axborotli qirrasi
o‘z ichiga yerdan foydalanishni tashkil etish va oqilona yuritishga mo‘ljallangan
yagona davlat yer fondining holati va foydalanish to‘g‘risidagi maxsus ahborotlarni
ishlab chiqarish hamda bir tizimga keltirish masalalarini oladi.
Yer resurslarining holati hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida sifatli
axborotlarni
ishlab
chiqish
yerdan
foydalanishni
boshqarishning
asosiy
funksiyalaridan biri sifatida yer kadastrining vazifasidir. Jamiyatdagi yer resurslarini
bashoratlash va tarmoqlararo taqsimlash, ularni oqilona va samarali foydalanishni
boshqarish uchun zaruriy sifatli axborotlar yer tuzish loyihalarini tuzilganligini
to‘g‘riligiga, yuzaga keladigan yer munozaralarini hal qilinishiga, yer uchun
to‘lovlarni hisoblash aniqligiga, hududlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini
rivojlantirish hamda davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish
hajmlarini o‘rnatishni qonuniyligiga, tuproqlar unumdorligini qayta tiklash bo‘yicha
tadbirlarni sifatli o‘tkazishiga hamda yer resuslaridan foydalanish bilan bog‘liq
ko‘pgina boshqa amaliy masalalarni hal qilishga kafolat beradi.
Ammo ro‘yxatga olish, yerning holati va foydalanishi to‘g‘risidagi hisob-kitob
va baholash ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan yer kadastr axborotlari yer axborotlarini
tashkil etish va oqilona yerdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlarni
to‘la qamrab oladi. Kadastr axborotlari yerdan foydalanish samaradorligini baholash
to‘g‘risidagi axborotlarni, loyihaviy yer tuzish ahborotlarini o‘z ichiga olmaydi.
Bundan tashqari, zamonaviy yerdan foydalanishni tashkil etish uchun yer
resurslaridan foydalanishning chet el ilg‘or tajribalari to‘g‘risida ham axborot zarur.
Shunday qilib, yagona yer axborot bazasini, yer axborotlar bankini yaratish zaruriyati
vujudga keladi. Yer kadastr axborotlarini zamon talabi darajasida ushlab turish,
118
mavjud axborotlarni yangilash eng muhim muammoga aylanadi, negaki bu ulardan
foydalanishda amaliy natijalarni ma’lum darajada buzilishiga olib keladi.
Shu bilan birga, noqishloq xo‘jalik ahamiyatidagi Yerlardan oqilona va samarali
foydalanishini tashkil etishda yer kadastr axborotlari bilan bir qatorda bino va
inshoatlar kadastri hamda shaharsozlik kadastrining axborotlari ham zarur.
Axborotning ushbu turi shahar va posyolkalar yerlarini baholash, sanoat va
tadbirkorlik yerlarini baholash, yer uchastkalarini xususiylashtirish, ko‘chmas mulk
obyektlarini shakllantirish, yer va ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish, ipoteka
instituti uchun zarurdir. Qayd qilish zarurki, bugungi kunda mamlakatda yer egalari
va yerdan foydalanuvchilar bo‘lgan 4,5 mln.ga yaqin yuridik va jismoniy shaxslar
mavjud. Yerning miqdori va sifat holati to‘g‘risidagi yirik xajmlardagi axborotlarni
to‘plash va qayta ishlash ancha yirik mehnat sarfini talab qiladi. “Yergeodezkadastr”
davlat qo‘mitasining barcha bo‘linmalari bo‘yicha axborotlarni tezkor ravishda
to‘plash, ularni qayta ishlash, tizimlash, saqlanishini tashkil etish, manfaatdor
foydalanuvchilarga berish va o‘z vaqtida yangilab turish maqsadida yer axborotlarini
respublika avtomatlashtirilgan tizimini yaratish talab qilinadi.
Yerlardan oqilona foydalanishning
texnologik qirrasi
yer resurslaridan samarali
foydalanish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’mirlaydigan ilmiy-texnik
jadallashtirishni rivojlantirish sharoitida undan foydalanish texnologiyalarihamda
yerga ta’sir ko‘rsatish usullari va usullarni qo‘llashni ko‘zda tutadi. yerga texnogen
ta’sir ko‘rsatishining usullari va uslublari jamiyat ilmiy-texnik jadallashtirishning
funksiyasi hisoblanadi hamda uni rivojlantirishning turli bosqichlarida ular
takomillashadilar va o‘zgaradilar. Yerdan oqilona foydalanishning ushbu qirrasi
asosan qishloq xo‘jaligi uchun nihoyatda muhimdir.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish dehqonchilik tizimi (yerlarni
ishlash usullari), almashlab ekish tizimi bilan (tuproqlar unumdorligini qayta tiklash
va ekinlar kasalligi bilan kurash), qishloq xo‘jaligini industriyallashtirish bilan
(ekinlarni o‘stirish bo‘yicha texnologik operatsiyalarni mexanizatsiyalash), yerlarni
sug‘orish usullari, yerlarni melioratsiyalash bilan bog‘liqdir. Tuproqni unumdorligini
oshirish bo‘yicha asosiy tadbirlarga tuproqlarni bonitirovkasi bo‘yicha tasniflash,
regional tabiiy-iqlimiy sharoitlarni hisobga olish, o‘g‘itlar tizimi, yerlarni kimyoviy
va boshqa turlaridagi melioratsiyasi kiradi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish
o‘simliklar biologiyasi, tuproqlar va tuproq paydo qiluvchi omillar hamda jarayonlar,
ular unumdorligi, dehqonchilik qonunlari, tuproqlarni ishlash usullari, tuproqlar
unumdorligini qayta tiklash uslublari sohalarida zaruriy bilimlarni talab qiladi.
Qishloq xo‘jalik yerlaridan oqilona foydalanishni texnologik ta’minlash
obyektning ma’lum bir birlik ishlab chiqarish quvvatiga yoki u tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotiga eng kam maydonini ta’minlovchi ishlab chiqarish va boshqa
obyektlarni loyihalashni yangi usullarini qo‘llash vositasida amalga oshiriladi. Bunda
119
yer resurslariga va atrof muhitga salbiy ta’sirlarni mumkin qadar kamaytirish zarur.
Turli maqsadli obyektlarni qurishda yerni unumdor qatlamini saqlash, buzilgan
yerlarini navbatdagi rekultivatsiyasi majburiy shart hisoblanadi.
Yerlardan oqilona foydalanishning
Do'stlaringiz bilan baham: |