(Esxil, Sofokl, Evripid) eski patriarxal tartibotlar yemirilib, tarix-
da ilk sinfiy jamiyat shakllanishi jarayonida vujudga keldi. Unga
xos bo‘lgan «qismat ohangi» tabiiy va
ijtimoiy qonunlar haqidagi
tasavvurlarni aks ettirdi. 0 ‘rta asrlarda G ‘arb xristian mafkurasi
fojia ruhiga butunlay qarshi chiqqani bois bu davrda biror-bir
arzigulik san’at asari yaratilmaganini bilamiz.
Fojia rivojining yangi bosqichi Uyg‘onish davrida boshlandi.
Shekspir asarlarida fojiaviylik butun hayot, ijtimoiy aloqalar va
munosabatlarni qamrab oladi. Uning fojiaviy asarlarida kuchli,
jasoratli, g‘ururli, erkin inson timsoli yaratildi. Shekspir o‘z qah-
ramonlarining o‘zligini anglashga, inson ruhini sindirib halokatga
yetaklayotgan tuzum sharoitida ozodlikka intilishini ifodalaydi.
M.Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek» dramasini ham asosiy badiiy
ohangi, undagi ehtirosli to‘qnashuvlar ruhi, ulkan hissiy ta’sir ku-
chi, qahramonlarning taqdiri jihatidan o‘ta fojiaviy asardir. Unda
o‘sha
davrdagi ildiz otgan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy muammo
lar qalamga olinadi. Asar qahramoni fojiali dramatik jarayonning
asosiy subyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Uning faolligi, o‘z orzu-
armonlari, hatto o‘zini qurbon qilib bo‘lsa ham, davlatda tinchlik
va barqarorlikni qaror toptirishga intilishi faoliyatining mohiyatini
belgilaydi. San’atda namoyon bo‘ladigan fojiaviylik to‘qnashuvlar,
qiyofalar, vaziyatlarni to‘la va chuqur badiiy in’ikos etish ehtiyoji-
dan kelib chiqadi. Sofokl fojialari Shekspirnikidan, Shekspir asar
lari Rasinnikidan
qanchalik farqlanmasin, ular o‘rtasida o‘ziga
xos mushtaraklik, umumiy jihat ko‘zga tashlanadi.
Har qanday fojia zamirida keng ko'lamli, ijtimoiy ahamiyat kasb
etadigan muayyan fojiali to‘qnashuv yotadi. Fojiaviylik san’atda
turlicha talqin etilishi mumkin. Bu hoi mazkur janrga xos umumiy
xususiyatlarni inkor etmaydi. Fojia uslubining umumiy belgilari
qatoriga keng umumlashmalarga intilish, tafakkur boyligi, sodda-
lik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi.
Fojia tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va
munosabatlar barbod bo‘lib,
qarashlar, estetik va axloqiy aqida-
qoidalar qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi.
Fojiaviylik har doim estetik tafakkur tarixida dolzarb muam-
mo sanalgan. Shuning uchun deyarli barcha buyuk ijodkorlar
336
yaratgan asarlarda fojiali ohanglar mavjud. Fojialilikni mohi-
yatli kuchlar to ‘qnashuvining natijasi, deb bilgan nemis faylasuf!
Gegel, bu to‘qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi piro-
vardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan boglanib ketadi deya
ta’kidlagan. Shuning uchun fojiaviylik estetika kategoriyalari ora-
sida ulug‘vorlik bilan yaqin aloqador: haqiqiy ulug‘vorlik fojia-
viylikning davomi hisoblanadi. Qolaversa, ulug‘vorlikning bar
cha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu ko'rinishi orqali
namoyon bo‘ladi. Fojiaviylik kategoriyasining estetikadagi marka-
ziy muammosi — insonning qahramonlik, buyuklik,
jasorat kabi
tushunchalar haqidagi tasavvurini har tomonlama kengaytirish
hamda hayotdan qoniqish va shukronalik hissini rivojlantirishdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: