Mustaqil ish mavzu: Yer tuzish tushunchasi, mazmuni va vazifalari. Bajardi



Download 428,66 Kb.
bet2/7
Sana30.06.2022
Hajmi428,66 Kb.
#718680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqqil ish

Yer tuzish ta’rifi
Y er tuzish - murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa; unga kiradigan tadbirlar tarkibi tarixiy rivojlanish jarayonida o‘zgarib boradi. Prof. P.N.Pershin o‘tgan asrning 20-chi yillaridayoq, yer tuzish - o‘tkaziladigan vaqti va joyi sharoitlariga bog‘liq holda judayam o‘zgaruvchan qadimiy hodisa degan edi. Prof. A.V.Chayanov taxminan o‘sha vaqtda yozgan edi, - yer tuzish tushunchasiga rus adabiyoti va nutqida judayam har xil mazmun yuklatilgan. Shu sababli, yer tuzishning zamonaviy ta’rifini berish uchun unga tarixiy nuqtai nazardan yana bir marta qarash, bu tushunchaga qanday ma’no berilganligini aniqlash kerak, u yana har xil atamalar («chegaralash», «yer o‘lchash», «yer bo‘yicha tuzish», «yer tuzish») bilan ham ataldi. «Yer tuzish» atamasining o‘zi prof. F.G.Nekrasov fikri bo‘yicha 1906-y. paydo bo‘ldi va oldin ishlatilib kelingan «chegaralash» atamasini o‘zining tarkibiy qismi sifatida almashtirdi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, revolyusiyadan oldingi yer tuzish asosan chegaralashdan – yer egaliklarining chegaralarini joylarda belgilash va huquqiy rasmiylashtirishdan iborat bo‘ldi.
Masalan: 1766-y. yo‘riqnoma bo‘yicha Bosh chegaralashning asosiy vazifasi quyidagidek «yer egaliklarining to‘g‘ri va e’tirozsiz chegaralarini belgilash yordamida egalarining tinchligini tasdiqlash» edi. Unga 1914-y. S.P.Kavelin quyidagi ta’rifni berdi: «Davlat chegaralashi yer mulkchiligi chegaralarini moddiy va hujjatli mustahkamlashga va ular ichidagi yerlar sonini (maydonini) aniqlashga qaratilgan texnik va huquqiy harakatlar yig‘indisini o‘zida mujassamlashtiradi» (M.M.Shulgin. Zemleustroystvo i pereselenie v Rossii v XVIII i pervoy polovine XIXv. M.: Izd. Moskovskogo Mejevogo instituta, 1928-y 128-b.; S.P.Kavelin. Mejevanie i
zemle ustroystvo M.: Izd. Yuridicheskogo knijnogo magazina «Pravovedenie», 1914-y. 129-150-b.).
Boshqacha aytganda, chegaralash bu, asosan, hududlar va yer egaliklari chegaralarini egalari huquqlarining hududiy chegaralari sifatida belgilashdan iborat yer tuzishning elementar shaklidir.Bunda yer uchastkalari va ularning chegaralari, asosan, statik (o‘zgarmas) nuqtai nazardan, ularni o‘zgartirish va yaxshilash maqsadisiz qaraldi.
Yer tuzish yuqori rivojlanish shakliga XX asrning boshida Stolipin agrar islohotlarini o‘tkazishda erishdi. Endi nafaqat yerlarni chegaralash, balki yer uchastkalarini (yer egaliklarini) maqsadga muvofiq joylashtirish va ularga xo‘jalik yuritish uchun qulay shakl berish masalalari ham qo‘yildi. Shunday qilib, nafaqat texnik va huquqiy, balki iqtisodiy muommolarni ham yechish zarur bo‘ldi. Nihoyat Stolipin islohoti ma’lum siyosiy (nafaqat iqtisodiy) maqsadlarga erishishga qaratilgan edi. Shu bilan revolyusiyagacha yer tuzishning mazmuni asosan tugadi.
O‘tgan asrning 20-chi yillarda yer tuzish texnik tomondan oldingi vazifalarini asosan saqlab qoldi, biroq u ko‘proq darajada ijtimoiy va iqtisodiy ishga aylandi. RSFSRning 1922-y. Yer kodeksida «Yer tuzish xo‘jalik-texnik maqsadga muvofiqligi talablariga va yerga bo‘lgan huquqlariga mos ravishda yangi yerdan foydalanishlarni tashkil etish va mavjudlarini tartibga solish vazifalariga ega» deb ko‘rsatilgan. O‘sha vaqtlarda u yerning xususiyatlarini o‘zgartirishi, hosildorlikni oshirishi, dehqonchilikda mehnat unumdorligini o‘stirishi va ularga ta’sir etishi mumkin emas deb hisoblanar edi. Bular agronomiya va texnika ishlari edi. Yer tuzish yerdan foydalanishlarni ularni oqilona joylashtirish, ularga optimal o‘lchamlar berish, ularning kamchiliklarini tugatish yo‘li bilan to‘g‘ri tashkil etish natijasida iqtisodiy samara yaratishi kerak
(A.A.Rjanisin. Teoriya i praktika zemle ustroystva. M.: Novaya derevnya, 1928-y. 57-116-b.). O‘sha yillarda prof. P.N.Pershin yer tuzishni «hududni, yerning ustki yuzasini undan ishlab chiqarishda foydalanish uchun o‘lchamlariga, yer turlari tarkibiga va joylashish shakllariga nisbatan moslashtiruvchi harakat» sifatida aniqlab, «bunday moslashtirish yana bitta, xarakterli belgiga ega, bunda yerning tabiiy xususiyatlari (tuproq, relef, o‘simlik dunyosi, suv rejimi va boshq.) o‘zgarmaydi» deb hisobladi (P.N.Pershin. Sotsialno-ekonomicheskaya teoriya zemleustroystva // Na agrarnom fronte, 1925-y. № 5-6. 42-43-b.). U vaqtdagi yer tuzish faqat xo‘jaliklararo (qishloqlar
orasida va qishloqlar ichida) edi.
Biroq keyinchalik, uning harakat doirasiga yangi prinsipial masalalar qo‘shiladi. Masalan, 1928-y. dekabrida qabul qilingan «Yerdan foydalanish va yer tuzishning umumiy boshlanishi to‘g‘risida»gi hujjatda «yer tuzish ko‘p polosalikka uzoq yerlarga va boshqa yerdan foydalanishdagi kamchiliklarga qarshi kurashishga, yaxshilangan almashlab ekishlarga o‘tishga, yerlarni tubdan yaxshilashga, yerlarni xo‘jalik uchun o‘zlashtirishga yordam berishi kerak» deb aytilgan edi. Bu vazifalarini bajarish uchun bitta xo‘jaliklararo yer tuzish va uning usullari endi yetarlik emas edi. Chegaralari belgilangan va turg‘un bo‘lgan yerdan foydalanishlar ichida yerdan foydalanishni
yaxshilash va tashkil etish bo‘yicha harakatlar zarur edi. Shunday qilib, qishloq xo‘jalik
korxonalarida (kolxozlar va sovxozlar) xo‘jaliklarda ichki yer tuzish paydo bo‘ldi. Uning mazmuni, asosan, 30-chi yillardayoq aniqlandi. Urushdan keyingi yillarda esa yanada rivojlantirildi. Uning usullarini ishlashga ham asosan olimlar va amaliyotchilar e’tibori qaratildi.
Yer tuzuvchilarga ayniqsa qishloq xo‘jaligida, ma’lum korxonalar hududida yerdan foydalanishni tashkil etishga bog‘liq yanayam kengroq doiradagi masalalarni yechishga to‘g‘ri keldi. Har bir yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi, o‘lchamlari, shakli, oqilona joylashishi aniqlandi. Yerlarning unumdorligini, yer turlarining mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarishning tashkil etilishini, texnikadan foydalanishni yaxshilash uchun hududiy sharoitlar yaratildi. To‘g‘ri almashlab
ekishlarning dehqonchilik ma’daniyatini ko‘tarishning ahamiyatli vositasi sifatida joriy etilishiga va o‘zlashtirilishiga katta e’tibor berildi. Xo‘jaliklarda ichki yer tuzishning bu masalalari hozirgi vaqtda ham rivojlanishni davom ettirmoqda.
Keyingi ahamiyatli qadam deb hududni eroziyaga qarshi tashkil etishni, yer tuzish tarkibida va yechimlari asosida tuproq eroziyasiga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar majmuasini ishlashni hisoblash mumkin. Shunday qilib, yer tuzish yerning tabiiy xususiyatlarini o‘zgartirish va yaxshilash masalalarini to‘la hajmda yecha boshladi va iqtisodiy, huquqiy, texnik xarakterdagi ishlar chegarasidan ancha uzoqqa chiqdi.
O‘tgan asrning 70-80-chi yillari yana bitta o‘zgarish jarayoni - yer tuzish ob’ektlarining hududiy kengayishi, ayrim yerdan foydalanishlar va ularning uncha katta bo‘lmagan guruhlaridan ma’muriy tuman, tuman agrosanoat majmuasi, katta suv yig‘iladigan havza va sh.o‘. kabi keng hududiy tizimlarga o‘tish kuzatildi. Bu prinsipial yangi ishlar - viloyat va tumanlar yer tuzish chizmalarini ishlashni talab etdi; bu ishlar hozir ham davom etmoqda.
Eng oxirgi vaqtda maxsus foydalanish tartibiga ega hududlarni joylashtirish va ularning chegaralarini belgilash bo‘yicha ishlar boshlandi; ularni landshaftli loyihalashga kiritish mumkin. Bunday ishlarning zarurligi qonunlarda ko‘rsatildi.
Yer tuzish rivojlanish jarayonida o‘z vazifalari doirasini kengaytirib, oldin o‘zlashtirilgan usullarni tashlab yubormadi, balki, ulardan foydalanishni yuqoriroq darajada davom ettirdi. Masalan, 30-chi yillardagi qishloq xo‘jalik artellariga yerdan muddatsiz foydalanish uchun davlat aktlarini berish bo‘yicha ishlar ko‘p jihatdan oldingi chegaralashni, lekin bir vaqtda yerdan foydalanishdagi kamchiliklarni tugatish bilan birga, esga soladi. Texnik jihatdan bu 20-chi yillarda amalga oshirilganlariga o‘xshash, lekin ular endi mayda emas balki yirik yerdan foydalanishlarga tegishli
ishlar edi.
Yer tuzishning zamonaviy ta’rifini berishdan oldin yerdan foydalanishni tashkil etish tushunchasini ko‘rib chiqish zarur, u ham asosiylardan biri hisoblanadi. Uning asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz.
Yerdan foydalanishni tashkil etish o‘zida avvalo, undan bevosita foydalanishdan oldingi, uning xarakterini oldindan aniqlovchi va shakllantiruvchi, buning uchun zarur sharoitlarni yaratuvchi (bunday ishlarga, xususan, rejalashtirish va loyihalash kiradi) barcha ishlarni mujassamlashtiradi.Bundan tashqari yerdan foydalanishni tashkil etish deganda uni amalga oshirishning harakatdagi tizimi ham tushiniladi. Umuman bunday tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Download 428,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish