A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

2.7 Jamiyatdagi yerni mavjud bo‘lish
shakllari hamda undan foydalanish usullari 
Yer resurslari jamiyat faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi, u hattoki 
yerdan foydalanishni vaqtinchalik ham to‘htata olmaydi. Ammo yer resurslaridan 
oqilona foydalanish muammosi bugungi kunga qadar dolzarb bo‘lib qolavergan. 
Yerdan foydalanishni boshqarishdagi kamchiliklar va ulardan samarali foydalanish 
hamda qayta tiklash bo‘yicha zaruriy moliyalash resurslarini bo‘lmaganligi sababli 
keyingi yillari yerlardan ma’lum darajada tizimsiz foydalanish yerlarni, ayniqsa 
qishloq xo‘jalik yerlarini yirik miqdorlarda buzilib ketishiga olib keldi. Yer islohoti 
doirasida amalga oshirilgan kichik-kichik tadbirlar zaruriy natijalarni ta’minlay 
olmadi, shu sababli xam uni to‘la yopiq takror ishlab chiqarish davri hamda barqaror 
boshqarish nuqtai nazardan Yerdan foydalanishga tizimli yondoshuv zarur. 
Yerdan foydalanish bir vaqtning o‘zida tabiatdan foydalanishning kichik tizimi 
hamda jamiyat tomonidan yer resurslaridan foydalanish jarayoni hisoblanadi. Bu hol 
uni ijtimoiy ahamiyatini hamda yerdan foydalanish muammosini doimiy dolzarbligini 
ko‘rsatadi. Ushbu muammoning dolzarbligi iqtisodiy islohotlar sharoitida, yer 
munosabatlarini isloh qilish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish 
mexanizmlariga iqtisodiy, ijtimoiy, va eklogik xarakterlardagi yangi omillarni 
qo‘shish sharoitida yanada kuchayadi. 
Bugungi kunda yerdan foydalanish ijtimoiy-iqtisodiy voqeilik sifatida, yer 
resurslaridan foydalanishning ijtimoiy ahamiyatli jarayon sifatida etarli o‘rganilgan 
emas, uning mohiyati, tizimli tashkil etish va boshqarish to‘la ochilgan emas, ushbu 
tushunchaga to‘la aniqlik kiritilgan emas. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining yer 
kodeksida yerdan foydalanish tushunchasi keltirilmagan. Ensiklopedik lug‘atlarda u 
odatda belgilangan tartibda yerdan foydalanish, ya’ni uni iqtisodiy-huquqiy 
qirralariga urg‘u berilgan holda e’tirof etiladi. Maxsus adabiyotlarda hamda 
amaliyotda yerdan foydalanish tushunchasida ijtimoiy-iqtisodiy voqeilik sifatidagi 
tushunchadan farq qiladigan qoidalar uchraydi. Ba’zan yerdan foydalanish joyda aniq 
bir chegaralarga ega bo‘lgan hamda foydalanish uchun ma’lum bir yuridik va 
jismoniy shaxsga berilgan obyektning yer uchastkasi sifatida e’tirof etiladi. Yer 
kadastrida yerdan foydalanish deganda asosiy yer-kadastr birligi tushuniladi. Boshqa 
holatlarda ba’zan “yerdan foydalanish” termini yerlardan xo‘jalik nuqtai nazardan 
foydalanishning texnologik jarayoni tushuniladi. Bu tushunchalarning barchasi 
ijtimoiy ahamiyatli voqeilik sifatidagi “yerdan foydalanish” tushunchasi bilan hech 
bir umumiylikka ega emas, ular nihoyatda chegaralangan, tor, bugungi jarayonda va 
tabiiy majmuada yerning to‘laqonli o‘rniga javob beraolmaydigan tushunchalardir. 
Fikrimizcha, yerdan foydalanish tushunchasiga S.A.Tkachuk tomonidan 
anchagina to‘laqonli va ravshanroq tushuncha berilgan: “Yerdan foydalanish-bu 
tabiat qonunlarini iqtisodiy qonunlar bilan bog‘liqligini hisobga olgan xolda ushbu 


80 
iqtisodiy qonunlardan ongli tarzda foydalanish asosida obyektiv rivojlangan yer 
resurslaridan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy shakllari hamda ishlab chiqarish 
usullarining to‘plamidir” [32]. Yerdan foydalanish- bu jamiyat rivojlanishining ushbu 
darajasiga mos keluvchi Yerda xo‘jalik yuritishning iqtisodiy-ijtimoiy shakllari 
hamda yerdan foydalanishning ishlab chiqarish usullarini to‘plami sifatida e’tirof 
etiladi. Bir vaqtning o‘zida yerdan foydalanish tabiat va jamiyatning harakatdagi 
qonunlaridan foydalanish asosida rivojlanadigan dialektik nuqtai nazardan qaraladi. 
Ammo bugungi kunda bunday qoida etarli emas, negaki u zamonaviy yerdan 
foydalanishning barcha tomonlarini qamrab olmaydi: yerdan foydalanishning 
faqatgina ishlab chiqarish usullari yoritilgan; jamiyat tomonidan yerdan 
foydalanishning boshqa sohalari, shuningdek yerdan foydalanishning bozor qirralari 
hisobga olinmagan; yerdan foydalanishni boshqarishga urg‘u berilmaydi va hak. 
Bularning barchasi tizimli yerdan foydalanish muammosining dolzarbligini yana bir 
karra tasdiqlaydi. 
Yerdan foydalanishning mohiyati uni mazmuni bilan aniqlanadi hamda yerdan 
foydalanish qirralarida ma’lum bo‘ladi. U jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa 
aloqalar orqali yuz beradi. Ushbu aloqalar aks etishining tashqi shakllari jamiyatda 
yerning funksional roli vositasida amalga oshiriladi: ishlab chiqarish, fiskal, bozor, 
ijtimoiy, rekreatsion-sog‘lomlashtirish, tabiatni muhofazalash. Barcha davrlarda 
odamlar yerdan, eng avvalo, moddiy boyliklarga bo‘lgan o‘zlarining talablarini 
qondirish va yashash joylari uchun foydalangan. yer insonning yashash joyi va hayot 
faoliyatining o‘rni, ishlab chiqarish vositasi hamda kenglik operatsion asos sifatida 
mavjuddir, o‘ziga yarasha yer osti “ombori”, hayvonot va o‘simlik dunyosini 
rivojlanishi uchun tabiiy asos hisoblanadi. Darhaqiqat, yerdan foydalanish, eng 
avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatga egadir. Yerdan foydalanishning rivojlanishi va 
takomillashuvi qonunchilik yordamida uni muvofiqlashtirishga zaruriyat tug‘iladi. Bu 
esa, o‘z navbatida, yerdan foydalanishni huquqiy qirrasini ta’minlash hamda uni 
hususiy mohiyatini vujudga keltiradi. Yerlardan rekreatsion hamda sog‘lomlashtirish 
maqsadlarida 
foydalanishga 
bo‘lgan zaruriyat foydalanishga rekreatsion-
sog‘lomlashtirish mohiyatini beradi. Planeta miqyosida yerdan foydalanishni 
rivojlanishining doimiylik xarakteri, yer resurslaridan tizimsiz hamda nooqilona 
foydalanish tabiiy majmualarning sifat holatini ma’lum darajada yomonlashuviga 
olib keldi, negaki yerdan foydalanish tabiatdan foydalanishning kichik tizimlaridan 
biridir. Yerdan foydalanish jarayonida tabiatni muhofazalash talablarini hisobga olish 
talablari vujudga keldi. Bu yerdan foydalanishning ekologik mohiyatini paydo kildi. 
Darhaqiqat, Yerdan foydalanish ijtimoiy, rekreatsion va ekologik mohiyatlarga 
egadir. 
Bozor iqtisodiyotini rivojlanishi yerdan foydalanishga fiksal hamda bozor 
xarakterini berdi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari va 


81 
munosabatlarining muhim obyekti sifatidagi yerning rolini yanada oshirib yubordi. 
Bularning barchasi yerdan foydalanishni jamiyat rivojining obyektiv zaruriyati 
sifatida tavsiflaydi. O‘z navbatida, jamiyat rivojlanishi bilan yerdan foydalanishning 
ko‘p maqsadli xarakteriga bo‘lgan talab murakkablashdi, yerdan foydalanish shakllari 
va xarakteri o‘zgardi, bu esa yerdan foydalanishning dialektik mohiyatini aniqlaydi
uni dinamik, doimiy rivojlanuvchi jarayon sifatida tavsiflaydi. 
Yerdan foydalanishning maqsadi- ulardan oqilonalik va samaralilik asosida 
jamiyatni moddiy va boshqa turdagi boyliklariga o‘sib borayotgan talablarini 
to‘laroq qondirishdan iborat. Uning obyekti umuman jamiyatdagi yer resurslari, yer 
toifalari, subekttlarning yer uchastkalari hisoblanadi. Yerdan foydalanish subekttlari 
bo‘lib jamiyatdagi yerdan foydalanishni boshqarishni amalga oshiruvchi davlat, yer 
uchastkalarini asosiy maqsadlariga muvofiq foydalanayotgan yuridik va jismoniy 
shaxslar hisoblanadi. 
Bilimlarning ilmiy tarmog‘i sifatida yerdan foydalanishni o‘rganish predmeti 
bo‘lib jamiyatni dialetik rivojlanishi jarayonida ushbu jamiyatdagi yerni mavjud 
bo‘lish qonuniyatlarini, jamiyatni garmonik tarzda rivojlanishi jarayonida uning 
rolini, yer resurslarini ko‘p maqsadli foydalanish usullarini, Yerdan foydalanishni
hamda, birinchi galda, yer munosabatlarini muvofiqlashtirish usullarini aniqlash va 
tadqiq qilish hisoblanadi. Yerdan foydalanish mohiyatini, tabiat va jamiyatni 
iqtisodiy qonunlari ta’sirini hisobga olgan holda uning chuqur asoslarini aniqlash 
yerdan foydalanish nazariyasini rivojlantirish hisoblanadi. Yerdan foydalanishning 
ilmiy asoslarini egallash tabiat va jamiyatni garmonik rivojlanishiga hamda jamiyatni 
doimiy o‘sib borayotgan talablariga uni ta’minlanishini bo‘ysundirgan holda yerdan 
ko‘p maqsadli foydalanishning asosiy qirralari va jarayonlariga maqsadli hamda faol 
ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. 
Yer resurslaridan foydalanishga, jamiyatni doimiy o‘zgarayotgan talablariga 
mos tarzda yer munosabatlarini muvofiqlashtirish, yer fondini maqsadli mohiyati 
bo‘yicha maqbul taqsimlash (uni tarkibini maqbullashtirish), yer resurslarini ko‘p 
maqsadli foydalanish usullari va uslublarini takomillashtirish,yerlardan foydalanishda 
mumkin bo‘ladigan maksimal ijtimoiy, iqtisodiy va rekreatsion samaradorlikni, yer 
resurslaridan kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni, yerlar muhofazasini 
ta’minlaydigan yerlarning sifat holatini zaruriy darajada ushlab turish yerlardan 
foydalanishning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Ammo, 
yerlardan 
foydalanishni 
boshqarishning 
iqtisodiy 
asoslarini 
buzilganligi hamda boshqaruvni takomillashmaganligi sababli mamlakatning mavjud 
yerdan foydalanishi etarli samaraga ega emas. Bu hol yerlarni buzilishiga, aholi 
daromadlarini qisqarishiga olib keldi. Eng avvalo, bugungi kunda, yerdan 
foydalanishda asosiy diqqat-e’tibor faqatgina yerdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga 
qaratilgan. Yerdan foydalanishni maqbullashtirish va yer mahsuldorligini qayta 


82 
tiklashga zaruriy e’tibor berilmayapti, buning oqibatida uzoq vaqt davomida yerni 
qayta tiklanish davri ochiq holatda qolmoqda.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish