6-mavzu.
Ekologik ta’lim tizimini shakllantirishda halqaro hamkorlik
aloqalari.
Reja:
1. Ekologik ta’lim sohasidagi halqaro hamkorlik aloqalari.
2. BMT ning atrof muhit muhofazasi bo’yicha konferentsiyasining
o’tkazilishidin maqsad.
3. O’zbekistonning halqaro hamkorlik aloqalaridagi ishtiroki.
1. Ekologik ta’lim sohasidagi halqaro hamkorlik. Ekologik ta’lim va tabiatni
muhofaza qilishning umumiy strategiyasi, BMT ning YuNESKO bo’limining
tashabbusi bilan ishlab chiqildi.
1968 yilda Parijda YuNESKO ning biosferaning resurslarini muhofaza qilish
va ulardan oqilona foydalanish bo’yicha halqaro Konferentsiyasi o’tkazildi.
Konferentsiyada "Inson va biosfera" deb nomlangan keng doiradagi harakat
dasturini qabul qilindi. Ushbu dasturda ilk bor ekologik ta’limning umuminsoniy
(global) harakterda ekanligi ta’kidlandi.
1971 yil dekabrda SHveytsariyada tabiatni muhofaza qilish ta’limiga doir
birinchi Yevropa ishchi Konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Bunda "Atrof muhitni
muhofaza qilish" va "Tabiatni muhofaza qilish" tushunchalariga aniqlik kiritildi.
1977 yil Tbilisida o’tkazilgan birinchi halqaro Konferentsiya dunyoda ekologik
ta’limni rivojlantirish va atrof muhit muhofazasi bo’yicha muhim bosqich bo’lib
hisoblandi. Ushbu anjuman atrof muhit muhofazasi ta’limini rivojlantirish bo’yicha
40 dan ortiq tavsiyalarni ishlab chiqdi.
Ekologik ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik Nayrobi 1982, Beche 1983,
Moskva 1987 va boshqa konferentsiyalarda davom ettirildi.
SHunday qilib, YuNESKO ta’limning global tarmog’ini tashkil etishni stategik
maqsad deb qaraydi. Barcha ta’lim tizimiga insoniyatga tahdid solayotgan global
muammolar, havf xatarlar, ya’ni tabiat va jamiat o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar
haqida bilimlarni shakllantirish zarur deb hisoblaydi.
O’tgan asrning 70-80 yillariga kelib ekologik ta’limning muhimligi haqidagi
fikrlar shakllangandan keyin, uning usosiy printsiplari ham ishlab chiqildi:
1. O’quvchi va talabalarning ekologik madaniyatini shakllantirishda fanlararo
yondashuv;
2. Ekologik ma’lumotlarni izchil va uzluksiz o’zlashtirib borish
3. Tabiiy atrof muhitni o’rganish va yaxshilashda o’quvchi va talabalar
faoliyatidagi aqliy va his tuyg’ularning birligi;
4. O’quv jarayonida ekologik muammolarni mahalliy milliy, global
bog’lanishlarda ekanligini ochib berish.
Yuqorida ko’rsatilgan printsiplar umumta’lim va o’rta maxsus ta’lim
muassasalarida ekologik ta’limni amalga oshirishda hisobga olinishi kerak.
2. BMT ning atrof muhit muhofazasi bo’yicha konferentsiyasining
o’tkazilishidin maqsad.
1992 yil Rio -de-Janeyro shahrida o’tkazilgan BMT ning atrof muhit
muhofazasi bo’yicha konferentsiyasida global ekologik muammolarning,
sayyoramizga, umuman hayotga xavf solayotganini jiddiy o’ylab ko’rish kerakligi
bunda inson omili muhim rol o’ynashi qayd etildi.
Inson omili ekologik fikrlash, ekologik ong va ekologik madaniyat hisoblanib,
anjuman dasturini amalga oshirish ana shularga bog’liqdir.
SHubhasiz inson omili insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib, aholining barcha qatlamlarini savodxonligi, hamda
atrof muhit muhofazasi bo’yicha kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
Anjuman qatnashchilari XXI asrda insoniyat taraqqiyotini, istiqboli va dusturini
muhokama qilib, tabiatdan foydalanishni yangi strategiyasi, insonning tabiat bilan
o’zaro munosabati, ya’ni insoniyatning sayyoramizda yashab qolishi - barqaror
rivojlanish kontseptsiyasini qabul qildi.
Insoniyatning yangi bosqichga ko’tarilishi, ya’ni yuqori sifatli hayot darajasini
ta’minlash uchun nima qilish kerak?
Faylasuflar va ekologlar bir ovozdan barqaror rivojlanish uchun aholini yalpi
ekologik madaniyati zarur deb xisoblaydi. Ekologik madaniyatni shakllantirish
yo’li, ekologik ta’limni rivojlantirishdan iborat.
3. O’zbekistonning halqaro hamkorlik aloqalaridagi ishtiroki.
O’zbekiston
mustaqillikga
erishgandan
boshlab
Rio-de-Janeyro
Konferentsiyasida qabul qilingan ekologik siyosatni, ya’ni atrof muhitni muhofazasi
bo’yicha yuqori sifatga erishish va aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan ishlar
muvofaqqiyatli amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi atrof muhitni muhofaza qilishi sohasida Xalqaro
xamkorligi tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bu sohada asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi lozim:
-Orol havzasida yuzaga kelgan ekologik holatni yaxshilash;
-Flora va faunaning genetik fondini saqlash;
-Suv, tuproq va atmosferaning ifloslanishini oldini olish;
-Havfli chiqindilarni atrof muhitga salbiy ta’sirini minimumga tushirish va
ekologik havfsizlikni saqlash, zaharli kimyoviy moddalar ishlatilishi, shuningdek
azon qatlamini yemiruvchi moddalarni ishlab chiqarishdan olib tashlash;
-Tabiiy resurslardan samarali foydalanish.
Mustaqillik davrida bir necha marta Orol dengizining muammolariga
bag’ishlangan seminarlar, Konferentsiyalar va uchrashuvlar o’tkazildi.
1993 yilda 26-martda Qizil O’rda shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va
Rossiya rahbarligida anjuman bo’lib o’tdi.
1994 yilning 11-yanvarida Nukusda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya
davlati ishtirokida, 1995 yil 20-sentyabrda Nukusda Markaziy Osiyo davlatlari
rahbarlari uchrashuvi, 1997 yil 28-fevralda Almatida Markaziy Osiyo davlatlari
rahbarlari uchrashuvi bo’lib o’tdi va "Almati bayonnomasi" qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi quyidagilarga qo’shildi:
-Iqlimning o’zgarishi Konventsiyasi (1993y. 14-mart)
-Biologik xilma - xillikni saqlash Konventsiyasi (1996y. 7-mart)
-Xavfli chiqindilarni tashish va nazorat qilish bo’yicha "Bazel Konventsiyasi"
(1996y. 7-may)
-CHo’llanish jarayoniga qarshi kurashish Konventsiyasi (1995y. 13-oktyabrь)
-Suvda suzuvchi qushlarni (Afrika, Osiyo bo’yicha) muhofaza qilish bo’yicha
halqaro Bonn Konventsiyasini qo’llash (Gaaga, 1995y. iyun).
Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi Konventsiya bo’yicha quyidagi
ishlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan:
Ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni qayta ko’rib chiqish, Vena va Monreal
protokollari asosida milliy dastur yaratish va faoliyat ko’rsatish.
Biologik xilma - xillikni saqlash bo’yicha ilmiy loyiha va rejalar ishlab chiqish.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston respublikasi hukumati BMT ning Ovropa iqtisodiy
komissiyasiga qo’shimcha masalalarni ko’tarib chiqmoqda.
Turkiya bilan atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha (1996y. 8-mart).
Xitoy xalk Respublikasi bilan (1997y. 11-dekabrь) bo’yicha Xalqaro bitim
tuzilgan
O’zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi
davlatlararo ekologik kengashida faol qatnashgan. Uning uchinchi sessiyasi 1993 yil
mayda Toshkentda o’tkazildi.
Savollar.
1. Ekologik ta’limning umumiy strategiyasi kim tamonidan ishlab chiqilgan?
2. Tabiatni muhofaza qilish ta’limiga doir birinchi Konferentsiya qachon va
qaerda o’tkazilgan?
3. Tbilisada bo’lib o’tgan halkaro Konferentsiyaning atrof muhit muhofazasi
ta’limidagi roli.
4. Atrof muhit muhofazasi bo’yicha Rio-de-Janeyro Konferentsiyasi mustaqil
O’zbekistonning rifojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
5. Barqaror rivojlanish bo’yicha O’zbekistonda ekologik ta’limni rivojlantirish
yo’llari?
Asosiy tushunchalar va tayanch atamalar. Halqaro hamkorlik aloqalari,
YuNESKO, BMT, Ekologik ta’lim printsiplari, barqaror rivojlanish, Bazel
Konventsiyasi, biologik xilma - xillik.
Do'stlaringiz bilan baham: |