Mazorga kelganda salom berish.
Mazorga kelganda duo qilish.
Mazorga o‘ng oyoq bilan kirish.
Muqaddas joyga tahorat bilan kelish.
Mast holatda ziyoratga kelmaslik.
Muqaddas joyda baqirmaslik.
Muqaddas joyda birovning diliga ozor bermaslik.
Muqaddas joyda yugurmaslik.
Muqaddas joyga qarab tupurmaslik.
Muqadas joyda yozilmaslik.
Muqaddas mazor ustida yurmaslik.
Muqaddas joydagi buloqlarni iflos qilmaslik.
Muqaddas joylardagi daraxt va o‘simliklarni sindirmaslik.
Muqaddas joylardagi hashorat va jonivorlarni o‘ldirmaslik.
Ushbu normalarga amal qilmagan kishilarni mazorning o‘zi jazolashi haqida aholi o‘rtasida qadimgi qarashlar mavjud. Muqaddas mazorlarga qarab tuflash, yoki yomon so‘z aytish, ayniqsa, u erlarda yozilmoqlik katta gunoh deb qaralgan. Kimki, bu taoqiqlarga amal qilmasa, tez orada ziyon topishiga ishonganlar. Darhaqiqat, tarixda muqaddas mazorlarni toptab ularni mensimaslik tufayli hayotdan ko‘z yumgan shaxslar haqida ko‘plab misollar uchraydi. Turkiy xalqlarida «muqaddas joylar o‘zi-o‘zini himoya qiladi» degan qadimgi qarashlar mavjud. Nainki kichik bir ari balki, nuroniy odam, dahshatli maxluq, ulkan ilon, yirtqich yo‘lbars, ot, qush, tikon ko‘rinishida muqaddas ziyoratgohlar o‘zini himoya qilishi to‘g‘risida xalqimiz orasida necha-necha hikoyatlar saqlanib qolgan.
O‘zbek xalqida birovning omonatiga xiyonat qilgan, etim- esirlarning haqqini egan, beva - bechoralarni zor qaqshatgan, nohaqdan kishilarga zulm o‘tkazgan, harom, nopok ishlarga qo‘l urgan biron bir odam avji etilgan paytida falokat tufayli nobud bo‘lsa, bundaylarni «Alining tig‘iga uchrab juvonmarg bo‘ldi», deb aytishadi. SHuningdek, agar kimda kim biron bir kishidan ko‘p aziyat, jabr-zulm ko‘rgan bo‘lsa, uni «Illoyo Alining tig‘iga uchrasin» deya duoyibad qilganlar. Qolaversa, arablardagi: «Alvaqtu sayf ul qoteo» yaoni vaqt o‘tkir qilichdir degan maqol ham «Vaqti kelib gunohkorlar Alining qilichiga duchor bo‘ladi» degan naqlga hamohangdek tuyuladi.
Ziyoratgohlardagi kiyinish estetikasi. Ziyoratgohlar kelayotgan har bir ziyoratchi dastlab o‘zining ustki kiyim boshiga eotibor bergan. Avvalo bu bosh kiyimlari Bilan bog‘liq bo‘lgan. Bosh kiyimsiz ziyoratgohga borilmagan. Bu o‘rinda ayollar uchun ro‘mol, erkaklar uchun asosan do‘ppi bosh kiyimi bo‘lib xizmat qilgan. Bosh kiyimsiz borish muqaddas mazorga nisbatan hurmatsizlik belgisi hisoblangan. Muqaddas joylar ziyorat uchun borishga xos bo‘lmagan kiyimlar asosan shariatga mos kelmaydigan kiyimlar nuqtai nazaridan kelib chiqqqan bo‘lib ular avratni berkitmaydigan kiyimlardir va bu kiyimlarni kiyib ziyoratga borish muqaddas joyga nisbatan hurmatsizlik belgisi sifatida qaralgan.
7-MAVZU. FARG‘ONA VODIYSIDAGI MUQADDAS QADAMJO VA ZIYORATGOHLAR TARIXI
Do'stlaringiz bilan baham: |