A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Alqarov I.Sh. va boshqalar. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. - Т



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

1 Alqarov I.Sh. va boshqalar. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. - Т.:
2009. - 16 b.
301


ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri si­
fatida qaralgan.
Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma’naviy, axlo­
qiy tamoyillarini shakllantirish. Ajralish va uning axloqiy kamo-
lotga salbiy ta’siri. 
Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning 
ma’naviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish ayniqsa bugun dol- 
zarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Oilada kishi xarakterining, 
uning mehnatiga, eng muhim ma’naviy, g‘oyaviy va madaniy 
boyliklariga munosabatining asosi shakllanadi. Shuning uchun 
ham jamiyat oilaning mustahkam, ma’naviy va axloqiy jihatdan 
sog‘lom bo‘lishidan g‘oyat manfaatdordir. 2012-yilga «Mustah­
kam oila yili» deb nom berildi. Mamlakatimizda oila institutini 
rivojlantirish va takomillashtirish borasida yangi qarorlar, das- 
turlar qabul qilindi. Bugun ham ushbu dasturlarda belgilangan 
vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda. Chunki 
oila mamlakatimizdagi eng oliy qadriyat sanaladi. Oilaning eng 
muhim vazifasi esa tarbiya hisoblanadi.
Oila — tarbiya maskani, aynan shu maskanda dunyoga kel­
gan farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, bal­
ki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob qoidalarini ham egallab 
boradi. Ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, 
poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi qadriyatlar ona suti, 
oila a’zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati 
mazmuniga singib boradi.
Ta’lim-tarbiyaning hamda m a’naviy va axloqiy fazilatlar- 
ning rivojlanishida oila uning negizi, ya’ni tayanchi hisobla­
nadi. Oilada farzandlarning yetuk inson sifatida kamolga yetishi 
ko‘p jihatdan ota-onaga bog‘liq. Farzand tarbiyasining bu qadar 
muhimligi shunda namoyon bo‘ladiki, hozirgi yoshlar ertaga 
butun yurtning egalari, merosxo‘rlari, davomchilari boMishadi 
va shu sababdan ham butun yurtning kelajagi hozirgi yosh­
larga bog‘liqdir. Agar oiladagi muhit yaxshi bo‘lsa hamda far- 
zandga alohida e’tibor berilib unda salbiy xislatlarning paydo 
bo‘lishining oldi olinsa, yaxshi xulq bilan shakllanib boradi. 
0 ‘zbek oilasida bola ongida sog‘lom g‘oya bilimlar shakllani- 
shi jarayonida oilaning kattalari — bobolar, momolar, yaqin qa-
302


rindosh urug‘lari ham bevosita ishtirok etadi. Udumlarimizga 
binoan bola tarbiyasida ota-onadan ham ko‘ra buva va buvilar- 
ning ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ular oiladagi m a’naviy muhitning 
boshqaruvchilari hisoblanadi.
Bolaning aqliy, axloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, 
m a’naviy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Shu 
boisdan ham «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi»da bu 
masalaga alohida urg‘u berilgan.
Ya’ni:
— «oila oilaviy an’analarni hamda ma’naviy-axloqiy merosni 
saqlab qoluvchi, davom ettiruvchi;
— jamiyatning eng kichik bir qismi bo‘lib, bolaning madaniy, 
estetik va boshqa ehtiyojlari o‘sishini va sog‘lom turmush tarzini 
ta’minlovchi;
— bolaning xulq-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi 
murabbiy;
— hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo masla- 
hatchisi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatguvchisidir», deyiladi.
Oilada ba’zida farzandlar bilan bog‘Iiq muammolar tufayli, 
qarindosh-urug‘larning o‘rinli va o‘rinsiz oilaga aralashuvlari 
tufayli, kasalliklar, yetishmovchiliklar tufayli qiyin vaziyat- 
lar yuzaga kelishi mumkin. M ana shunday damlarda mavjud 
holatni axloqiylik bilan baholab, bir yoqadan bosh chiqarib 
harakat qilish er-xotinning irodasiga, bilimiga, hayotiy tajri- 
basiga bog‘liqdir. M ana shu jihatlarning yetishmasligi sababli 
ham ajralishlar ko‘paymoqda. Bundan tashqari, sotsiologlar 
ajralishlarning bir qancha sabablarini sanab o'tishgan: «Badav- 
lat kishilarning bir qismini hisobga olmaganda, bugungi kun­
da nikoh odam larning o‘z mulki va mavqeini keyingi avlodga 
o‘tkazish maqsadidagi sa’y-harakatlari majmuyi bo‘lmay qoldi. 
Ayollar iqtisodiy mustaqilligining ta’minlanishi bilan nikoh qa- 
chonlardir bo‘lganidek, iqtisodiy sheriklik zaruriyatining nati- 
jasi hisoblanmay qoldi»1.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish