A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Estetika kategoriyalari va ularning tasnifi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Estetika kategoriyalari va ularning tasnifi. 
Falsafaning birorta 
kategoriyasini ham voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi.
328


Chunki, bu kategoriyalar (butun, qism, zaruriyat, tasodif, m ohi­
yat, sifat va h.k.) insonni o‘rab turgan olamda sodir bo‘ladigan 
voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to ‘g‘ri 
tahlil etishga ko‘mak beradi.
Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategori- 
yalariga ega. Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab 
chiqish muammosi ko‘p yillardan buyon olimlar e’tiborida. Bu 
borada go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgulilik, hunuklik kabi 
an’anaviy ko‘rinish ko‘pgina adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Bu­
gungi kunda go‘zallik — ulug‘vorlik — fojiaviylik — kulgililik; es­
tetik ideal — estetik did — estetik tuyg‘u; san’at — badiiy obraz 
— ijodkorlik ko‘rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar 
tasnifida kengroq qo‘llanilmoqda.
Biroq, kategoriyalar tizimi qanday ko‘rinishda bolm asin, 
ularning har birida go‘zallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok 
etadi. Go‘zallik nima? Bu savolga estetik tafakkur rivoji tarixida 
juda ko‘plab javoblar berilgan, xilma-xil nazariya va qarashlar 
ishlab chiqilgan.
Juda ko‘p yillardan buyon estetika kategoriyalarini yaxlit tizimga 
solish olimlar e’tiborini jalb etib kelayotgan bo‘lsada, lekin keltiril­
gan an’anaviy va zamonaviy tasniflardan ko‘rinib turibdiki, go‘zallik 
metakategoriya sifatida estetikada muhim ahamiyat kasb etadi.
Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari. 
Ma’naviy va mod­
diy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat 
kasb etuvchi hamda narsa-hodisalarning uyg‘unligi, hamohang- 
ligi, mutanosibligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadri­
yat shakli «go‘zallik» tushunchasida ifodalanadi. U estetikaning 
markaziy mezoniy tushunchasi — asosiy kategoriyasi sifatida bar­
cha estetik tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Chunki 
estetika bilan bog‘liq har qanday savolning javobi go‘zallik ma- 
salasiga borib taqaladi.
G o‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki 
shakli, mazmuni va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon 
bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik ontolo 'iyasi bilan bog‘liq. 
G o‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli. Kulol loydan, naqqosh 
yog‘ochdan, misgar misdan, zargar tillodan shunday buyum
329


yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. Yoki tabiat­
dagi purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, dengiz-u ummonlarning 
go‘zalligini inson takrorlashga ojiz.
Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog‘liq. Ya’ni 
go‘zallik ayni paytda bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qan­
day narsa-hodisaning go‘zalligi uning ishonchlilik, qiziqarlilik, 
haqqoniylik mezonlari bilan o'lchanadi. Inson go‘zallikni chi- 
nakam his etganda, uning mohiyatini bilgandagina zavqlanadi, 
huzur qiladi. Zero, go‘zallikni bilish, idrok etish insonning badi- 
iy-estetik tafakkurini o‘stiradi.
G o‘zallikni tadqiqot doirasiga ko‘ra tabiat, jamiyat, san’at 
hodisasi sifatida tabiatdagi, jamiyatdagi hamda insondagi go‘zallik 
turlariga ajratib o‘rganish mumkin. Tabiatdagi go'zallik — bu tabi­
atdagi narsa, hodisa, jarayonlardagi uyg‘unlik, mukammallikning 
insonda yorqin va uzviy his-hayajon uyg‘onish jarayonidir. Bu 
go‘zallik inson uchun tabiatni asrash, undan bahra olishning 
manbayi bo‘lib, tabiatni estetik qadriyat sifatida qadrlashni taqo­
zo etuvchi kuch, vosita bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatdagi go‘zallik 
— bu shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg‘unligini ta’minlovchi 
adolat, insonparvarlik va tenglikka asoslangan ijtimoiy muno­
sabatlar majmuyi hisoblanadi. Insondagi go‘zallik — bu undagi 
ma’naviy va jismoniy vujudning uyg‘unligidir.
Go‘zallik tabiat, jamiyat, inson tafakkuri mahsuli sifatida 
quyidagi xususiyatlarga ega:
a) go‘zallik obyekiv mazmunga ega bo‘lgan subyektiv obrazlar, 
tasavvurlar, idroklar, tafakkurlarning hosilasidir. G o‘zallik obyek- 
tivlik va subyektivlikning o‘zaro mutanosibligi, uyg‘unligidir;
b) go‘zallik — bu narsa, hodisa, voqea va jarayonlarning in­
sonni ruhlantiradigan, ilhom bag‘ishlaydigan, yuksak oliyjanob 
maqsadlar sari yetaklaydigan, jo ‘shqinlik baxsh etib jonlantiradi- 
gan tomonlaridir. G o‘zallik xuddi shu ma’noda jism va ruhning 
uyg‘unligidir. Ruhni oziqlantirib, jismni yanada ulug‘vor qiladi­
gan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning xossasidir;
d) 
go‘zallik — bu insonning erkin faoliyatidir. Hayotda o‘z 
huquqini, erkini, qadrini topgan insongina go‘zaldir. Erkin ijod, 
mehnat bo‘lmagan joyda go‘zaIlik yo‘qdir;
330


e) 
go‘zallik — bu odamlarning jamiki yuksak axloqiy fazilat- 
larini o‘zida mujassamlashtirgan voqelikdir. Zero, shunday ekan 
go‘zallik mavhum emas, balki muayyan shakl-shamoyil, ma’no- 
mazmunga, mohiyatga ega bo‘lgan real narsa, hodisadir.
G o‘zallikda mujassamlashgan ana shu xususiyatlar uni oliy 
estetik qadriyat darajasiga ko‘taruvchi kuchdir. Ana shu kuchni 
axloqiy qadriyatlarning kuchi bilan uyg‘unlashtirish zamonaviy 
estetik tafakkurning bosh vazifalaridan biridir.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish