Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati.
Ulug‘vorlik —
insonning narsa-hodisalarga estetik va axloqiy mezonlar bilan
yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluv
chi m a’naviy hodisa. UlugVorlikning ko‘lami go'zallik ko‘lami
kabi cheksiz bo‘lib, o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni
mujassam etadi. Shuning uchun ulug‘vorlik muhokamasi yuk
sak darajada madaniyatni talab qiladi. Ulug‘vorlik tabiat, jam i
yat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan
m a’naviy-axloqiy tushunchadir. Ulug‘vorlik belgisiga ega bolgan
barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan umumiylik — me’yoriy
barkamollikdir.
Tabiatdagi ulug‘vorlik
baland tog‘lar, qudratli sharsharalar,
cheksiz okeanlar, mavj urayotgan dengizlar, tubsiz osmon va h.k.
timsolida namoyon bo‘ladi. Bu yerdagi umumiylik — ularning
keng ko‘lamligi, ulkanligi, buyukligi va tuganmasligidir. Tabiat
dagi ulug‘vorlik insonda o‘zidagi zaiflikni emas, balki tabiat bilan
qo‘shilib ketishga intilish hissini uyg‘otadi va kuchli ta’sir etadi.
Tabiatdagi ulug‘vorlik ruhimizga hayrat, hayajon va jo ‘shqinlik
bag‘ishlaydi. Tabiatdagi ulug‘vorlik matemati’; va dinamik xususi-
yatga ega. Matematik xususiyatida — hajm, dinamik xususiyatida
— kuch ustuvor ahamiyatga ega.
333
Jamiyatdagi ulug‘vorlik
milliy va umuminsoniy qadriyatlar,
xalqparvarlik va bunyodkorlik tushunchalari bilan izohlanadi.
Barqarorlik, farovonlik, adolat, qonun ustuvorligi, hurfikrlilik
jamiyat ulug‘vorligini ta’minlovchi mezoniy tushunchalardir.
San’atdagi ulug‘vorlik
teatr, kino va badiiy adabiyotdagi fojia-
viylik bilan yonma-yon turadi. Bunday ulug‘vorlik badiiy maz-
mun va shaklning barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi,
lekin bunda hal qiluvchi rolni g‘oya o‘ynaydi. Muhim ahamiyatli
g‘oya yuksak ruhlangan, mukammal shaklning zarurligini yuzaga
keltirib, san’at asari darajasining yuksakligini belgilab beradi.
Ulug'vorlik hissi o‘z-o‘zidan quvonch, hayratlanish, ehtirom,
tan berish tuyg‘ularini o‘z ichiga qamrab oladi, ruhiy ko‘tarinkilik
bag‘ishlaydi. Ulug‘ ishning tagzamini esa niyatning, maqsadning
ulug‘vorligidir. Masalan, Am ir Temur ulug‘ saltanat qurish soha-
sida ulug‘vorlik namunasini ko‘rsatgan bo‘lsa, Nizomiddin M ir
Alisher Navoiy turkiy tilda jahonshumul badiiy asarlar yozib,
o‘z xalqining ma’naviy olamini yuksaklikka ko‘tardi, ona tilin-
ing qudratini baralla namoyish eta oldi. Shu kabi ilmiy kash-
fiyotlari bilan jahonga nomi ketgan Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali ibn Sinolar ham ulug‘vorlik shohsupasidan o‘rin olgan. Bu
zotlar ilmu fan, hikmat va ijod pahlavonlari, Sharq Uyg‘onish
davrining buyuk siymolari sifatida hozir ham bizga ibratdir.
Ulug‘vorlik tuyg‘usiga faqat miqyos o‘lchovi bilan erishilmaydi.
Agar ayrim obidalar, masalan, Bobil minorasi, Minorai Kalon,
Misr ehromlari va shu kabilar o‘zlarining miqyos ko‘lami bilan
hayron qoldirsa, boshqalari o‘zining nafisligi, nozik ifodali rang-
lar, qismlar hamohangligi, atrof-muhit bilan uzviy qo‘shilib ket-
ganligi bilan alohida ahamiyat kasb etgan (Go‘ri Amir, Shohi-
zinda, Mustaqillik maydoni, Ichanqal’a, Registon maydoni, M ir
Arab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi va b.). Mustaqillik
yillarida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari tu-
fayli ulug‘vorlik kasb etayotgan obidalar jahonga yuz tutmoqda.
Mamlakatimizda A m ir Temur, Ulug‘bek, Navoiy kabi ajdodla-
rimizga haykallar qo‘yildi. Shu kabi Mustaqillik maydoni, unda
qad ko‘targan ramzlar, Baxtiyor ona haykali ham ulug‘vorlikka
misoldir.
334
Demak, ulug‘vorlik tarix, xalq, millat, ozodlik, mardlik, fi-
doyilik bilan hamohangdir. U insonning orzu-armonlari, ideal-
larini aks ettiradi va rivojlantiradi, buyuk ishlarni amalga oshi-
rishga chorlaydi, yaratuvchanlik va ijodkorlikka ilhomlantiradi,
hayotga m a’no-mazmun bag‘ishlaydi, inson zotining m a’naviy
kamolotiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |