7
I BOB. YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI
BOSHQARISHNING NAZARIY MASALALARI
1-mavzu. Boshqarish to‘g‘risida tushuncha.
Tizimlarni integratsion boshqarish
Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar so‘nggi yillarda nihoyatda
faollashayotgan qator muhim omillar, jumladan fan va texnikani jadal rivojlanishi,
uning yutuqlarini amaliy faoliyatda keng-ko‘lamda qo‘llanilishi, iqtisodiy
jarayonlarni boshqarishni ancha murakkablashganligining ta’sirini o‘sganligi bilan
bog‘liqdir. Buni to‘la tushunib olish hamda boshqarishning samarali strategiyasini
qabul qilish uchun jamiyatning murakkab iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik
muammolari bo‘yicha anchagina chuqur bilimlarni egallash talab qilinadi. Bu holat
ayniqsa iqtisodiy obyektlarning murakkablashganligi hamda ushbu jarayonga mos
bo‘lmagan boshqarish tizimini qayta qurish natijasida xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlaridagi boshqarish uslublari va ishlab chiqarish aloqalari o‘rtasidagi oldingi
mavjud tenglik buzilgan, iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlar
uchun xarakterlidir. Bunda iqtisodiy munosabatlarni tubdan isloh qilish, korxonalar
va ishlab chiqarishni tubdan qayta tarkiblash, resurslarni iqtisod qiluvchi
texnologiyalarni hamda iqtisodni boshqarishning bozor uslublarini qo‘llash talab
qilinadi. Shu munosabat bilan jamiyatni xo‘jalik salohiyatidan foydalanish
strategiyasini rejalashtirish hamda uni murakkab iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik
vazifalarini hayotga tadbiq qilishda samarali ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi ayniqsa
oshadi.
Analitik
ishlanmalardan
foydalanish
asosida boshqaruvning turli
konsepsiyalari ishlab chiqilmoqda. Bunda ayniksa integratsion boshkarish yirik
axamiyatga ega bo’lmoqda. Murakkab masalalarni hayotga tadbiq qilish
strategiyasini rejalashtirish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, murakkab muammolarni
tadqiq qilishning anchagina samarali uslublari – bu muammoga tizimli yondashuv
hamda tizimli tahlilga asoslangan tizimlangan tadqiqotlardir.
Boshqarish deganda, boshqariladigan tizimlarga ta’sir jarayoni tushuniladi. Har
qanday murakkab tashkil etilgan boshqariladigan tizimlar, shu jumladan yerdan
foydalanish tizimi ham, o‘zining boshlang‘ich parametrlarini ushlab turishi,
shuningdek, o‘zlarining sifat holatlarini ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan
darajalariga erishishi uchun obyektiv ravishda boshqarishni talab qiladi. Boshqacha
qilib aytganda, boshqarish–bu boshqariladigan tizimlarni, ularni ichki mazmuni bilan
mavjud bo‘lishining obyektiv zaruriyatidir. Boshqarish tizimni o‘zining rivojlanish
qonuniyatlariga mos tarzda amalga oshiriladi. Boshqarishsiz tizim amaliy jihatdan
bo‘linib ketadi.
Boshqarish to‘g‘risida so‘z ketganda shuni aloxida e’tirof etish zarurki, bugungi
globallauv va tezkor rivojlanish sharoitida davlat boshqaruvini jamiyat
8
taraqqiyotining bugungi ehtiyojlariga mos ravishda modernizatsiya qilish o‘ta
dolzarb vazifa sifatida mayonga chiqmoqda. Mamlakatimiz ravnaqini ta’minlash,
jamiyatni jtimoiy siyosiy boshqarish, shu jumladan, unga davlat xokimiyati
vositasida ko‘maklashuv mexanizmlarini takomillashtirish yangi yangi
imkoniyatlarni izlashni taqozo etadi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan qobul qilingan “O‘zbekistonni rivojlantirishning
2017- 2021 yilarga mo‘ljallangan Xarakatlar strategiyasi”ning birinchi bo‘limida
har tomonlama asoslangan xolda so‘z yuritiladi. Jumladan, davlat boshqaruvini
oqilona tashkil etish, uning samaradorligini oshirish zamonaviy ilm- fan va tafakkur
yutuqlarini joriy etishga tayanmog‘i zarur. Mustaqil davlatchiligimiz tarqqiyoti yillar
davomida izchillik va sobitqadamlik bilan amalga oshirib kelinayotgan islohotlar
tufayli bugungi kunda mamlakatimizda demokratik qadriyatlar asosida
shakllangan va faoliyat yuritadigan xalqchil davlat xokimiyati va boshqaruvi tizimi
qaror topdi. “Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonda davlat va jamiyat
qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni
modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat
boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani
ayniqsa e’tiborga loyiq[ 17]. Bu tarixiy xujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi
rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik
asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni ximoya
qilishga doir kompleks masalalarni hal etish, hukumat, davlat boshqaruv organlari
va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa siftida
belgilanadi [ 17 ].
«Boshqarish» tushunchasi maxsus adabiyotda etarli darajada yaxshi
o‘rganilgan. «Boshqarish (administration, control, management va boshq.)–keng
ma’noda–mavjud bo‘lishini ushlab turish yoki uni holatini o‘zgartirish maqsadida
boshqarish obyektiga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir vositasida tizimni bir holatdan
boshqasiga o‘tkazishdir» [29, 654 b]. Boshqarish stixiyali (ko‘zda tutilmagan
kuchlar ta’sirining natijasi) hamda ongli (jamoat institutlari va tashkilotlari
tomonidan amalga oshiriladigan) turlarga ajratiladi. Boshqacha so‘z bilan ta’riflasak,
«boshqarish–bu ushbu tizimga xos bo‘lgan obyektiv qonunlardan foydalanish asosida
uni yangi sifat holatiga o‘tkazish maqsadida tizimga ta’sir etish jarayonidir» [32, 27
b]. Ya’ni, boshqarish jarayoni mavjud tizimga (uning parametrlariga) ta’sir etishi
sifatida e’tirof etiladi hamda u boshqarish funksiyasi yordamida boshqariladigan
tizimning o‘ziga xos mexanizmlari vositasida amalga oshiriladi. Bunda etirof
etiladiki, «Tizimni yoki uning funksiyasini o‘zgartirish manbasi odatda tizimning
o‘zida yotadi» [32, 17 b].
Ammo boshqarishni faqatgina uni yangi sifat holatga o‘tkazish deb qarash
kerak emas, bunday qoida to‘lakonli bo‘lmaydi [32, 25 b]. Murakkab boshqariladigan
9
tizimning muhim xususiyati shundan iboratki, boshqarish uni optimal holatda
saqlanishini ta’minlaydi vashu sababli bir vaqtda tizimning o‘zini ham tashkil etishga
yo‘naltirilgan, ya’ni boshqarishning mohiyati tizimni tartibga solish uchun unga ta’sir
etibgina qolmasdan, balki uni tashkil etishdan ham iboratdir. Darhaqiqat, boshqarish
tizimni o‘zini tashkil etish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
«Boshqarish» tushunchasi «jarayon» va «tizimlar» tushunchalari bilan ham
uzviy bog‘liqdir. Jarayon (lotinchadan processus) harakatni bildiradi va “nimanidir
rivojlanishida holatni, voqeilikni ketma-ket o‘zgarishi, qandaydir natijaga erishish
uchun ketma-ket xarakatlar majmuasi”sifatida ta’riflanadi [29, 1075 b].
Shuni ko‘zda tutish zarurki, boshqarish jarayonlarni kechishi, mashinalarni
ishlashi va okibatda obyektlar tarkibida yuz beradigan o‘zgarishlar, tizimning ishlashi
bilan amalga oshiriladi, ammo hech qachon obyektlarning o‘zi bilan emas. Shu
sababli amaliyotda hamda maxsus va o‘quv adabiyotlarida uchraydigan «tabiiy
resurslarni boshqarish», «Yer resurslarini boshqarish», «Yerni boshqarish», «Suvni
boshqarish» va hokazolar tipidagi so‘zlar unchalik ilmiy jixatdan maqsadga muvofiq
emas.
Boshkarish tizimida «integratsion boshqarish» tushunchasi alohida axamiyat
kasb etadi. Integratsion boshkarish deganda boshkarishning turli kirralarini, jumladan
iktisodiy, ijtimoiy, huquqiy, texnik, texnologik, tashkiliy, hududiy va boshka
kirralarini uzaro bir-birlari bilan kushilgan xolda obyektlardan foydalanishni
boshkarish tushuniladi. Bunday boshkarish ayniksa yer resurslaridan foydalanishni
boshkarish tizimida yirik amaliy axamiyat kasb etadi.
Boshqarish tizimini tashkil etish va unga ta’sir etish jarayoni sifatida tizimlar
tushunchasini ko‘rib chiqish ko‘zda tutiladi. «Tizim (grekchadan systema) –
qismlardan tuzilgan bir butun, yaxlit; bir-biri bilan ma’lum munosabatda va
bog‘liqlikda bo‘lgan, ma’lum bir yaxlitlikni, birlikni tashkil etuvchi birikma, ko‘p
elementlar to‘plamidir ». [32, 1215 b.]
«Tizim – bir –birlari bilan munosabatda va ma’lum aloqada bo‘lgan hamda
ma’lum yaxlitlikni, birlikni tashkil etuvchi elementlarning tartibga solingan
majmuasidir» [24, 557 b.]. Ya’ni, tizim deganda ma’lum munosabatda bo‘lgan va
bir–birlari bilan bog‘lik, o‘zlarinig birligida o‘ziga xos yaxlitlik, birlikni yaratuvchi
ko‘p sonli elementlar tushuniladi. Qayd qilish muhimki, tizimning umumlashgan
xususiyati uni tashkil etuvchi alohida elementlar xususiyatlarining umumiy yig‘indisi
bilan bir xil emas, bu–faqatgina ushbu tizim uchun xos bo‘lgan sifat jihatdan yangi
xususiyatdir. Har qanday tizimning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyati shundan iboratki,
har bir element teskari aloqalar mavjud bo‘lgandagina uning xususiyatiga ta’sir
qiladi, yaxlitlik bo‘lganida tizim sifatidagi ko‘pgina xususiyatlar, shu bilan birga, uni
tashkil etuvchi elementlarning xususiyatlari yo‘qotiladi. Ushbu o‘zaro bog‘liq
10
elementlar majmuasining mavjud bo‘lishi tizimning umumiy maqsadga Erishishga
yo‘naltirilgan.
Tizimlar odatda moddiy va abstrakt turlarga ajratiladi. Moddiy tizimlar,qoidaga
binoan, tabiiy mohiyatga, abstrakt esa logik mohiyatga egadir. Tabiiy tizimlardan
farqli o‘laroq sun’iy tizimlar inson tomonidan yaratiladi, ochiq tizimlar tashqi dunyo
bilan bog‘liq, yopiqlari esa bog‘liq emas, axborotli resurslar bilan uncha yirik
bo‘lmagan almashishga ega. Maqsadli belgilari bo‘yicha tizimlar bir maqsadli, ko‘p
maqsadli hamda funksional turlarga bo‘linadilar.
Murakkab iqtisodiy obyektlarni tadqiq qilishda tizimlarni yaratishdan maqsad –
ular taxlilini soddalashtirish, «murakkabdan oddiyni» topishdan iboratdir [23, 71 b].
Murakkab obyektning yaratilgan tizimi uning tarkibini «etarlicha oddiy» qilib
ko‘rsatishga, uni tashkil etuvchi elementlarning sabab–oqibatli aloqalari tahlilini
soddalashtirishga, ushbu obyektdan foydalanishni boshqarishning amaliy masalalarini
hal qilishga imkon beradi. Umumiy holatda mavjud bo‘lgan tizim quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |