degan g‘oyani olg‘a surdilar.
XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyat- 
lariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alo­
hida urg‘u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalari- 
ning haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari 
haqida bahs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladi- 
mi, degan masala keskin qo‘yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga 
shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldi.
Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida 
bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, m a’naviy faoliyat turi- 
dir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va 
tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan 
muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi 
ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y 
beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo'lgan m a’naviy ehti- 
yoj, hayotiy zaruriyatdir.
136


Insoniyat ko‘p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umum- 
lashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o‘zi 
uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qan­
day turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bi­
limlar hosil qilinadi.
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qi­
lish butun insoniyatga xos bo‘lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita 
hayotiy ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga 
kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti 
davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug‘ullanadigan va il­
miy nazariyalar yaratuvchi alohida sotsial guruh vujudga keldi. 
Bular ilm-fan kishilari bo‘lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan 
shug‘ullanadilar.
Bilishning ikki shakli: 
kundalik
(empirik) bilish va 
nazariy
(il­
miy) bilish bir-biridan farqlanadi.
Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o‘ziga xos 
bo‘lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda 
keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon g‘arb 
sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullari- 
ni o‘rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga 
keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish 
xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Nazariy bilishning 
obyekti, subyekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish