123
negaki yerdan foydalanishning boshqa (qolgan) qirralarining talablari birlamchi,
boshlang‘ich shartlar sifatida qabul qilinmagan.
Ammo yerdan foydalanish bir necha omillarning talablariga rioya qilingan
sharoitda amalga oshiriladi. Bunday majmuali sharoitni
tadbiq qilish yerdan
foydalanish samaradorligining barcha (bir necha) bir vaqtdagi turlarining eng yuqori
darajalariga ta’sir etishlari bilan emas, balki yalpi samaradorlik bilan bog‘liqdir.
Bunday samaradorlik yalpi maqbul samaradorlik hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda, maqbullashtirilgan samaradorlik yerlardan oqilona foydalanishga (barcha
qirralari shartlarini bir vaqtda bajarilishi nuqtai nazardan) mos keladi. Demak,
yerlardan foydalanishning “oqilonaligi” samaradorlikni qabul qilingan mezonlari
nuqtai nazaridan eng ma’qul yakuniy natijasini ko‘zda tutadi, ya’ni bir vaqtning
o‘zida u, qoidaga binoan, iqtisodiy, rekreatsion, sog‘lomlashtirish hamda ekologik
yoki qandaydir bir boshqa birikmalarda, ammo Yerdan foydalanishning qabul
qilingan shartlarida kutilishi mumkin bo‘ladigan eng yuqori,
albatta yangi
samaradorlikdir. Bunday yerlardan oqilona va samarali foydalanish bir vaqtning
o‘zida tizimli yerdan foydalanishning ham shartli natijasidir, ya’ni uning ikkitalikdagi
yagona vazifasidir.
Yerlardan oqilona va samarali foydalanish tushunchasiga maxsus adabiyotlarda
keltirilgan qoidalarning asosiy kamchiliklari shundan iboratki, ular qoidaga binoan
juda tor ma’noda qaralgan, asosan Yerlardan texnologik foydalanish nuqtai
nazaridan, ya’ni yer resurslarini qayta tiklash siklining ikkinchi bosqichida qaralgan.
Ammo ushbu tushunchani anchagina keng ma’noda, aynan
yer resurslarini qayta
tiklash sikli bo‘yicha qarash zarur, ya’ni faqat bittasi bo‘yicha emas,balki barcha
uchta bosqichini baravariga qarash zarur. Yerlardan foydalanishning “oqilonaligi” va
“samaradorligi”nainki undan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish bosqichida, shu bilan
birga, eng avvalo, uni taqsimlash va qayta tiklash bosqichlarida ham mavjud bo‘ladi
(shakllanadi, “vujudga keladi”). Taqsimlash bosqichida qanday shartlarda,
cheklanishlarda, o‘lchamlarda mamlakat yer resurslarining har bir tarmog‘ida, har bir
korxonada foydalanish ko‘zda tutishi bo‘yicha qarorlar qobul qilinadi.
Aynan shu
shartlar mamlakat, tarmoqlar, korxonalarning shakllantirilgan manfaatlari nuqtai
nazaridan ko‘zda tutilayotgan yerdan foydalanishning “oqilonaligini” zaruriy
darajasini aniqlaydi. Negaki “oqilona” tushunchasi yerdan ko‘p maqsadli foydalanish
uchun xarakterli ekan, demak, bunday holda yerdan foydalanishning qandaydir bitta
qirrasi eng yuqori emas, balki berilgan shartlar yoki
cheklanishlardan eng maqbul
bo‘lgan yerdan foydalanishning yangi samaradorligi vujudga keladi.
Yerlarni qayta tiklash bosqich ham ulardan oqilona va samarali foydalanishga
ma’lum tasir ko‘rsatadi. Qayta tiklash bosqich yerlarni yangidan taqsimlash (qayta
taqsimlash) hamda yer resurslaridan keyingi foydalanishlar uchun manbaa yaratadi.
Qanday qayta tiklash – kengaytirilgan yoki oddiy qayta tiklash qabul qilinganiga
124
qarab, shunga mos ravishda keyingi qayta tiklash siklida yerlardan foydalanish
samaradorligi vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: