pishiq va puxta bo‘lsa, bu qo‘rg‘on
ham shunchalik mustahkam-
lanib boraveradi.
Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyat
lar. 0 ‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida
nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarning o‘rni.
Aza-
liy qadriyatlarimizda tani sihatlik va m a’naviy butunlik uyg‘un
bo‘lib kelgan. Tani sihatlik insonning tabiiy va jismoniy salo-
matligi mezonlarini, ma’naviy butunlik inson qalbining salo-
matlik mezonlarini mujassam etgan. 0 ‘zbek oilalarida insoniy
munosabat, izzat-ikrom, hurmat, e’zoz, muomaladagi ochiqlik,
mehmonnavozlik bag‘rikenglik,
tinch va osuda hayot, xursand-
chilik kabi xususiyatlarni amalda ko‘rsata olib hayot mezoniga
aylantira olishni anglatgan. Demak, oilaning bugungi kundagi
vazifalari birinchidan, farzandining axloqiy-estetik, huquqiy,
diniy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgarlik,
ota-ona-
lik burchiga e’tibor bilan qarash, fuqarolik mas’uliyatini his
etish, muhim ijtimoiy burchni bajarish, ikkinchidan, farzand-
larga turmush muammolarini mustaqil hal etish usullari, o‘zini
ta’minlash va yashashning munosib darajasiga erishish imkoni-
yatlarini o‘rgatish;
uchinchidan, hayotning mushkul vaziyatidan
chiqib olish uchun resurslar, harakatlar ko‘rsatadigan tizimlar
bilan uzviy aloqada bo‘lish, Shuningdek bu tizimlarning sama
rali va tashkiliy ishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Oiladagi qadriyatlar, undagi psixologik, ijtimoiy-ma’naviy
muhitning farzand tarbiyasiga ta’siri buyuk mutafakkir va al-
lomalarimizning bizgacha yetib kelgan ilmiy meroslarida alo
hida e’tirof etilgan. Bu xususda Zardushtiylik
dinining muqad-
das kitobi «Avesto»da ham ta ’kidlab o‘tilgan. Unga ko‘ra oila
sog‘lom avlodning paydo bo‘lishi, benuqson naslning tug‘ilishi,
sog‘lom turmush tarzi, zurriyodning pokizaligi, uning aqliy, ax
loqiy, ruhiy, jismoniy, ma’naviy tarbiyasida alohida o‘rin tutgan.
Unda ta’kidlanishicha o‘smirlar o‘n besh yoshga to‘lgandan ke-
yingina yetmish ikki xil rangli ipak iplardan to‘qilgan belbog‘
bilan bellarini o‘rash va o‘zlarini yaxshilik yo‘liga baxshida etish
uchun turmush qurish huquqiga ega bo‘lgan. Lekin yoshlar-
ning o‘zboshimchalik bilan oila qurishlariga yo‘l qo‘yilmagan.
298
Oila
qurish jamoa, ota-ona izmida bo‘lgan. Shu sababli, jamoa
va ota-onalar bo‘lajak kelin-kuyovlarni tanlashda obdon o‘ylab
ish ko‘rganlar. «Avesto»ning «Vendidod» bobida bayon etilishicha
nasi sog‘lomligining irsiy jihatlariga alohida e’tibor berilib, ya-
qin qarindoshlar o‘rtasida farzandlarning o'zaro oila qurishi man
etilgan. Sog‘lom avlodning tug‘ilishi uchun ota-onalar sharob
ichmaslikka, giyohvand moddalar va boshqa hushdan ketkazuv-
chi vositalarni iste’mol qilmaslikka da’vat etilgan. Zardushtiylik
ta ’limotiga ko‘ra katta oilalar jamoa oqsoqoli tomonidan himoya
qilinib, egizak farzand ko‘rgan ayollarga
bir juft sigir yoki sariq
tuya hadya qilingan va davlat xazinasidan nafaqa berilgan.
«Avesto»da har qanday axloqsizlik va g‘ayritabiiy xatti-ha-
rakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Fohishabozlik,
turmush o‘rtog‘iga xiyonat qattiq qoralanadi. Bu kabi jinoyatlar
sirasiga nafaqat oilani buzadigan va oila qoidalarini zaiflashtira-
digan, balki bola tug‘ilishi, yosh avlod tarbiyasi, nasi pokligiga
salbiy ta ’sir ko‘rsatadigan oila xiyonati ham ko‘rsatilgan.
Begona
ayol bilan yashash, nikohsiz farzand ko‘rish qat’iy ta’qib ostiga
olinganki, ushbu qarashlar bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Bu kabi jinoyatlar qamchi yoki tayoq bilan 800
zarba urish bilan jazolangan1.
«Avesto»ning bugungi m a’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ta-
lablarga hamohang bo‘lgan eng muhim tamoyillardan biri —
bergan so‘zining uddasidan chiqish, ahdga sodiqlik, savdo-sotiq
va shartnomalarga qat’iy
amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash,
aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish kabi iymonlilik sifat-
laridan iborat. «Avesto»ning ko‘plab tadqiqotchilari, bu nodir
kitobda yuksak m a’naviyatlilik va axloq masalalari yoritilganini
ta ’kidlaydilar. Yuksak m a’naviy sifatlilik Zardushtiylikda jaho-
latning, yomonlikning oldini olishdir. «Avesto»ning ma’naviy
qoidalariga nafaqat sog‘lik va jismoniy kuch, balki m a’naviy
poklikka ham alohida o‘rin ajratiladi. Ma’naviyatlilik me’yori si
fatida o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlanish buyuriladi. «Avesto»da bola
tarbiyasi va ta’limiga katta ahamiyat berilib «Tarbiya
hayotdagi
Do'stlaringiz bilan baham: