Yer toifalari tarkibi
0,20%
0%
0,50%
1,90%
4,40%
19,20%
23,40%
50,40%
Q.x.
A.p.
San.
Tab. muh..
Tar.mad.
O’.f
.
S. f.
Zaxira
18
Umumiy maydoni 0,905 mln. gadan iborat bo‘lgan mamlakat yerdan
foydalanishining navbatdagi turiga sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa
maqsadlarga mo‘ljallangan yerdan foydalanish kiradi. Uning yerlari sanoat va boshqa
turlardagi ishlab chiqarish hamda tijorat obyektlarini joylashtirishga mo‘ljallangan va
ham iqtisodiy ham ijtimoiy mohiyatga egadir. Birinchi holatda ular ishlab
chiqarishning asosiy sharti, ishlab chiqarish vositasi sifatida gavdalansa, ikkinchi
holatda-kenglik operatsion asos sifatida namoyon bo‘ladilar. Tabiatni muhofaza
qilish va rekratsion yerdan foydalanish tabiat majmuasinig hamda jamiyat ijtimoiy
talablarining muhim komponenti sifatidagi yerlarning ekologik talablarini qondirishni
o‘zining asosiy maqsadi deb hisoblaydi. Bu joyda yer ishlab chiqarish vositasi hamda
kenglik operatsion asos sifatida mavjud bo‘ladi. O‘rmon xo‘jaligi yerdan foydalanishi
o‘zining maydoni bo‘yicha ancha yirik hisoblanib (qishloq xo‘jalik yerlaridan so‘ng
ikkinchi) 8,54 mln. gani tashkil etadi. Bunda o‘rmon daraxtzorlari bilan qoplangan
maydonlar esa anchagina kichikdir.
O‘rmon
fondi
yerlari
asosiy
ishlab
chiqarish
vositasi
rolini
o‘ynaydi.O‘zbekistondagi o‘rmonlar asosan tuproqni himoyalash xarakteriga
egadir.O‘zining ahamiyati jihatidan suv fondi yerlari ham muhimdir. Bunday yerdan
foydalanish maishiy, sanoat va qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi yerdan foydalanish
kichik turlariga bo‘linadi. Suv fondi yerlarining yirikgina solishtirma miqdorlari
(90% dan ortiq) qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.
Buzilgan qishloq xo‘jalik yerlaring bir qismi o‘rmon fondi toifasiga boshqa
qismi zahira yerlari toifasiga o‘tkazilgan. Qarab chiqilayotgan davrda aholi punktlari
hududlarining yer maydoni ko‘paygan. Buning asosiy sababi mamlakat birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning 1989 yildagi «Qishloq joylaridagi tomorqa yerlarini
ko‘paytirish to‘g‘risida»gi Farmonini hayotga tadbiq etilishi natijasida qishloq aholi
punktlarida tomorqa uchastkalari maydonlarini ko‘paytirilganligidir. Bu, o‘z
navbatida, qishloq aholisini ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda juda yirik rol
o‘ynadi. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yer
maydonlaring o‘sishi keyingi 15 yilda 10% ga yaqinni tashkil etgan hamda bu
mustaqillikka erishish va bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida mamlakatni
rivojlanayotgan iqtisodiyotining talablari bilan bog‘liqdir. O‘rmon fondi yerlari ham
yirik o‘zgarishlarga uchradi. Qaralayotgan vaqt davomida uning maydoni deyarli 3,5
barobarga oshgan va buzilgan yaylov yerlarini 1992, 1995 va 1997 yillari o‘rmon
fondi yerlariga o‘tkazilishi hisobiga uning maydoni 8,5 mln. gaga etgan. Suv fondi
toifasidagi yerlar maydoni ham o‘sishga Erishgan. Karalayotgan davr mobaynida ular
maydoni amaliy jihatdan 30% ga o‘sgan. Bu yerlar maydonining yillik o‘rtacha o‘sishi
1-5 ming ga atrofida bo‘lgan.
19
1 jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |