A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Tayanch tushunchalar: 
muomala odobi, axloqiy madaniyat, 
kasbiy odob, soglom turmush, san’at, «omm; viy madaniyat», tib-
1 Qarang: Узбекистан. Общая оценка страны. ООН. 2003. -3 с.
319


biy tarbiya, ekologiya, ekologik tarbiya, qadriyat, bioetika, yuksak 
axloq, barkamol avlod, kosmopolitizm, dunyoqarash, texnologi- 
ya, madaniyat, texnika, shaxs.
Takrorlash uchun savollar
1. Muomala odobining axloqiy asosi nimada?
2. Ziyolilik va madaniyatlilik tushunchalari o‘rtasidagi farqni 
izohlang.
3. Bugungi kun yoshlarining axloqiy dunyoqarashiga xos qad- 
riyatlarni tushuntiring.
4. Yoshlar axloqiy tafakkuriga tahdid soluvchi illatlarni 
ko‘rsating.
5. Axloqiy madaniyat kasbiy odobda qanday namoyon bo‘ladi?
6. «Ommaviy madaniyat»ning g‘ayriaxloqiy ko‘rinishlari ha- 
qida gapiring.
320


TO‘RTINCHI BO‘LIM. ESTETIKA: NAFOSAT FALSAFASI
16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari
«Estetika» fanining falsafiy mohiyati va u haqidagi qarashlar.
Estetika eng qadimgi falsafiy fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Le­
kin faqat XVIII asr o‘rtalariga kelib «Estetika» (yunon. aisthetikos 
— his qilinadigan) atamasini dastlab Germaniyadagi Volf makta- 
bining faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714—1762-yillar) 
1735-yilda yozgan «Poetik asarga doir ba’zi masalalar xususida 
falsafiy mulohazalar» nomli asarida ilmiy muomalaga kiritdi va 
uning san’atda yorqin namoyon bo‘lishini ko‘rsatib berdi.
Dastlab estetika «San’at falsafasi» va «go‘zallik falsafasi» si­
fatida talqin etilgan. Chunki, san’at estetikaning obyekti bo‘lib, 
unda estetik xususiyatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Estetika ba- 
diiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to 
u bunyodga kelib, asl egasi — idrok etuvchiga yetib borgunigacha 
bo‘lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ular­
dan nazariy xulosalar chiqaradi. Lekin, san’at bu fanning yagona 
tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda estetika dizayn, atrof- 
muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammo­
lar bilan ham estetika shug‘ullanadi.
Estetikaning «Go‘zallik falsafasi» sifatida talqin etilishining 
ma’nosi shundaki, u faqat san’atdagi go‘zallikni emas, balki in- 
sondagi, jamiyat va tabiatdagi go'zallikni ham o'rganadi. Chun­
ki, estetikaning asosiy tadqiqot obyekti — go‘zallik, biroq, san’at 
ham o‘z navbatida estetikaning go‘zallik kabi keng qamrovli tad­
qiqot obyekti hisoblanadi. Estetika fani vujudga kelgan dastlabki 
davrda estetik tafakkur tarixi, estetikaning nazariy-metodologik 
muammolari, san’at, estetik tarbiya kabi masalalarini o‘z ichiga 
qamrab olgan bo‘lsa, bugungi kunda uning tadqiqot obyekti ken- 
gayib bormoqda. Xususan, ekoestetika, ishlab chiqarish esteti- 
kasi, maishiy turmush estetikasi, dizayn, zamonaviy shaharsozlik 
estetikasi, tabiat estetikasi va hokazo.
Estetika — falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari 
erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar
321


asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga yetishtirishga xizmat 
qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar 
barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. 
Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy aha- 
miyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kunda­
lik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida 
katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir 
a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did 
egalari bo‘lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past 
asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olish- 
lari lozim. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, estetika jam i­
yatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega.
Estetikaning falsafiy mohiyatini uning san’at asariga yon- 
dashuvida ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har bir san’atshunoslik 
ilmi o‘z tadqiqot obyektiga uch tomonlama — nazariy, tarixiy, 
tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotshunoslikni 
olaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina xos bo‘lgan 
badiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va vositala- 
rini o‘rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy-badiiy jarayon­
lar orqali badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochib 
beradi. Adabiy tanqid esa adabiy-badiiy ijodning zamonaviy ja- 
rayonlarini tadqiq etadi va har bir yangi asarni baholaydi, asar 
ijodkorining ijodiy rivojlanishini kuzatib boradi. Musiqada ham, 
tasviriy san’atda ham va boshqa san’at turlarida ham shunday. 
Estetikada esa tadqiqot obyektiga yondashuv uch emas, birgina 
nazariy jihatdan amalga oshiriladi: tarix ham, tanqid ham na- 
zariyaga bo'ysundiriladi.
Estetika fan sifatida ilmiy, ma’rifiy, badiiy taraqqiyotning o‘ziga 
xos muammolari doirasida bahs yuritadi, tahlil qiladi, o‘rganadi 
va o‘rgatadi. Estetikaning eng asosiy funksiyalaridan biri dunyo- 
qarashni shakllantirish bo‘lib, ushbu funksiya badiiy ijod bilan 
shug‘ullanuvchilar va ijodiy faoliyat uchun juda zarur. Ayniqsa, 
ranglar jilosini his qilish, mu§iqa sehrini anglash, asardan xulosa 
chiqarish aynan ushbu funksiyaning ta’sirida ro‘y beradi. Zero, 
dunyoqarash ijodkorni boshqaradi, ijod jarayoni rivojiga ko‘mak 
beradi. Estetikaning bilish funksiyasi esa san’at asarini bilish va
322


baholash faoliyati natijalarini, semantik va pragmatik axborotni 
yetkazib berish, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farq- 
lay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishda muhim 
ahamiyatga ega.
Yangi ko‘rinishdagi iqtisodiyotning estetik asoslariga, tad- 
birkorlik faoliyatiga estetik tus berishga, bunyodkorlikni nam o­
yon etishga imkon beradigan funksiya bu yaratuvchanlikdir. 
Ayniqsa, go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqning boy 
va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni 
yaratish orqali insonni m a’naviy jihatdan yuksaltirishga xiz­
mat qiladi. Estetikaning eng muhim funksiyalaridan yana biri, 
metodologik funksiya bo‘lib, ushbu funksiya badiiy asarda aks 
ettirilgan voqea-hodisaning mohiyatini o‘quvchiga to ‘laqonli 
yetkazish im konini beradi, asarni bilish va uni xuddi hayot- 
dagidek idrok qilinishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, bu 
funksiya estetik masofani taqozo etadi: masofa tufayli badiiy 
reallik idrok etiladi.
Estetika fani o‘z maqsadi va vazifalarini uyg‘unlik, yaxlitlik, 
ifodalilik va maqsadga muvofiqlik tamoyilfari orqali amalga oshi- 
radi. Ushbu tamoyillar orasida estetik munosabatlarda ko‘proq 
ko‘zga tashlanadigan uyg‘unlik va maqsadga muvofiqlikning m o­
hiyati haqida quyidagi fikrlarni aytish mumkin.
Odatda, fanga tegishli qonunlar hodisalarning hamma xu- 
susiyatlarini emas, balki hodisalardagi umumiylikni aks ettiradi 
va undagi mustahkam barqarorlikni ifodalaydi. Biroq, hodisa- 
lar ayni bir vaqtda bir-biriga o‘xshaydi va bir-biridan farq qiladi. 
Xususan, voqelikni estetik o‘zlashtirishning oliy shakli bo‘lgan 
san’atga umumiy va xususiy qonunlar tegishli bo‘lib, ularga ba­
diiy ijod jarayoni ham, san’atning ijtimoiy olami ham taa’luqlidir. 
Ular san’atning antropologik, genetik va gnoseologik mazmunini 
ochib berishga xizmat qiladi. Shunga asosan «Estetik faoliyat qo­
nuni», «Badiiy ijod qonuni», «Badiiy jarayon qonuni», «Badiiy 
idrok qonuni», «Estetik idrok qonuni» kabi qonuniyatlar tizimi 
shakllangan.
Ushbu qonunlar olamni estetik o‘zlashtirish jarayonining m o­
hiyatini izohlaydi va quyidagi natijalarga olib keladi:
323


1) voqelikning estetik xususiyatlari inson tomonidan olam 
hodisalarini tasavvur qilish, anglash hamda tajribaga tayan- 
gan holda insoniyat oldiga qadriyatlarni o‘rganishni vazifa qilib 
qo‘yadi;
2) estetik faoliyat predmetlar olami va insoniy idealni botiniy 
tuyg‘ular asosida o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi, u um um ­
insoniy qadriyatlarga oqilona munosabatni shakllantiradi hamda 
erkin ijodkorlik muhitini yaratishga ko‘mak beradi.
Estetika fanida ko‘p amal qiladigan qonunlardan yana biri 
«Badiiy ijod qonuni» hisoblanadi. Badiiy ijod jarayoni boshqa 
barcha aqliy m ehnat turlaridan katta farq qiladigan mehnat 
turi bo‘lib, unda m ehnat qandaydir sirli ruh bilan amalga 
oshadi, deydi. Chunonchi, badiiy ijod jarayonining ibtidosi 
san’atkorning muayyan g‘oyani yoki g‘oyalar tizim ini badi- 
iyat orqali boshqalarga yetkazish istagi bilan bog‘liq bo‘lib, bu 
g‘oyaviy niyatda aks etadi. G ‘oyaviy niyat ko‘zga ilg‘amaydigan 
darajada nozik va ko‘z ilg'amaydigan darajada miqyoslikka ega. 
Chunki g'oyaviy niyat o‘z nomi bilan g‘oyaga taalluqli, u ijod- 
korning dunyoqarashining mevasi, butun asarning poydevori. 
U badiiy asarning mavzui, shakli, mazmuni, «tili», badiiy 
vositalari qanday bo‘lishi kerakligini belgilab berish uchun ular 
bilan «kurash olib boradi». Ba’zan ularni o‘ziga bo‘ysundiradi, 
ba’zan esa ularga biroz yon berib, m a’lum nuqtalarda o‘zgaradi, 
«sharoitga moslashadi». G ‘oyaviy niyatni shu bois hech qachon 
to‘liq amalga oshgan estetik hodisa sifatida tasavvur qilish 
m um kin emas.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda «Badiiy ijod qonuni»ning 
asosiy kamponenti hisoblangan «ijod»ni inson taraqqiyoti uchun 
ahamiyatini quyidagicha izohlash mumkin. Ya’ni ijod: a) muay­
yan badiiy uslub yordamida shaxs va jamiyatning madaniyati- 
ni yuksaltiradi; b) obrazli tafakkur yordamida badiiy olamning 
asl va betakror mohiyatini anglash imkonini beradi; d) olam 
go‘zalligidan zavqlanish, iztiroblardan forig1 bo‘lish va yara- 
tuvchanlikka rag‘batni paydo qiladi.
Estetikaning qonuniyatlari narsa-hodisalar va voqelikdagi ja- 
rayonlarning estetik mazmunini turli rakursda o‘rgansa-da, este-
324


tika uchun umumiy bo‘lgan metaqonun — «Insonning voqelikka 
estetik munosabati qonuni»ga amal qiladi. Bu qonun yordamida 
estetika o‘z tadqiqot obyektining predmetini konkretlashtiradi, 
funksiyalarini belgilaydi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish