Er Hubbi bilan bog‘liq ziyoratgohlar. Qadim ajdodlarimizining mifologik tasavurlari va otiqodiy ishonchlari tizimida suv kulpti bilan aloqadaor asotir syujetlar muhim o‘rin tutatdi. Anna shunday mifologik personajlardan Hubbi bo‘lib, bu asotir bilan bog‘liq fsonalar mamlakatimizning turdi xududlarida mavjudligi qayd qilingan. Buxorodagi Xoja Ubbon avliyosi va Jondortmunidagi Oqshix qishlog‘idagi Sulton Hubbi qadamjosi haqidagi afsonalar qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimizning suv maobudi haqidagi mifologik tasavurlari hamda suv kulptining lokallashtirish natijasida yuzaga kelgan.
Farg‘ona vodiysida Hubbi bilan bog‘liq bir qancha ziyoratgohlar mavjud. CHunonchi Qo‘qonning Oydin buloq qishlog‘i yaqinidagi Er Xubbi bulog‘i, Pungon qishlog‘ini Sirdaryo bo‘yidagi Hubbi mazori shular jumlasidandir. Tadqiqotchilar Qo‘lixubbonni ham xubi bilan bog‘laydilar. Ko‘lixubbon nomini kelib, chiqishi to‘g‘risida H.Hasanov quyidagi fikrni bildiradi:
«Xubbon ko‘li. Buni Qurbonko‘l, Qubonko‘l shakllarida yanglish yozadilar. SHohimardon tog‘lari orasidagi bu ko‘lning nomi xubi so‘zidan olingan. Bu esa juda ko‘hna diniy tasavvurga bog‘liq. Xubbi deb (islomgacha bo‘lgan davrda) suv xudosi aytilgan».
Farg‘ona viloyatidagi mavjud Er Xubbi bilan bog‘liq ziyoratgohlar bog‘liq afsona va rivoyatlar syujetning tarixiy asoslari suv kulpti va hosildorlik, qut-baraka tilash g‘oyasini o‘zida mujassamlashtirgan qadimiy xalq qarashlarining mifologik timsoli sifatida yuzagan kelgan Hubbi to‘g‘risidagi asotirlarga borib taqaladi.
Islom dunyosida mashhur bo‘lgan sahobalar va ularning izdoshlari bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
Ko‘rinib turibdiki, Farg‘ona vodiysidagi islom dinining dastlabki vaqtdagi jangchilari bilan bog‘liq mazorlar o‘rta asrlardayoq xalq tomonidan ziyoratgoh sifatida muqaddaslashtirilgan. Bularning aksariyati Muhammad payg‘ambarning ashoblari musulmon dunyosidagi mashhur zotlar Sa’d ibn Abu Vaqqos, Akkosha, Muoz ibn Jabal, hazrati Bilol, Abdurahmon ibn Afv, Uvays Qaraniy nomi bilan bog‘liqdir. Garchand, ularning Farg‘onada bo‘lganliklari tarixiy haqiqatga to‘g‘ri kelmasa-da, biroq islom targ‘ibotchilari dastlabki vaqtlarda bu zotlarning nomlaridan mahalliy kulptlarga qarshi kurashda keng foydalanganlar. Oqibatda, islomdan oldingi muqaddas joylar o‘rnida musulmon avliyolari bilan bog‘liq mazorlar paydo bo‘lgan.
Bundan ko‘rinadiki, aziz-avliyolar kulptining tarixiy ildizlarida ikki manbadan, din tarixining ikki bosqichi – ajdolar kulpti hamda O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi sharoitida yuzaga kelgan kulptlardan kelib, chiqadi. Birgina misol. Ko‘hna Quva shahristonida XX asr boshlariga qadar Bilol ota mazori bo‘lgan. Bu mazor aynan arablar istilosi davrida buzib tashlangan ko‘handiz, yaoni arki- aoloning o‘rnida joylashgan edi. Arkning buzib tashlanganligi haqida X asrda yashab o‘tgan arab sayyohlarining asarlarida ham maolumotlar uchraydi. Biroq bu muhimi emas. 1963 yili ko‘handizda arxeologik qazishmalarni olib borgan V.A. Bulatova bu erda IX-XI asrlarga mansub qabrlarni aniqlagan edi.
Ensiklopedist olim Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (839-923 y.y.) o‘zining «Tarix ar-rusul va - al-muluk» kitobida Qubo (Quva) shahri atroflarida arablar bilan quvaliklar o‘rtasida bo‘lib, o‘tgan janglar haqida maolumot beradi. Demak, bu qabrlar aholi o‘rtasida qadimga davrlarda musulmonlar va g‘ayridinlar o‘rtasidagi jangda o‘ldirilgan shahidlar qabri degan qarashlarni keltirib chiqargan va bu o‘z navbatida bu erda keyingi davrlarda muqaddas mazorning ko‘tarilishi uchun asos bo‘lib, xizmat qilgan ko‘rinadi.
Hazrat Ali bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
Mazkur ziyoratgohlar ichida Hazrat Ali bilan bog‘liq rivoyatlar alohida o‘rin tutadi. Jumladan, Farg‘ona viloyatida Hazrat Ali va uning o‘g‘li Muhammad Hanafiya, otboqari Qambar ota va jiyani Ahtam sahoba bilan bog‘liq rivoyatlar hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan bo‘lib, ushbu rivoyatlarni quyidagicha tasnif etish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |