A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Zaruriyat va tasodif. 
Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va 
tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. 
Zaruriyat — narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi 
va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar 
majmuasidir. Tasodif esa — zaruriyatning namoyon bo‘lish shak- 
lidir. Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning 
mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Shu nuqtayi nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning 
makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan ele- 
mentlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, 
zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. 
Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyati- 
dan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi.
132


Masalan, 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor 
iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi tarixiy obyektiv zaruriyatdir, 
uning «o‘zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning 
konkret namoyon bo‘lishidir. Bunda tasodif «subyektivlashtiril- 
gan» jarayon sifatida ko‘zga tashlansa ham, obyektiv hodisadir. 
Chunki, 0 ‘zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va 
m a’naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabat­
lariga o‘tishning xarakterini belgilab beradi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning obyektiv qonuniyat- 
laridan kelib chiqib, doimiy o‘zgarib turadi. Zaruriyatlarning ta- 
sodiflar tarzida namoyon bo‘lishi, o‘z navbatida, boshqa hodisalar 
uchun zaruriyat maqomiga ega bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turib- 
diki, zaruriyat va tasodif o‘rtasidagi bog‘lanishlar sabab-oqibat 
munosabatlari xarakteriga mos keladi.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, 
uni aniqlash va baholashga muayyan subyekt ehtiyojlari, manfaat- 
lari nuqtayi nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, muqobil qarashlar 
vujudga keladi. Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil 
davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan 
tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, obyektiv qonuniy 
xarakteri inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech 
qanday imperiyaning abadiy bo‘lmasligini tarixiy tajribalar doimiy 
isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni ko‘rib turibmiz.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog‘lanishi shundaki, 
ular bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqar- 
rarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda 
tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyli- 
gini inkor qiluvchi qarashlar g‘ayriilmiydir.
Imkoniyat va voqelik ham falsafaning muhim kategoriyalari- 
dir. Falsafaning sabab va oqibat, mazmun va shakl, zaruriyat 
va tasodif, mohiyat va hodisa singari kategoriyalari voqelikdagi 
o‘zgarish, yangilanish holatlarining muhim tomonlari, bog‘lanish 
holatlari va asosiy tamoyillarini ifodalasa, imkoniyat va voqelik 
uzluksiz rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning, ikki xil 
bosqichi, davri, holatini hamda bu davrlar o‘rtasidagi o‘zaro mu- 
nosabatni ifodalaydi.
133


Imkoniyat bu yangi narsa, hodisa va tamoyillar kelib chiqi- 
shini ifodalovchi muayyan shart-sharoit va vaziyat majmuidir. 
Narsa hamda hodisaning ichki tabiatiga ko‘ra zaruriy ravishda 
reallashishi lozim bo‘lgan, biroq hali yuzaga chiqmagan voqe- 
likdir. Voqelik esa imkoniyatning nisbatdoshi bo‘lib real holat va 
mavjud bo‘lib turgan hodisalarni ifodalaydigan kategoriyadir.
Imkoniyat va voqelik o‘zaro bog'liqlikda mavjud bo‘ladi, ular 
bir-birini ham taqozo qiladi, ham istisno etadi. Amaliy faoliyatda 
doim imkoniyat va voqelikdan hamda imkoniyatsizlikdan ajrata 
bilishga o‘rganish kerak. Mumkin bo‘lmaydigan narsani mum­
kin bo‘ladigan narsa yoki hodisa qilib ko‘rsatish yaramaydi yoki 
aksincha, mumkin bo‘ladigan narsani mumkin bolmaydigan 
narsa qilib ko‘rsatish ham imkoniyat va voqelikning mohiyatini, 
noto‘g‘ri tushunish asosida kelib chiqadi. Bu hoi g‘ayriilmiy qa- 
rash va noto‘g‘ri xulosaga olib keladi.
Imkoniyat va voqelik muayyan mazmunga ega bo‘lgan olam 
hodisotlarining ikki tom oni, rivojlanishning boshlanish m o- 
menti va nihoyasi, uzluksiz taraqqiyot jarayonining bir-biri bi­
lan bog'liq, bir-birini tavsiflaydigan halqalari, deb atash m um ­
kin. Rivojlanish uzluksiz im koniyatlarning vujudga kelishi, 
ularning voqelikka aylana borishidan iborat jarayondir. Bunda 
imkoniyat endigina kurtak otayotgan, ro‘yobga chiqishi lozim 
bo‘lgan hodisa bo‘lsa, voqelik esa ba’zi hollarda o‘z um rini 
tugallayotgan, eskirish jarayonida o‘z intihosiga qarab borayot- 
gan hodisadir.
Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivoj­
lanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga 
asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivoj­
lanishning namoyon boiishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriya- 
sini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko‘ra, boshqa 
kategoriyalar bilan bog‘liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. 
Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini 
ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, 
zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan.
Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning 
real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor.
134


0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huqu­
qiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi.
Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtir- 
maslik kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina 
imkoniyatga ta’sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud 
voqelik tarixiy genezisiga ko‘ra, o‘zida boshqa voqelikning im- 
koniyatlarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Masalan, bozor iqti- 
sodiyotining hozirgi bosqichi real voqelik sifatida, uning keyingi 
rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Zamonaviy falsafa imkoniyat va voqelikni ilmiy tushuntirib 
bu kategoriyalar dunyodagi aloqadorlik va rivojlanishning muhim 
xususiyat, tomonlarini ifodalaydi. Olamdagi narsalarning bir 
shakldan ikkinchi shaklga o‘tishini, taraqqiyotning oddiydan 
murakkabga qarab yo'nalishini, eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi 
qarama-qarshi munosabatlarni bildiradi, deb hisoblaydi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish