Javoblar: 1-savolga javob



Download 25,71 Kb.
bet1/6
Sana03.01.2022
Hajmi25,71 Kb.
#315409
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bank ishi(ma'ruza)


1-VARIANT

1. Bankning funktsiyalarini sanab bering.

2.Markaziy bankning passiv operatsiyalariga nimalar kiradi?

3.Universal va ixtisoslashgan banklarga ta’rif bering.

4.Tijorat banklarining aktiv operatsiyalariga nimalar kiradi?

JAVOBLAR:

1-savolga javob.

Tijorat banklarining funktsiyalari quyidagilar:



Birinchi funksiyasi, vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larni jalb qilish, Banklar jamg'arish va ushbu mablag'larni kapitalga aylantirish funksiyasi Banklaming juda qadimiy funksiyalaridan hisoblanadi. jamiyatdagi vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini tegishli shartlar asosida o'zlariga jalb qiladi va ushbu mablag'lami samarali yo'nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan tashqari turli investitsion fondlar, moliya - sanaot korxonalari ham pul mablag'larini jalb qilish va jamg'arish bilan shug'ullanadi, biroq ularning pul mablag'larini jalb qilish va jamg'arishi bilan banklamikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklarning itiyorida bo'lgan mablag'larning deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul mablag'lari hisoblanadi. Bu banklamning asosiy faoliyati boshqa shaxslarning mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada riskka bog'liqligini keltirib chiqaradi. Ikkinchi funksiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa'tiy nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni aylanma mablag'larga bo'lgan ehtiyojini oshiradi. Xususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash va kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, qo'shimcha aksiya larni sotib olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda qoʻshimcha moliyaviy mablag'larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo'jalik yurituvchi subyektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish funksiyasi orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu funksiyani amalga oshirishda kreditning tegishli tamoyillariga (muddatlilik, ta'minlanganlik, to'lovlilik, qaytarishlik va maqsadlilik) amal qilgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tijorat asosida taqdim etadi. Uchinchi funksiyasi, xo'jalik subyektlari pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda vositachi hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo'jalik subyektlari kun davomida bir necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz pul ko'rinishida) amalga oshiradi. Banklarning bevosita ishtiroki (vositachiligi) natijasida ushbu o'tkazmalar jo'natuvchidan oluvchiga etib boradi. Shuningdek, banklar pul o'tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va kredit liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklarning pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda vositachilik funksiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi. Banklarning pul aylanmasini tartibga solish funksiyasi orqali Markaziy bank iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o'rtasidagi o'zaro muvozanatlikni ta'minlaydi. Ma'lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyatsiya darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. Shu bois ham Markaziy bank o'zining pul-kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun zarur bo'lgan to'lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi. Kredit mablag'larni muomalaga chiqarish banklarning to'rtinchi funksiyasi hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, ushbu funksiyani barcha banklar bajarish huquqiga ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullarni chiqarish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul massasini mamlakatda yaratilayotgan tovar massasiga nisbatan muvozanatligini ta'minlashga e'tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu funksiyani samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining pastligi belgilaydi. Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish huquqiga ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi. Muomaladagi pul massasining hajmini o'zgarishiga tijorat banklari bevosita ta'sir qila olmaydilar, bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir. Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning beshin chi funksiyasi hisoblanadi. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muas sasa sifatida mulkiy shaklidan qa'tiy nazar mamlakatdagi barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarga o'zlarining huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni beradi. Albatta, ushbu maslahatlar mijoz va bank o'rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar yoki oʻzaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda, banklarning funksiyalari ularning mohi yatini va bajaradigan operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan munosabatlarning doimiy ravishda yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan izohlanadi.

Sanoati rivojlangan shaharlarda Markaziy banklar asosan to'rtta funksiyani bajaradi:

banknotalar emissiyasi;

● pul-kredit munosabatlarini tartibga solish;

banklarning banki;

● hukumat banki.




Download 25,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish