A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

1-rasm. Tizimning umumiy ko‘rinishi 
 
1-rasmdan ko‘rinadiki, tizim kirish, qo‘llash jarayoni va natijani o‘z ichiga oladi. 
Kirishning asosiy elementi bo‘lib obyekt (moddiy, resursli, axborotli) hisoblanadi. U 
tizimga ta’sir ko‘rsatadi hamda tizimga «kiradi». Kirishda bundan tashqari tizimga 
ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi muhitning omillariga kiruvchi ikkilamchi (ikkinchidarajali) 
elementlar hamda to‘g‘ridan–to‘g‘ri boshqarish mumkin bo‘lmaydigan, noqonuniy 
xarakterga ega bo‘lgan omillar ham mavjud bo‘ladi. Tizimning ikkinchi qismi– 
masalani tadbiq qilish jarayoni (tizimni obyektga ta’sir etishi) – zaruriy natijani olish 
maqsadida kirish elementlariga ta’sir ko‘rsatuvchi jarayonlar (operatsiyalar)dan 
iborat. Tizim faoliyatining natijasi yoki mahsuloti uning chiqish qismida olinadi. 
Natijani baholash asosidatizimning barqarorligi hamda ishonchligi to‘g‘risida hulosa 
qilinadi. Bunda uning muhim xususiyatlari sifatida ularning ajralib ketishiga uchrashi 
O’rganish 
obyekti 
Masalani 
tadbiq 
qilish 
jarayoni 
Tasodifiy 
omillar 
Tashqi muhit 
omillari 
Natija 
(yechim) 


11 
mumkin bo‘ladigan barqarorligi, tashqi va ichki muhitga moslashishi alohida etiborga 
olinadi.
 
Iqtisodiy tizimlarning xususiyati shuki, ular inson tomonidan yaratiladi. Iqtisodiy 
obyektlarni tadqiq qilishni tizimli yondoshuvida jamiyat faoliyatining alohida 
tarmoqlari, mamlakat iqtisodi, alohida ishlab chiqarish majmualari va hokazolar 
alohida tizimlar sifatida o‘rganiladi. Ular odatda vertikal va gorizontal aloqalarni o‘z 
ichiga olgan, boshqarishni ierarxik darajasini tashkil etuvchi tarkibli va funksional 
xarakterli kichik tizimlardan iborat bo‘ladi. Fan va texnikani jadal rivojlanishi, 
tarmoqlararo aloqalarni yirik hajmlarda kengayishi hamda ishlab chiqarishni 
nihoyatda ko‘payishi iqtisodiy muammolarni tadqiq qilish jarayonida «yirik tizimlar» 
deb ataladigan nomni ajratishga imkon beradi. Bu tizimlar maqsadli yo‘nalishligigi 
va boщqarilishi, murakkab ierarxik tarkibliligi, yirik o‘lchamlari, yaxlitligi hamda 
murakkabligi bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, yirik iqtisodiy masalalarni hal 
qilish uchun «yirik murakkab tizimlar»ham ajratiladi. Ular murakkab tarkibli 
maqsadga, bitta tizimda bir necha tarkibga, tizimlarning murakkab izohnomasiga 
egadirlar. Yirik murakkab tizimlar tadqiq qilish tizimlarni ham talab qiladi. Ular 
tominidan iqtisodiy tizimlar hamda boshqarish usullarini o‘rganishda murakkabligi 
bo‘yicha shunga mos keluvchi tadqiq qilish tizimlari yaratilishi zarur. 
Tabiatdan foydalanish muammolarini o‘rganishda moddiy va abstrakt tizimlar 
muhim rol o‘ynaydi. Tabiatdan foydalanish jarayoni, bir tomondan, tabiiy 
resurslarning miqdorlari va ulardan foydalanishni, ikkinchi tomonidan esa ushbu 
jarayonni boshqarishni o‘z ichiga olganligi sababli tabiatdan foydalanish tizimlari 
ham o‘zining xarakteri bo‘yicha birlashtirilgan yoki moddiy – abstrakt, o‘zining 
mohiyati bo‘yicha esa iqtisodiy-ekologik tizimlardir. Tarkibi jihatdan ularga tabiiy 
resurslardan foydalanishning iqtisodiy, ekologik hamda boshqa qirralari xarakterli 
bo‘lgan, jamiyatni rivojlanishi uchun o‘sha muhim kichik tizimlarni o‘z ichiga oladi. 
Kichik tizimlar rang-barang aloqalarga ega bo‘ladilar. Ularni o‘rganish esa tabiiy 
resurslardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarurdir. 
Shunday qilib, tizimlar deganda umumiy maqsadga erishish uchun birgalikda 
ta’sir ko‘rsatuvchi, zamon va makonda ma’lum bir qonuniyatlar asosida joylashgan 
o‘zaro bog‘liq hamda o‘zaro ta’sir etuvchi elementlarning birligi tushuniladi. 
Tizimlar moddiy va abstrakt turlarga ajratiladi. Tizimlarning birinchi turi neorganik 
tabiiy hamda tirik xillarga ajratiladi. Abstrakt tizimlar–bu tushunchalar, gipotezalar, 
nazariyalar, formallashtirilgan, logik va boshqa ilmiy bilimlardir. 
Tizim quyidagi talablarga javob berishi zarur: 
-tizimni har bir elementining holati umumiy yaxlit tizimning holatiga ta’sir etadi, 
ular ajralgan taqdirda tizimning o‘sha muhim xususiyatlari yo‘qotiladi; 


12 
-tizim elementlarining holati hamda ularni yaxlit tizim bilan ta’siri o‘zaro 
bog‘liqdir, ularni tizimdan ajralib ketishi natijasida ham elementlarning muhim 
xususiyatlari yuqoladi. 
Darhaqiqat, tizim ega bo‘lgan holat, xususiyat uni tashkil etgan alohida 
elementlar (kichik tizimlar)ning holati, xususiyatidan farq qiladi. Tizim–bu mustaqil 
qismlarga ajratilmagan, bulish mumkin bo‘lmagan ko‘p sonli elementlardir. Tizim 
elementlarining xususiyatlar to‘plami tizimning umumiy xususiyatini yoritmaydi, 
faqatgina bir necha yangi xususiyatni beradi xolos. 
Har qanday tizim rivojlanayotgan tizimdir, u o‘zining o‘tgan zamondagi 
boshlanishiga hamda kelgusidagi davomiyligiga ega [23, 71 b.]. Tizim 
tushunchasining tahlilini soddalashtirish, tarkibini urganish hamda tizimni mavjud 
bo‘lishini o‘rganish maqsadlarida u o‘z ichiga murakkabdan oddiyni topishni oladi. 
Jismoniy va abstrakt (tadqiqotchining fikr- muloxazalari, rejalar, gipotezalar va 
tushunchalar) ga bo‘linishidan tashqari tizimlar tabiiy hamda inson tomonidan 
yaratilgan turlarga, tashqi muhit bilan bog‘liq darajasi bo‘yicha–ochiq (atrof muhit 
bilan moddiy–axborotli resurslar yoki energiya almashinish) hamda yopiq (nisbatan 
yirik bo‘lmagan almashinuv) turlarga bo‘linadi [23, 72 b.]. 
Bizni o‘rab turgan dunyo miqyosida tizimlarning beqarorligi hamda 
o‘zgaruvchanligi (o‘zgarmas, kam o‘zgaruvchan va kuchli o‘zgaruvchan) bosh rolni 
o‘ynaydi. Barqarorlik holati iqtisodiy–ijtimoiy tizimlar uchun nisbatan qisqa vaqt 
muddatlarda kuzatiladi. Kuchsiz barqaror tizimlar uchun tashqi muhitning kichkina 
o‘zgarishi tizimga yangi sharoitda yangi barqarorlik holatiga Erishishiga imkon 
beradi. Kuchli beqaror tizimlar, ya’ni tashqi muhitga o‘ta ta’sirchan tizimlar, uncha 
kuchli bo‘lmagan tashqi signallar ta’sirida ham nihoyatda kuchli o‘zgartirishlarga 
uchrashi mumkin. Maqsadli belgilari bo‘yicha tizimlar bir maqsadli (yagona 
maqsadli- vazifali) va ko‘p maqsadli, funksional tizimlarga bo‘linadilar.Ijtimoiy
iqtisodiy tizimlarning yorqin o‘ziga xos xususiyati – bu unda inson ishtirokidir. 
Mamlakat iqtisodiyoti muammolarini o‘rganishga tizimli yondoshishda alohida 
tashkilotlar yakuniy maqsadga erishish uchun boshqarishning bir qator barqaror 
ierarxik darajalarini tashkil etuvchi funksional hamda tarkibli alohida – alohida 
kichik tizimlardan tashkil topgan tizimlar sifatida qaraladi. Vertikal hamda gorizontal 
aloqalarning mavjudligi ierarxik tashkil etish natijasi hisoblanadi. Vertikal aloqalar 
tashkil etishning turli darajadagi, gorizontal esa bitta darajadagi kichik tizimlarning 
o‘zaro ta’sirini ko‘zda tutadi. Tizimning ierarxik tashkil etish tamoyili turli darajadagi 
kichik tizimlarni nisbatan alohidaligi tushunchasi bilan bog‘liqdir. Kichik 
tizimlarning nisbatan alohidaligi – bu shunday kichik tizimlarni ierarxik qatorning 
yuqori va past turgan kichik tizimlariga nisbatan bir muncha mustaqillikka (avtonom 
holga) egaligini, ularni o‘zaro ta’siri esa kirish va chiqish bo‘yicha amalga 
oshirilishini bildiradi. YUqori turgan tizimlar pastda turgan tizimning kirishiga signal 


13 
berish yo‘li bilan ta’sir etadilar hamda chiqish bo‘yicha ular holatini kuzatadilar, o‘z 
navbatida, pastda turgan kichik tizimlar ular signaliga etibor berganlari holda yuqori 
turgan tizimlarga ta’sir ko‘rsatadilar. 
Ilmiy–texnik rivojlanish boshqarish sohasidagi tadqiqotlarning yangi obyektini 
vujudga keltirdi. U “yirik tizimlar” (KT) nomini oldi. Uning muhim tavsiflari 
quyidagilar hisoblanadi [23, 74 b]: 
-tizimni maqsadli yo‘naltirilganligi va boshqarilishi, barcha tizimda undan ancha 
yuqori darajalarda beriladigan va to‘g‘rilanadigan maqsad va mohiyatlarning 
mavjudligi; 
-markazlashgan boshqarishni uni avtonom qismlari bilan birlashishini ko‘zda 
tutadigan tizimni tashkil etadigan murakkab ierarxik tarkib; 
-tizimni yirik o‘lchami, ya’ni yirik miqdordaligi qismlar va elementlar, kirish va 
chiqishlar, rang–barang bajariladigan funksiyalar va boshq; 
-holatning yaxlitligi va murakkabligi. Teskari aloqani qo‘shgan o‘zgaruvchilar 
o‘rtasidagi murakkab bog‘lanib ketgan o‘zaro munosabatlarning bittasini uzgarishi 
boshqa ko‘p sonli o‘zgaruvchilarni o‘zgarishiga olib keladi. 
Yirik tizimlarga odatda yirik ishlab-chiqarish-iqtisodiy tizimlar, shaharlar, 
qurilish va ilmiy-tadqiqot majmualari va boshqalar kiradi. Ko‘pgina iqtisodiy va 
boshqaruv masalalari aynan shunday xarakterga ega, qachonki yirik tizimlar bilan ish 
olib borayotganligimizni hech ikkilanmasdan oldindan aytish mumkin. Muammolarni 
tizimli tahlil qilishda maxsus usullar ko‘zda tutiladi. Ular yordamida tadqiqotchi 
qarab chiqishi qiyin bo‘lgan yirik tizimlarni bir qator kichik o‘zaro bog‘liq tizimlarga 
ajratish mumkin bo‘ladi. Demak, yirik tizim deganda odatda kichik tizimlarsiz tadqiq 
qilib bo‘lmaydigan tizim tushuniladi. 
Yirik tizimlar bilan bir qatorda iqtisodiyotni boshqarish masalalarida murakkab 
tizimlar (MT) ham ajratiladi. Ular ko‘p maqsadli, ko‘p qirrali masalalarni echishda 
tuziladi. Boshqarish tizimini loyihalash va tahlil qilish uchun murakkab tizim 
konsepsiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishda quyidagi omillarni hisoblash talablari 
bajariladi: 
-murakkab maqsad mavjudligi, turli maqsadlarni parallel mavjud bo‘lishi yoki 
maqsadlarni birin-ketin almashishi; 
-bitta tizimda bir vaqtning o‘zida turli tarkibni mavjud bo‘lishi (masalan, 
texnologik, ma’muriy, funksional va boshq.); 
-bitta tilda tizimni izohlash mumkin bo‘lmasligi, uni alohida kichik tizimlarini 
loyihalash va tahlil qilish uchun turli tillardan foydalanish zaruriyati, masalan, 
mahsulot tayyorlashning texnologik sxemasi, huquq va majburiyatlartaqsimotini 
belgilovchi me’yoriy–huquqiy hujjatlar, hujjatlar aylanish sxemasi va majlislar 
dasturi, reja loyihasini ishlab chiqishda xizmatlar va bo‘limlarning o‘zaro 
aloqalarning tartibi. 


14 
Yirik murakkab tizim (YMT)larni o‘rganish faqatgina zaruriy tartibda tashkil 
etilgan tadqiqot tizimi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Iqtisodiy tizim (IT)larni 
har tomonlama o‘rganish hamda uni boshqarishni bilish uchun o‘zining murakkabligi 
bo‘yicha iqtisodiy tizim (IT)ga teng keladigan tadqiqot tizimini yaratish zarur; 
boshqarishning oddiy tizimi yordamida yirik tizim (KT)ni samarali boshqarish 
mumkin emas, u murakkab boshqaruv mexanizimini talab qiladi. Hal qilinadigan 
masalalar murakkabligining oshishi bilan ushbu masalalarni hal qilishni boshqarish 
tizimining imkoniyatlari oshishi zarur. Yirik tashkilotlar murakkab, ko‘p tomonli 
rejalarni talab qiladi.
Tizimni boshqarishning prinsipial tushunchalaridan biri–bu teskari aloqa 
tushunchasidir. Teskari aloqa–bu tizimning to‘g‘ridanto‘g‘ri o‘zi bilan, yoki uning 
boshqa elementlari orqali amalga oshiriladigan kirish va chiqishlar o‘rtasidagi 
bog‘liqlikdir. Odatda ijobiy va salbiy teskari aloqalar ajratiladi. Teskari aloqaning 
asosiy vazifalari quyidagilar [23,77 b.]: 
-belgilangan chegaradan chiqqan taqdirda tizimning o‘zi qilayotgan harakatga 
teskari ta’sir (sifatni pasayishi va hok.); 
-o‘rnini qoplash hamda tizimni barqaror holatini ushlab turish; 
-tizimni barqaror holatdan chiqarishga xarakat qiladigan tashqi va ichki 
yo‘qotishlardan sintezlash, ushbu yuqotishlarni bir yoki bir necha boshqariladigan 
qiymatlarga keltirish; 
-yomon formallashuv qonuni bo‘yicha boshqaruv obyektiga boshqariluv ta’sirini 
ishlab chiqish. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi teskari aloqaning 
buzilishi og‘ir oqibatlarga olib keladi. 
Murakkab iqtisodiy tizim (MIT) larning xususiyati shundan iboratki, ular 
yordamida har doim ham teskari aloqalarni aniq yoritib bo‘lmaydi hamda ular 
yordamida boshqariladigan miqdorlar parametrlariga qo‘yiladigan ko‘pgina 
chegalarni belgilash mushkuldir. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish