Ma’ruza mazmuni: Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar Xizrni o‘z mushkularini engilashtiruvchi, boshiga og‘ir kunlar tushganda. Turmush qiyinchiliklari natijasida ezilganda madad beruvchi, ilohiy kuch quvvvat beruvchi, murod maqsadlariga etishuvida ko‘mak beruvchi nuroniy chol qiyofasidagi ilohiy mavjuddot sifatida tasavvur qilganlar. Xalqimiz orasida «Xizr nazar qilgan», «Xizr yo‘liqqan» degan iboralar, «Xizr nazar qilgan kishining ishi o‘ngidan kelishiga» ishonch eotiqod keng tarqalgan.
SHuni aytib o‘tish kerakki, Farg‘ona vodiysida Hazrati Xizr bilan bog‘liq rivoyat va qadamjoylar ko‘plab uchraydi. Xo‘jai Xizr ziyoratgohining tuprog‘ini dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi «dehqonchiligimizga qut baraka bersin» degan niyatida olib ketganlar. O‘zbek tilining izohli lug‘atida Xazrati Xizr haqida quyidagilarni ko‘rish mumkin.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |