A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Волков Г.Н ., Баубекова Г.Д. Э тн оп едагогик а,- Т.: Фан, 2000. 38-



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

1 Волков Г.Н ., Баубекова Г.Д. Э тн оп едагогик а,- Т.: Фан, 2000. 38-
бет.


pishiq va puxta bo‘lsa, bu qo‘rg‘on ham shunchalik mustahkam- 
lanib boraveradi.
Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyat­
lar. 0 ‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida
nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarning o‘rni. 
Aza- 
liy qadriyatlarimizda tani sihatlik va m a’naviy butunlik uyg‘un 
bo‘lib kelgan. Tani sihatlik insonning tabiiy va jismoniy salo- 
matligi mezonlarini, ma’naviy butunlik inson qalbining salo- 
matlik mezonlarini mujassam etgan. 0 ‘zbek oilalarida insoniy 
munosabat, izzat-ikrom, hurmat, e’zoz, muomaladagi ochiqlik, 
mehmonnavozlik bag‘rikenglik, tinch va osuda hayot, xursand- 
chilik kabi xususiyatlarni amalda ko‘rsata olib hayot mezoniga 
aylantira olishni anglatgan. Demak, oilaning bugungi kundagi 
vazifalari birinchidan, farzandining axloqiy-estetik, huquqiy, 
diniy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgarlik, ota-ona- 
lik burchiga e’tibor bilan qarash, fuqarolik mas’uliyatini his 
etish, muhim ijtimoiy burchni bajarish, ikkinchidan, farzand- 
larga turmush muammolarini mustaqil hal etish usullari, o‘zini 
ta’minlash va yashashning munosib darajasiga erishish imkoni- 
yatlarini o‘rgatish; uchinchidan, hayotning mushkul vaziyatidan 
chiqib olish uchun resurslar, harakatlar ko‘rsatadigan tizimlar 
bilan uzviy aloqada bo‘lish, Shuningdek bu tizimlarning sama­
rali va tashkiliy ishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Oiladagi qadriyatlar, undagi psixologik, ijtimoiy-ma’naviy 
muhitning farzand tarbiyasiga ta’siri buyuk mutafakkir va al- 
lomalarimizning bizgacha yetib kelgan ilmiy meroslarida alo­
hida e’tirof etilgan. Bu xususda Zardushtiylik dinining muqad- 
das kitobi «Avesto»da ham ta ’kidlab o‘tilgan. Unga ko‘ra oila 
sog‘lom avlodning paydo bo‘lishi, benuqson naslning tug‘ilishi, 
sog‘lom turmush tarzi, zurriyodning pokizaligi, uning aqliy, ax­
loqiy, ruhiy, jismoniy, ma’naviy tarbiyasida alohida o‘rin tutgan. 
Unda ta’kidlanishicha o‘smirlar o‘n besh yoshga to‘lgandan ke- 
yingina yetmish ikki xil rangli ipak iplardan to‘qilgan belbog‘ 
bilan bellarini o‘rash va o‘zlarini yaxshilik yo‘liga baxshida etish 
uchun turmush qurish huquqiga ega bo‘lgan. Lekin yoshlar- 
ning o‘zboshimchalik bilan oila qurishlariga yo‘l qo‘yilmagan.
298


Oila qurish jamoa, ota-ona izmida bo‘lgan. Shu sababli, jamoa 
va ota-onalar bo‘lajak kelin-kuyovlarni tanlashda obdon o‘ylab 
ish ko‘rganlar. «Avesto»ning «Vendidod» bobida bayon etilishicha 
nasi sog‘lomligining irsiy jihatlariga alohida e’tibor berilib, ya- 
qin qarindoshlar o‘rtasida farzandlarning o'zaro oila qurishi man 
etilgan. Sog‘lom avlodning tug‘ilishi uchun ota-onalar sharob 
ichmaslikka, giyohvand moddalar va boshqa hushdan ketkazuv- 
chi vositalarni iste’mol qilmaslikka da’vat etilgan. Zardushtiylik 
ta ’limotiga ko‘ra katta oilalar jamoa oqsoqoli tomonidan himoya 
qilinib, egizak farzand ko‘rgan ayollarga bir juft sigir yoki sariq 
tuya hadya qilingan va davlat xazinasidan nafaqa berilgan.
«Avesto»da har qanday axloqsizlik va g‘ayritabiiy xatti-ha- 
rakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Fohishabozlik, 
turmush o‘rtog‘iga xiyonat qattiq qoralanadi. Bu kabi jinoyatlar 
sirasiga nafaqat oilani buzadigan va oila qoidalarini zaiflashtira- 
digan, balki bola tug‘ilishi, yosh avlod tarbiyasi, nasi pokligiga 
salbiy ta ’sir ko‘rsatadigan oila xiyonati ham ko‘rsatilgan. Begona 
ayol bilan yashash, nikohsiz farzand ko‘rish qat’iy ta’qib ostiga 
olinganki, ushbu qarashlar bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. Bu kabi jinoyatlar qamchi yoki tayoq bilan 800 
zarba urish bilan jazolangan1.
«Avesto»ning bugungi m a’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ta- 
lablarga hamohang bo‘lgan eng muhim tamoyillardan biri — 
bergan so‘zining uddasidan chiqish, ahdga sodiqlik, savdo-sotiq 
va shartnomalarga qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, 
aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish kabi iymonlilik sifat- 
laridan iborat. «Avesto»ning ko‘plab tadqiqotchilari, bu nodir 
kitobda yuksak m a’naviyatlilik va axloq masalalari yoritilganini 
ta ’kidlaydilar. Yuksak m a’naviy sifatlilik Zardushtiylikda jaho- 
latning, yomonlikning oldini olishdir. «Avesto»ning ma’naviy 
qoidalariga nafaqat sog‘lik va jismoniy kuch, balki m a’naviy 
poklikka ham alohida o‘rin ajratiladi. Ma’naviyatlilik me’yori si­
fatida o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlanish buyuriladi. «Avesto»da bola 
tarbiyasi va ta’limiga katta ahamiyat berilib «Tarbiya hayotdagi

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish