101
teng emas. Bu ham ular samaradorligining darajasi hamda yerlarni qayta tiklash
bo‘yicha samaraning ta’sir etish muddatini belgilash masalalari bo’yicha
tadqiqotlarni talab qiladi. Bu holatni qayta tiklash siklida yerdan foydalanish
samaradorligini baholashda ham hisobga olish zarur.
Uchinchidan
, qishloq xo‘jaligini yuritishda oqilona va samarali yerdan
foydalanish qoidalariga ko‘pincha rioya qilinmaydi.
Keyingi yillarda qishloq
xo‘jaligida dehqonchilikning ilmiy tizimi deyarli mavjud emas,qishloq xo‘jalik
ekinlarining rotatsiyasi (almashlab ekishlar)yo‘q, paxta va kuzgi don ekinlari asosiy
maydonlarni tashkil etadi. Irrigatsiya va meliorativ tarmoqlar yirik hajmlardagi
rekonstruksiyani talab qiladi, ularning FIK (foydali ish koeffitsienti) yuqori emas,
sug‘orish suvining yo‘qotilishi yirik, yer osti suvlari ancha ko‘tarilgan. Yer
resurslarini qayta tiklash zaruriyatini tan olmagan asosiy sanab o‘tilgan
sabablarini
tuproqlar unumdorligini keskin pasayishiga, 60%ga yaqin yerlarni sho‘rlanishiga,
yirik maydonlardagi yer ustuni tekislash ishlarini o‘tkazilishini zarurligiga, asosiy
qishloq xo‘jalik ekini hisoblangan paxta hosildorligini yirik miqdorlarda
pasayishiga,sifat holati yomonlashib ketgan yirik sug‘oriladigan yer maydonlarini
qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketishiga olib keladi.
Resurslarni taqsimlanish bosqichida yer qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishning
butun omillari majmuasida ancha faol rol o‘ynaydi, negaki boshqa omillarni
taqsimlanishi (zaruriy xajmlarni rejalashtirish) mahsulotni yangidan qayta ishlab
chiqarish sikliga tortiladigan qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish intensivligi,
miqdori va sifatiga qarab amalga oshiriladi (rasmda punktir chiziqlar bilan
ko‘rsatilgan).
Sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqasida sug‘orish suvi qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishning muhim omili hisoblanadi. Suv resurslari suvdan farqli o‘laroq iqtisodiy
mahsulotni qayta ishlab chiqarish siklida uncha murakkab bo‘lmagan rolni
o‘ynaydilar, negaki sug‘orish suvi qayta tiklanadigan tabiiy resursdir.
Shunga
qaramasdan sug‘orish suvi ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biri sifatida
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy mexanizimida, shu jumladan
sug‘oriladigan yerlardan foydalanishda ham yirik rol o‘ynaydi. Shu sababli sug‘orish
suvidan foydalanishning iqtisodiy qirrasini hamda uni sug‘oriladigan yerlardan
foydalanishning iqtisodiy mexanizimidagi rolini ancha chuqur o‘rganish zarurdir.
Sanab o‘tilgan masalalar tabiiy resurs sifatidagi sug‘orish suvining bahosi
to‘g‘risidagi masala ancha muhim deb hisoblaymiz.
Tiklanadigan tabiiy resurs sifatidagi sug‘orish
suvining bahosi irratsional
tushunchadir, ammo bozor munosabatlariga tortilgan suv qiymat baholashni talab
qiladi. Sug‘oriladigan dexqonchilik mintaqasidagi suvni baholash shu bilan
murakkablashadiki, bu yerdan uning amaliy qiymati yoki qiymatligi yer asosiy
ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanish bilan uzviy bog‘liqdir. Bu hol
102
“sug‘oriladigan yerlar” yoki “sug‘oriladigan ekin yerlari” tushunchalarini oldindan
ko‘rib chiqishni talab qiladi. Arid mintaqasi dehqonchiligida
tarkibiy va sifat
jihatidan bir-birlaridan keskin farq qiluvchi namli va sug‘oriladigan (ba’za shartli
sug‘oriladigan ham) ekin yerlari ajratiladi. Sug‘oriladigan ekin yerlari-bu namli
ekinzor, sug‘oriladigan ekin yerlari esa-bu sog‘orilmaydigan(namli) ekin yerlari va
sug‘orish suvining birikishidir, tuproqni sifat jihatidan yangi holatidir. Suv
sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirish uchun zarur bo‘ladigan yangi
tavsiflarni tuproq tomonidan o‘zlashtirishga imkon beradi.
Yuqoridagilarni hisobga
olgan holda quydagicha ta’rifni keltirish mumkin: sug‘oriladigan ekin yeri-
dehqonchilikni arid mintaqasida qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘stirish uchunsug‘orish
suvi hisobiga iste’mol suvi hamdasuv ozuqa muxitini (organik va mineral moddalar
bilan birikkan holda) ta’minlovchi tuproqning holatidir. Boshqacha qilib aytganda,
sug‘oriladigan ekin Yerlarining asosiy komponenti suv hisoblanadi. Bu prinsipial
qoida quyidagilarni hulosa qilishga imkon beradi:
a
) sug‘orish suvisiz sug‘oriladigan ekin Yerlari mavjud bo‘lmaydi,
“sug‘oriladigan ekin yerlari” tushunchasi namli ekinzorni (tuproqni) sug‘orish suvi
bilan organik birikishidir;
Do'stlaringiz bilan baham: