TOShKENT IRRIGATSIYA VA QIShLOQ XO‘JALIGINI
MEXANIZATSIYALASh MUHANDISLARI INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Yer tuzish tushunchasi, mazmuni va vazifalari.
Bajardi:
Tekshirdi:
TOSHKENT 2021 yil
REJA:
Krish
Yer tuzish ta’rifi.
Yer tuzishning iqtisodiy mohiyati, huquqiy asoslari va texnikasi
Yer tuzishning mazmuni
Xulosa
KIRISh
Yer tuzish asoslari fanida yer tuzish nazariyasi va amaliyotining asosiy qoidalari berilgan, ularni o'zlashtirib, talabalar aniq nazariy, uslubiy va amaliy masalalarga, maxsus fanlariga o'tishlari mumkin. Bu o'quv qo'llanmaning bosh mavzusi - yerning yer tuzish ob'ekti sifatidagi tushunchasi, undan ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish sharoiti, yer tuzishning ahamiyati va vazifalari, uning mazmunidir.
Yer - xalqning hayoti va faoliyatining asosi, jamiyat boyligining manbai, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining asosidir. Vatanimiz tabiiy resurslarga boy; u qazilma boyliklar, chuchuk suv va boshqa resurslarning katta zaxiralariga ega, biroq, ularning eng ahamiyatlisi yer resurslari, ayniqsa, qishloq xo'jalik yerlari hisoblanadi. Bu boylikdan foydalanishda belgilangan qoidalar va tartib kerak. Butun mamlakatimizda, ayrim mintaqalarda va xo'jaliklarda yerdan oqilona va samarali foydalanish, uni muhofaza qilish yer tuzishning vazifasi hisoblanadi.
O'zbekistondagi katta e'tibor va kuch talab etadigan xo'jalik muammolarining eng
ustivorlaridan biri oziq-ovqat muammosi bo'lib qolmoqda. Agrosanoat ishlab chiqarishi hozirgi davrda mulkchilik turlarining, yerga egalik qilish va foydalanishning, yerda xo'jalik yuritish turlarining - qishloq xo'jaligida fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari, klasterlar, ularning shirkatlari va birlashmalari, shaxsiy tomorqa xo'jaliklarining ko'p xilligi asosida rivojlanmoqda. Davlat qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining barcha shakllari rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydi; ular uchun bir xil huquqiy va iqtisodiy sharoitlar, xo'jalik yuritishning samaradorligini oshirish uchun tashkiliy asos yaratiladi. Zamonaviy agrar siyosat qishloqlarda ishlab chiqarish munosabatlarini o'zgartirishga, fuqarolarning yerga va boshqa ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan mulkiy huquqlarini tiklashga, dehqonni o'z mehnatining yakuniy natijalaridan hayotiy manfaatdor, yerning haqiqiy egasiga aylantirishga qaratilgan. Bu vazifalarni bajarish uchun mamlakatimizda yer islohoti o'tkazilmoqda, uni o'tkazish davrida yerlar qayta taqsimlanadi, yer tuzumi mohiyati o'zgaradi. Bu islohotning asosiy maqsadi - yerdan qishloq xo'jaligida asosiy, almashtirib bo'lmaydigan vosita sifatida foydalanishni yaxshilash va uning unumdorligini oshirishdir. Bularsiz qishloqlarning samarali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |