Estetika kategoriyalari va ularning tasnifi.
Falsafaning birorta
kategoriyasini ham voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi.
328
Chunki, bu kategoriyalar (butun, qism, zaruriyat, tasodif, m ohi
yat, sifat va h.k.) insonni o‘rab turgan olamda sodir bo‘ladigan
voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to ‘g‘ri
tahlil etishga ko‘mak beradi.
Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategori-
yalariga ega. Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab
chiqish muammosi ko‘p yillardan buyon olimlar e’tiborida. Bu
borada go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgulilik, hunuklik kabi
an’anaviy ko‘rinish ko‘pgina adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Bu
gungi kunda go‘zallik — ulug‘vorlik — fojiaviylik — kulgililik; es
tetik ideal — estetik did — estetik tuyg‘u; san’at — badiiy obraz
— ijodkorlik ko‘rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar
tasnifida kengroq qo‘llanilmoqda.
Biroq, kategoriyalar tizimi qanday ko‘rinishda bolm asin,
ularning har birida go‘zallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok
etadi. Go‘zallik nima? Bu savolga estetik tafakkur rivoji tarixida
juda ko‘plab javoblar berilgan, xilma-xil nazariya va qarashlar
ishlab chiqilgan.
Juda ko‘p yillardan buyon estetika kategoriyalarini yaxlit tizimga
solish olimlar e’tiborini jalb etib kelayotgan bo‘lsada, lekin keltiril
gan an’anaviy va zamonaviy tasniflardan ko‘rinib turibdiki, go‘zallik
metakategoriya sifatida estetikada muhim ahamiyat kasb etadi.
Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari.
Ma’naviy va mod
diy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat
kasb etuvchi hamda narsa-hodisalarning uyg‘unligi, hamohang-
ligi, mutanosibligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadri
yat shakli «go‘zallik» tushunchasida ifodalanadi. U estetikaning
markaziy mezoniy tushunchasi — asosiy kategoriyasi sifatida bar
cha estetik tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Chunki
estetika bilan bog‘liq har qanday savolning javobi go‘zallik ma-
salasiga borib taqaladi.
G o‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki
shakli, mazmuni va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon
bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik ontolo 'iyasi bilan bog‘liq.
G o‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli. Kulol loydan, naqqosh
yog‘ochdan, misgar misdan, zargar tillodan shunday buyum
329
yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. Yoki tabiat
dagi purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, dengiz-u ummonlarning
go‘zalligini inson takrorlashga ojiz.
Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog‘liq. Ya’ni
go‘zallik ayni paytda bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qan
day narsa-hodisaning go‘zalligi uning ishonchlilik, qiziqarlilik,
haqqoniylik mezonlari bilan o'lchanadi. Inson go‘zallikni chi-
nakam his etganda, uning mohiyatini bilgandagina zavqlanadi,
huzur qiladi. Zero, go‘zallikni bilish, idrok etish insonning badi-
iy-estetik tafakkurini o‘stiradi.
G o‘zallikni tadqiqot doirasiga ko‘ra tabiat, jamiyat, san’at
hodisasi sifatida tabiatdagi, jamiyatdagi hamda insondagi go‘zallik
turlariga ajratib o‘rganish mumkin. Tabiatdagi go'zallik — bu tabi
atdagi narsa, hodisa, jarayonlardagi uyg‘unlik, mukammallikning
insonda yorqin va uzviy his-hayajon uyg‘onish jarayonidir. Bu
go‘zallik inson uchun tabiatni asrash, undan bahra olishning
manbayi bo‘lib, tabiatni estetik qadriyat sifatida qadrlashni taqo
zo etuvchi kuch, vosita bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatdagi go‘zallik
— bu shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg‘unligini ta’minlovchi
adolat, insonparvarlik va tenglikka asoslangan ijtimoiy muno
sabatlar majmuyi hisoblanadi. Insondagi go‘zallik — bu undagi
ma’naviy va jismoniy vujudning uyg‘unligidir.
Go‘zallik tabiat, jamiyat, inson tafakkuri mahsuli sifatida
quyidagi xususiyatlarga ega:
a) go‘zallik obyekiv mazmunga ega bo‘lgan subyektiv obrazlar,
tasavvurlar, idroklar, tafakkurlarning hosilasidir. G o‘zallik obyek-
tivlik va subyektivlikning o‘zaro mutanosibligi, uyg‘unligidir;
b) go‘zallik — bu narsa, hodisa, voqea va jarayonlarning in
sonni ruhlantiradigan, ilhom bag‘ishlaydigan, yuksak oliyjanob
maqsadlar sari yetaklaydigan, jo ‘shqinlik baxsh etib jonlantiradi-
gan tomonlaridir. G o‘zallik xuddi shu ma’noda jism va ruhning
uyg‘unligidir. Ruhni oziqlantirib, jismni yanada ulug‘vor qiladi
gan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning xossasidir;
d)
go‘zallik — bu insonning erkin faoliyatidir. Hayotda o‘z
huquqini, erkini, qadrini topgan insongina go‘zaldir. Erkin ijod,
mehnat bo‘lmagan joyda go‘zaIlik yo‘qdir;
330
e)
go‘zallik — bu odamlarning jamiki yuksak axloqiy fazilat-
larini o‘zida mujassamlashtirgan voqelikdir. Zero, shunday ekan
go‘zallik mavhum emas, balki muayyan shakl-shamoyil, ma’no-
mazmunga, mohiyatga ega bo‘lgan real narsa, hodisadir.
G o‘zallikda mujassamlashgan ana shu xususiyatlar uni oliy
estetik qadriyat darajasiga ko‘taruvchi kuchdir. Ana shu kuchni
axloqiy qadriyatlarning kuchi bilan uyg‘unlashtirish zamonaviy
estetik tafakkurning bosh vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |