A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI 
 BOSHQARISHNING NAZARIY MASALALARI 
 
1-mavzu. Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. 
Tizimlarni integratsion boshqarish 
 
Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar so‘nggi yillarda nihoyatda 
faollashayotgan qator muhim omillar, jumladan fan va texnikani jadal rivojlanishi, 
uning yutuqlarini amaliy faoliyatda keng-ko‘lamda qo‘llanilishi, iqtisodiy 
jarayonlarni boshqarishni ancha murakkablashganligining ta’sirini o‘sganligi bilan 
bog‘liqdir. Buni to‘la tushunib olish hamda boshqarishning samarali strategiyasini 
qabul qilish uchun jamiyatning murakkab iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik 
muammolari bo‘yicha anchagina chuqur bilimlarni egallash talab qilinadi. Bu holat 
ayniqsa iqtisodiy obyektlarning murakkablashganligi hamda ushbu jarayonga mos 
bo‘lmagan boshqarish tizimini qayta qurish natijasida xalq xo‘jaligining turli 
tarmoqlaridagi boshqarish uslublari va ishlab chiqarish aloqalari o‘rtasidagi oldingi 
mavjud tenglik buzilgan, iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlar 
uchun xarakterlidir. Bunda iqtisodiy munosabatlarni tubdan isloh qilish, korxonalar 
va ishlab chiqarishni tubdan qayta tarkiblash, resurslarni iqtisod qiluvchi 
texnologiyalarni hamda iqtisodni boshqarishning bozor uslublarini qo‘llash talab 
qilinadi. Shu munosabat bilan jamiyatni xo‘jalik salohiyatidan foydalanish 
strategiyasini rejalashtirish hamda uni murakkab iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik 
vazifalarini hayotga tadbiq qilishda samarali ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi ayniqsa 
oshadi. 
Analitik 
ishlanmalardan 
foydalanish 
asosida boshqaruvning turli 
konsepsiyalari ishlab chiqilmoqda. Bunda ayniksa integratsion boshkarish yirik 
axamiyatga ega bo’lmoqda. Murakkab masalalarni hayotga tadbiq qilish 
strategiyasini rejalashtirish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, murakkab muammolarni 
tadqiq qilishning anchagina samarali uslublari – bu muammoga tizimli yondashuv 
hamda tizimli tahlilga asoslangan tizimlangan tadqiqotlardir. 
Boshqarish deganda, boshqariladigan tizimlarga ta’sir jarayoni tushuniladi. Har 
qanday murakkab tashkil etilgan boshqariladigan tizimlar, shu jumladan yerdan 
foydalanish tizimi ham, o‘zining boshlang‘ich parametrlarini ushlab turishi, 
shuningdek, o‘zlarining sifat holatlarini ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan 
darajalariga erishishi uchun obyektiv ravishda boshqarishni talab qiladi. Boshqacha 
qilib aytganda, boshqarish–bu boshqariladigan tizimlarni, ularni ichki mazmuni bilan 
mavjud bo‘lishining obyektiv zaruriyatidir. Boshqarish tizimni o‘zining rivojlanish 
qonuniyatlariga mos tarzda amalga oshiriladi. Boshqarishsiz tizim amaliy jihatdan 
bo‘linib ketadi. 
Boshqarish to‘g‘risida so‘z ketganda shuni aloxida e’tirof etish zarurki, bugungi 
globallauv va tezkor rivojlanish sharoitida davlat boshqaruvini jamiyat 



taraqqiyotining bugungi ehtiyojlariga mos ravishda modernizatsiya qilish o‘ta 
dolzarb vazifa sifatida mayonga chiqmoqda. Mamlakatimiz ravnaqini ta’minlash, 
jamiyatni jtimoiy siyosiy boshqarish, shu jumladan, unga davlat xokimiyati 
vositasida ko‘maklashuv mexanizmlarini takomillashtirish yangi yangi 
imkoniyatlarni izlashni taqozo etadi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan qobul qilingan “O‘zbekistonni rivojlantirishning 
2017- 2021 yilarga mo‘ljallangan Xarakatlar strategiyasi”ning birinchi bo‘limida
har tomonlama asoslangan xolda so‘z yuritiladi. Jumladan, davlat boshqaruvini
oqilona tashkil etish, uning samaradorligini oshirish zamonaviy ilm- fan va tafakkur 
yutuqlarini joriy etishga tayanmog‘i zarur. Mustaqil davlatchiligimiz tarqqiyoti yillar 
davomida izchillik va sobitqadamlik bilan amalga oshirib kelinayotgan islohotlar 
tufayli bugungi kunda mamlakatimizda demokratik qadriyatlar asosida
shakllangan va faoliyat yuritadigan xalqchil davlat xokimiyati va boshqaruvi tizimi
qaror topdi. “Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonda davlat va jamiyat 
qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni 
modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat 
boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani
ayniqsa e’tiborga loyiq[ 17]. Bu tarixiy xujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi
rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik
asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni ximoya 
qilishga doir kompleks masalalarni hal etish, hukumat, davlat boshqaruv organlari 
va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa siftida 
belgilanadi [ 17 ].
«Boshqarish» tushunchasi maxsus adabiyotda etarli darajada yaxshi 
o‘rganilgan. «Boshqarish (administration, control, management va boshq.)–keng 
ma’noda–mavjud bo‘lishini ushlab turish yoki uni holatini o‘zgartirish maqsadida 
boshqarish obyektiga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir vositasida tizimni bir holatdan 
boshqasiga o‘tkazishdir» [29, 654 b]. Boshqarish stixiyali (ko‘zda tutilmagan 
kuchlar ta’sirining natijasi) hamda ongli (jamoat institutlari va tashkilotlari 
tomonidan amalga oshiriladigan) turlarga ajratiladi. Boshqacha so‘z bilan ta’riflasak, 
«boshqarish–bu ushbu tizimga xos bo‘lgan obyektiv qonunlardan foydalanish asosida 
uni yangi sifat holatiga o‘tkazish maqsadida tizimga ta’sir etish jarayonidir» [32, 27 
b]. Ya’ni, boshqarish jarayoni mavjud tizimga (uning parametrlariga) ta’sir etishi 
sifatida e’tirof etiladi hamda u boshqarish funksiyasi yordamida boshqariladigan 
tizimning o‘ziga xos mexanizmlari vositasida amalga oshiriladi. Bunda etirof 
etiladiki, «Tizimni yoki uning funksiyasini o‘zgartirish manbasi odatda tizimning 
o‘zida yotadi» [32, 17 b]. 
Ammo boshqarishni faqatgina uni yangi sifat holatga o‘tkazish deb qarash 
kerak emas, bunday qoida to‘lakonli bo‘lmaydi [32, 25 b]. Murakkab boshqariladigan 



tizimning muhim xususiyati shundan iboratki, boshqarish uni optimal holatda 
saqlanishini ta’minlaydi vashu sababli bir vaqtda tizimning o‘zini ham tashkil etishga 
yo‘naltirilgan, ya’ni boshqarishning mohiyati tizimni tartibga solish uchun unga ta’sir 
etibgina qolmasdan, balki uni tashkil etishdan ham iboratdir. Darhaqiqat, boshqarish 
tizimni o‘zini tashkil etish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. 
«Boshqarish» tushunchasi «jarayon» va «tizimlar» tushunchalari bilan ham 
uzviy bog‘liqdir. Jarayon (lotinchadan processus) harakatni bildiradi va “nimanidir 
rivojlanishida holatni, voqeilikni ketma-ket o‘zgarishi, qandaydir natijaga erishish 
uchun ketma-ket xarakatlar majmuasi”sifatida ta’riflanadi [29, 1075 b]. 
Shuni ko‘zda tutish zarurki, boshqarish jarayonlarni kechishi, mashinalarni 
ishlashi va okibatda obyektlar tarkibida yuz beradigan o‘zgarishlar, tizimning ishlashi 
bilan amalga oshiriladi, ammo hech qachon obyektlarning o‘zi bilan emas. Shu 
sababli amaliyotda hamda maxsus va o‘quv adabiyotlarida uchraydigan «tabiiy 
resurslarni boshqarish», «Yer resurslarini boshqarish», «Yerni boshqarish», «Suvni 
boshqarish» va hokazolar tipidagi so‘zlar unchalik ilmiy jixatdan maqsadga muvofiq 
emas. 
Boshkarish tizimida «integratsion boshqarish» tushunchasi alohida axamiyat 
kasb etadi. Integratsion boshkarish deganda boshkarishning turli kirralarini, jumladan 
iktisodiy, ijtimoiy, huquqiy, texnik, texnologik, tashkiliy, hududiy va boshka 
kirralarini uzaro bir-birlari bilan kushilgan xolda obyektlardan foydalanishni 
boshkarish tushuniladi. Bunday boshkarish ayniksa yer resurslaridan foydalanishni 
boshkarish tizimida yirik amaliy axamiyat kasb etadi. 
Boshqarish tizimini tashkil etish va unga ta’sir etish jarayoni sifatida tizimlar 
tushunchasini ko‘rib chiqish ko‘zda tutiladi. «Tizim (grekchadan systema) – 
qismlardan tuzilgan bir butun, yaxlit; bir-biri bilan ma’lum munosabatda va 
bog‘liqlikda bo‘lgan, ma’lum bir yaxlitlikni, birlikni tashkil etuvchi birikma, ko‘p 
elementlar to‘plamidir ». [32, 1215 b.] 
«Tizim – bir –birlari bilan munosabatda va ma’lum aloqada bo‘lgan hamda 
ma’lum yaxlitlikni, birlikni tashkil etuvchi elementlarning tartibga solingan 
majmuasidir» [24, 557 b.]. Ya’ni, tizim deganda ma’lum munosabatda bo‘lgan va 
bir–birlari bilan bog‘lik, o‘zlarinig birligida o‘ziga xos yaxlitlik, birlikni yaratuvchi 
ko‘p sonli elementlar tushuniladi. Qayd qilish muhimki, tizimning umumlashgan 
xususiyati uni tashkil etuvchi alohida elementlar xususiyatlarining umumiy yig‘indisi 
bilan bir xil emas, bu–faqatgina ushbu tizim uchun xos bo‘lgan sifat jihatdan yangi 
xususiyatdir. Har qanday tizimning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyati shundan iboratki, 
har bir element teskari aloqalar mavjud bo‘lgandagina uning xususiyatiga ta’sir 
qiladi, yaxlitlik bo‘lganida tizim sifatidagi ko‘pgina xususiyatlar, shu bilan birga, uni 
tashkil etuvchi elementlarning xususiyatlari yo‘qotiladi. Ushbu o‘zaro bog‘liq 


10 
elementlar majmuasining mavjud bo‘lishi tizimning umumiy maqsadga Erishishga 
yo‘naltirilgan. 
Tizimlar odatda moddiy va abstrakt turlarga ajratiladi. Moddiy tizimlar,qoidaga 
binoan, tabiiy mohiyatga, abstrakt esa logik mohiyatga egadir. Tabiiy tizimlardan 
farqli o‘laroq sun’iy tizimlar inson tomonidan yaratiladi, ochiq tizimlar tashqi dunyo 
bilan bog‘liq, yopiqlari esa bog‘liq emas, axborotli resurslar bilan uncha yirik 
bo‘lmagan almashishga ega. Maqsadli belgilari bo‘yicha tizimlar bir maqsadli, ko‘p 
maqsadli hamda funksional turlarga bo‘linadilar. 
Murakkab iqtisodiy obyektlarni tadqiq qilishda tizimlarni yaratishdan maqsad – 
ular taxlilini soddalashtirish, «murakkabdan oddiyni» topishdan iboratdir [23, 71 b]. 
Murakkab obyektning yaratilgan tizimi uning tarkibini «etarlicha oddiy» qilib 
ko‘rsatishga, uni tashkil etuvchi elementlarning sabab–oqibatli aloqalari tahlilini 
soddalashtirishga, ushbu obyektdan foydalanishni boshqarishning amaliy masalalarini 
hal qilishga imkon beradi. Umumiy holatda mavjud bo‘lgan tizim quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin (1-rasm). 
 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish