Test-16
1.V asrda tashkil topgan davlatlarni aniqlang!
1) Xioniylar 2) Kidariylar 3) Qarluqlar 4) Franklar
5) Afrig’iylar 6) Eftallar
A) 1,3,6 B) 2,4,6 C) 1,5,6 D) 2,4,5
2. Vestgot qirolligi nechanchi asrda tashkil topgan!
A) V asr oxirida B) VI asr boshlarida
C) V asr boshlarida D) VI asr oxirlarida
3. XI asrda qaysi davlatda kitob bosish dastgohi ixtiro qilingan!
A) Hindiston B) Germaniya C) Fransiya D) Xitoy
4. Yevropada milodiy asr boshlarida aholi sonining ko’payishi ….
A) Chorvachilikning rivojlanishiga olib keldi
B) Hunarmandchilikning rivojlandi
C) Dehqonchilikning ahamiyatini oshirdi
D) Savdo-sotiqni rivojlantirdi
5. Buyuk Ipak yuli vujudga kelgan asrda bo’lgan voqeani aniqlang!
A) Urartu davlati gullab yashnadi
B) Avesto 21 ta kitobga jamlandi
C) Arrian yashagan davr
D) Poliyen yashagan asr
6. Qaysi davlatning markazi Zarafshon bo’yida joylashgan?
A) Xioniylar B) Kidariylar C) Eftallar D) Toxariston
7. Mesopatamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshlagan vaqtni aniqlang!
A) mil.avv. III ming yillikda
B) mil.avv.IV ming yillikda
C) mil.avv.III ming yillik o’rtalarida
D) mil.avv.II ming yillk oxirida
8. Kim Jaloliddin Manguberdiga maktub yo’llab “..Sen butun musulmonlar sultonisan” deb etirof etgan edi?
A) Ko’niya sultoni Alouddin Qayqubod
B) Ozarboyjon hukumdori O’zbek
C) Hindiston hukmdori Shamsiddin Eltutmish
D) Bo’g’dod xalifasi Nosir
9. O’rta asrlarda qaysi davlatda taxtga nomzodni aniqlab taqdim etadigan kengash mavjud edi?
A) Kidariylar davlati B) Xioniylar davlati
C) Eftallar davlati D) Turk xoqonligi
10. Sulton Boyazid kimlarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo’llab-quvatlagan?
A) kidariylar va jaloyiriylarning
B) qoraxitoylar va mug’ullar
C) elxoniylar va qoraquyunlilar
D) muzaffariylar va jaloyiriylarning
11. Yunon va makedonlar bosqiniga qarshi kurashgan Xoriyen va Oksiartning qal’alari qayerda joylashgan?
A) Pomirning to’g’li tumanlarida
B) Cho’llar va Amudaryo viloyatlarida
C) Orol dengizi bo’ylarida
D) Hisor to’g’larida
12. …. Yaxmos yangi fir’avnlar sulola asoschisiga aylandi.
A) Yuqori va Quyi Misrni birlashtirgan
B) Itoatsiz hukumdorlarni o’ziga buysundirib
C) Giksoslarni yengish uchun nomlarni birlashtirib
D) So’ngi Misr podsholigiga asos soldi
13. Amir Temur Iroqni kimga suyrg’ol qilib bergan edi?
A) Shoxrux B) Mironshoh
C) Pirmuhammad D) Umarshayx
14. Quydagi voqealarning orasidagi farq bir yilni tashkil etadi?
A) Rim imperiyasi poytaxti Vizantiy shahriga ko’chirildi, Yunonlar maroqand shahrini egallashdi
B) Yunon-Fors urushlari nihoyasiga yetdi, Afina strategi Perikl vafot etdi
C) Misr forslar tomonidan bosib olindi, Doro I mamlakatni satrapliklarga taqsimladi
D) Olimpiya o’yinlari o’tkazilishi to’xtab qoldi, Rim imperiyasi ikki qismga bo’linib ketdi.
15. Arablar tomonidan 705-yili qaysi hudud bosib olindi?
A) Balx B) Buxoro C) Chog’oniyon D) Poykand
16.Qadimgi qaysi davlatda ibodatxona hokimiyat markazi hisoblangan?
A) Misr B) Makedoniya
C) Suriya D) Mesopatamiya
17. Mil.avv. 6—4-mingyilliklarda O’rta Osiyoda….
1) sug’orma dehqonchilik vujudga keldi 2) paxsa imoratlar qurilishi vujudga keldi 3) kulolchilik charxi ixtiro qilindi 4) qabilalar o’troq turmush tarziga o’tib,doimiy turar joylar qura boshladi
5) tuquvchilik kashf qilindi 6) chopperlar ixtiro qilindi
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 6
18. Quydagilarni asarlari bilan moslashtiring!
1) ‘’To’rt ulus tarixi’’ 2) ‘’ Rim tarixi”
3) “Buxoro tarixi” 4)”Germaniya”
5) “Makedoniyalik Aleksandir tarixi”
6) “Aleksandir anabasisi” 7) “ Galliya urushi haqida xotira”
a) Tatsit b) Yuliy Sezar c) Mirzo Ulug’bek
d) Narshaxiy e) Tit Liviy f) Arrian g) Kvint Kursiy Ruf
A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-e, 5-f, 6-b, 7-g
B) 1-b, 2-e, 3-d, 4-a, 5-f, 6-b, 7-g
C) 1-c, 2-e, 3-d, 4-a, 5-g, 6-f, 7-b
D) 1-c, 2-e, 3-d, 4-a, 5-f, 6-g, 7-b
19. Qaysi davlatda xizmat muddati 25 yilni tashkil etgan?
A) Rimda B) Spartada C) Afinada D) So’g’dda
20. Aleksand Makedonskiy bosqinida o’z mustaqilligini saqlab qolmagan davlatni belgilang?
A) Farg’ona B) Samarqand C) Xorazm D) Toshkent
21. Quydagi qaysi hukmdorga qarshi Frada boshchiligida qo’zg’olon bo’lib o’tgan?
A) Kambiz II B) Kir II
C) Doro I D) Doro III
22. “Loy jangi”da g’alaba qozongan Ilyosxo’ja qaysi shaharlarni qarshiliksiz egallab Samarqandga yurish qildi?
A) O’ratepa va Jizzax B) Shohruxiya va O’ratepa
C) Xo’jand va O’ratepa D) Jizzax va Xo’jand
23. Qutayba ibn Muslimning 710-yilda Samarqandga uyushtirmoqchi bo’lgan yurishini kechiktirgan omilni aniqlang!
A) arab qo’shinlari o’rtasidagi norozilik kayfiyati
B) Poykandda arablarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon
C) Xorazm shohi Chog’onning yordam so’rab murojati
D) Balxda arablarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon
24. Urug’ jamoalari qaysi davrga kelib nihoyasiga yetdi?
A) Mezolit B) Bronza C) Neolit D) Eneolit
25. Yevropada qachon kitob bosish dastgohi ixtiro qilingan?
A) XI asrda B) XIII asrda C) XIV asrda D) XV asrda
26. V asr boshlarida Vestgotlar qayerda o’z davlatiga asos solgan?
A) Elba daryosi bo’yida va Galliyaning bir qismida
B) Piriniya yarimoroli va Galliyaning bir qismida
C) Reyn daryosining chap sohilida
D) Reyn daryosi va Piriniyaning bir qismida
27. Toshkentlik shoirni aniqlang!
A) Lutfiy B) Abdurahmon Jomiy
C) Atoiy D) Navoiy
28. Buxoroda Farjak madrasasi qurilgan vaqtda …..
A) Qarluq davlati vujudga keldi
B) Iqto tartibi keng tarqaldi
C) Islom dini tarqala boshladi
D) Xonbandi suv ombori qurildi
29. Amir Temur ulkan maqsadni amalga oshirishda ishini avvalo…
A) qo’shin to’zishdan boshlagan
B) Balxga yurish qilishdan boshlagan
C) Ichki g’animlarga qarshi ko’rashdan boshlagan
D) Poytaxt barpo etishdan boshlagan
30. Mil.avv. VII asrda o’z qudrat cho’qqisiga erishgan davlatni aniqlang!
A) Hindiston B) Xitoy C) Midiya D) Davon