2.Ziyoratgohlarda qurbonlik qilish bilan bog‘liq qarashlar.
Jonliqqa atalgan hayvonlar. Tovuq yoki xo‘roz.
Qo‘y.
Echki.
Buzoq.
Tuya.
Axborotchining so‘zlariga ko‘ra har bir qurbi etgan odam ziyoratga kelsa «jonliq»ni qurbonliq qilgan. O‘sha jonliqni bir qismini shu erda pishirib tananovul qilishgan. Qolgan qismini pishirmay, yaoni «xomtalash» qilib shu mazorning shayxlariga ehson qilgan.
Xo‘rozvatovuqniqurbonliqqilish. Mazkur parrandalarni jonliq sifatida keltirish islomdan oldingi qarashlar bilan bog‘liq bo‘lib, G.A.Gadjievning keltirgan ma’lumotiga ko‘ra, xo‘roz qonini chiqarishdan maqsad yovuz ruhlarni ayolga etkazmoqchi bo‘lgan ziyoni shu zaylda qon bilan erga o‘tib ketgan. Binobarin, ho‘rozni so‘yib qon chiqarish odati islomdan oldingi davrlardagi diniy qarashlar zamirida yuzaga kelgan azaliy irimlardan biri hisoblanadi. Zotan Old Osiyo va Markaziy Osiyo xalqlarida eramizdan avvalgi VII-VI asrlardayoq xo‘roz «yovuz qora kuchlarni haydovchi parranda» sifatida muqaddaslashtirilganligi tarixdan maolum.
Qo‘yniqurbolikqilish. Ziyoratchilar jonliqqa imkon qadar qo‘yni olganlar. CHunki «Muxtasar» kitobida qurbonlikka so‘yishning hukmlarida aksariyat holda qurbonlik uchun asosan qo‘y nazarda tutilgan. CHunonchi, Markaziy Osiyo xalqlarida qo‘y «Rahmoniy», echki esa «shaytoniy» degan tushunchalarni qadimdan mavjudligi qo‘yga, ayniqsa qo‘chqorlarni balo-qazodan asrash kuchiga ishonishni keltirib chiqargan. Hatto tajribali keksa ayollar birinchi farzandi o‘g‘il bulishi uchun yangi kelin-kuyovning uyiga qo‘chqorning oshig‘ini qo‘yib qo‘yganlar. Bizningcha, ushbu odat zardo‘shtiylik dinidagi qo‘chqor timsoli Farna xudosi bilan bog‘liqligi ehtimoldan xoli emas. Binobarin Zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da Farna uy egalari uchun oilaga to‘kinlik va boylik keltiruvchi, sihat-salomatlikni himoya etuvchi hamda yomon qora kuchlardan saqlovchi iloh sifatida tasvirlangan. Qo‘chqorlarga ilohiy hayvon sifatida qarash odati hozirda ham o‘zbek xonadonlarida yaxshi saqlanib qolganligini yuqorida keltirilgan uyga oshiq qo‘yish odati orqali ham bilish mukin. QolaversaXalqimizda yigitlarni qo‘chqorga o‘xshatishda uning kuchli va chakqonligi hisobga olinsa yana bir jihatdan Qo‘chqor kultining ta’siri bo‘lsa kerak. Binobarin qo‘chqor qadimgi zardushtiylik dinida uy egalarini, ularning sihat-salomatliklarini qo‘riqlab turuvchi ilohiy maobud sifatida talqin etilgan. Qolaversa Eron va qadimgi Turon xalqlarida urush va g‘alaba xudosini qo‘chqor timsolida tasavvur qilishlari keyinchalik bahodir yigitlarni ham qo‘chqorga o‘xshatib ta’rif berishlariga olib kelgani ko‘rinadi. Bu hol nafaqat yig‘ilarda balki doston va maqollarda ham o‘z ifodasini topgan. Jumladan “Malika Ayyor” dostonidagi: