A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Estetikaning ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Etika va este­



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Estetikaning ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Etika va este­
tika fanlari 
shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda 
ular yetarli darajada o‘zaro chegaralanmagan. Chunki insonning 
xatti-harakati va niyati ko‘pincha ham axloqiylikka, ham nafo- 
satga tegishli bo'ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, 
ham nafosat xususiyatlarini o‘zida birvarakay mujassam qiladi. 
Shu sababli Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar 
ta’limotlarida axloqiylikni — ichki go‘zallik, nafosatni — tashqi 
go‘zallik tarzida talqin etganlar.
Darhaqiqat, axloqiylik faqat insonning xatti-harakati, qilmi- 
shi orqali yuzaga keladi; odam toki harakatsiz ekan, biz uning 
na yaxshiligini, na yomonligini bilamiz. Muayyan xatti-harakat 
sodir qilinganidan keyingina biz uni yo ezgulik, yo yovuzlik, yo 
yaxshilik, yo yomonlik sifatida baholaymiz. Go‘zallik esa, o‘zini 
harakatsiz ham namoyon etaveradi.
OJaylik, Ko‘kaldosh mad- 
rasasi. U hech qachon harakat qilmaydi, lekin go‘zallik sifati­
da mavjud, harakatsizligidan uning go‘zalligiga putur yetmaydi. 
Bundan tashqari, axloqning qonun-qoidalari, nasihatlar, hikmat- 
lar umumiylikka, barchaga bir xilda taalluqlilik xususiyatiga ega. 
Estetika esa muayyanlikni, aniqlikni yoqtiradi. Masalan, axloq- 
shunoslikdagi «yaxshi odam» tushunchasi hammaga — ayolga 
ham, erkakka ham, yosh-u qariga ham tegishli bo‘lishi mumkin. 
Estetikada esa «go‘zal odam» tushunchasi yo‘q; yo «go‘zal yigit», 
yo «go‘zal qiz» degan tushunchalargina mavjud. Demak, axloq 
uchun — umumiylik, nafosat uchun esa — muayyanlik mavjudlik 
sharti hisoblanadi.
Estetika psixologiya (ruhshunoslik) bilan uzviy bog'liq. 
M a’lumki, insonning ruhiy hayotini o‘rganar ekan, ruhshunos­
lik, hissiyotlar masalasiga katta o‘rin beradi. G o‘zallikni, san’at 
asarini yaratish va idrok etish ham ma’lum ma’noda hissiyotlar 
bilan bog‘liq. Masalan, oddiy xarsang tosh kishida alohida bir 
hissiy taassurot uyg‘otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo‘l ur-
325


ganidan so‘ng, undan hayot nafasi, insoniy hissiyotlar ufura bosh- 
laydi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki 
shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg‘ularning jamlanganidadir. 
Boshqacharoq qilib aytganda, ijodkor toshga o‘zi tomoshabinga 
yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan hissiyotlarning suratini chizadi 
va oddiy toshni haqiqiy san’at asariga aylantiradi. Agar ijodkor 
— haykaltarosh ana shu hissiyotlarni o‘zi moljallagan darajada 
tomoshabinga yetkaza olsa va tomoshabinda o‘sha hissiyotlarga 
yo aynan, yo monand tuyg‘ular uyg‘ota olsa, mazkur haykal haqi­
qiy san’at asari hisoblanadi. Estetika haykaltaroshdan haykalga, 
haykaldan tomoshabinga o‘sha hissiyotlarning qay darajada 
o‘tgan-o‘tmaganligini, ya’ni, badiiy qiyofa qanchalik puxta yara- 
tilganligini o‘rganadi va shu asosda asarni baholaydi. Ruhshunos- 
lik esa ana shu hissiyotlarning o‘zini o‘rganadi. Bundan tashqari, 
ruhshunoslik asar g‘oyasidan tortib, to badiiy asar — estetik qadri­
yat vujudga kelgunga qadar bolgan ijodkorning hissiyotlar olami- 
ni tadqiq etadi. Albatta, bunday tadqiq va tahlillar o‘rganishlar 
alohida-alohida, muxtor holda emas, balki ikkala fanning bir-biri 
bilan hamkorligi, birining ikkinchisi hududiga o‘tib turishi vosi­
tasida ro‘y beradi. Shu bois, ruhshunoslikka ham, estetikaga ham 
teng aloqador bo‘lgan san’at ruhshunosligi va badiiy ijod ruhshu- 
nosligi deb atalgan yo‘nalishlar mavjud.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish