A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ruyxati



Download 1,83 Mb.
bet89/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ruyxati:


  1. I.A.Karimov. «Ma’naviy yuksalish yo‘lida». T. «O‘zbekiston» nashriyoti. 1998y.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

  3. Zahiriddin.M.B. Boburnoma. T.:”Yulduzcha”.., 1989.

  4. Abashin S.N. «Sem svyatыx bratev» //Podvijniki islama. -M.: "Vostochnaya literatura". 2003.

  5. B.Eraliev, I.Ostonakulov, N.Abdulaxatov. O‘zbekiston ziyoratgohlari va kadamjolari; Farg‘ona viloyati. T.:-2014.

  6. Abdulaxdtov N., Goziev T. Shoximardon. - T.: "Yangi asr avlodi", 2010.

  7. Abdulaxatov N. Toshlar afsonasi // "Ma’naviyat". 26 oktyabr, 2006. № 20.

  8. Abdulaxatov N. Kohna Kubo ziyoratgoxlari // Kuva asrlar nigoxida (Respu­blika ilmiy-amaliy seminari materiallari). Fargona, 2006.

  9. Abdulaxatov N., Xoshimov B. Qoqon xonligida ziyoratgoxdarga munosabat // "Qoqon asrlar silsilasida" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma­teriallari. Qoqon, 2004.

  10. Abdulaxatov N. Farg‘ona vodiysi ziyoratgohlari va qadamjolari. tarixiy etnologik tadqiqot. (Farg‘ona viloyati misolida).nom.dis.T.:2006.

  11. Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.

1. Farg‘ona vodiysidagi Qur’onda nomlari zikr etilgan payg‘ambarlar, islomni olib kelgan shaxslar va ularni avlodlariga tegishli muqaddas joylar.

Hizr Bilan bog‘liq ziyoratgohlar. Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar Xizrni o‘z mushkularini engilashtiruvchi, boshiga og‘ir kunlar tushganda. Turmush qiyinchiliklari natijasida ezilganda madad beruvchi, ilohiy kuch quvvvat beruvchi, murod maqsadlariga etishuvida ko‘mak beruvchi nuroniy chol qiyofasidagi ilohiy mavjuddot sifatida tasavvur qilganlar. Xalqimiz orasida «Xizr nazar qilgan», «Xizr yo‘liqqan» degan iboralar, «Xizr nazar qilgan kishining ishi o‘ngidan kelishiga» ishonch eotiqod keng tarqalgan.

SHuni aytib o‘tish kerakki, Farg‘ona vodiysida Hazrati Xizr bilan bog‘liq rivoyat va qadamjoylar ko‘plab uchraydi. Xo‘jai Xizr ziyoratgohining tuprog‘ini dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi «dehqonchiligimizga qut baraka bersin» degan niyatida olib ketganlar. O‘zbek tilining izohli lug‘atida Xazrati Xizr haqida quyidagilarni ko‘rish mumkin.

Xizr - afsonaviy payg‘ambar: U hayot bulog‘idan «obi hayot» ichgan va umri boqiy bo‘lgan; u bilan uchragan, ko‘rishgan odam baxtli bo‘lar emish. «Hazrati Bashir manoqibi»da Hazrati Xizrga quyidagicha ta’rif berilgan:

«Hazrati Xizr alayhissalomning bu xislatlari shulkim, kishilarning xayoliga akasi yoki ukasi va yo bir xushsurat inson sifatida insonlarga ko‘rinadilar. Hazrati Xizr alayhissalom Odam alayhissalomning naslidandurlar. Nihoyatda olim, Xizr alayhissalom Odam alayhissalom bilan suhbat qilganlar va u kishi birlan safarga chiqqanlar, bu dalil Qurooni karimda yaqqol ko‘rsatilgan. Xizr alayhissalomning ilmlari biror payg‘ambarda bo‘lmagan. Ilmi hikmat ilmi maorifat, ilmi haqiqat, ilmi shariat va boshqa ilmlarga eng oliy darajada tururlar. Xudo taqdir qilgan kishilarga ko‘rinib, uning dunyoviy v uxraviy ishlariga yordam qilurlar. Alloh Haq subhonahu va taoloning eng yaqin payg‘ambarlaridandurlar. Xudoi taolo bu kishiga uzoq umr ato qilgan». Hazrati Xizrni shahar shaharlarning homiysi ham deb qaralgan. Xo‘ja Hizr mazor ichida qaytarma uchun quyidagi narsalarni qo‘yishgan: Bolalar kiyimi, ayollar ro‘mollari, uy hayvonlari uchun arqon, qoziq,choy, xamirturush, isiriq, tuz, suv, g‘alla donlari, pul. Mazkur buyumlarning qo‘yishda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan.

1. Bolalar ko‘ylak befarzand ayollar tomonidan qo‘yilgan bo‘lib, bola ko‘rish niyatida qo‘yilgan. Befarzand ayol ko‘ylakni qo‘ya turib «Xo‘ja Xizr Xudodan menga farzand tilab Bering. Illoya shu ko‘ylakni bola ko‘rsam kiydirib yuray» deb niyat qilgan.

2. Ayollar ro‘mollari turmushga chiqmagan yoki baxti ochilmagan qizlar yaxshi niyat bilan qo‘yganlar.

3. Qoziq,va arqon uyda chovani ko‘paysin degan niyatda qo‘yilgan bo‘lib, Mazordan olib ketilgan qoziq uyda qoqib qo‘yilsa shu xonadonda tuyoq ko‘payadi deb qaralgan.

4. Xamirturushni ayollar ham va nonvoylar olib ketganlar. Agar mazorga qo‘yilgan xamirturushni xamirga qo‘shib ishlatilsa yil bo‘yi yopilgan nonining barakasi bo‘ladi deb qaralgan.

5. CHoy va tuz qo‘yishdan maqsad oilada mo‘lko‘lchilik bo‘lsin niyatda qo‘yilgan.

6. Issiriq mazorga qo‘yilgan isiriqni shifobaxsh xususiyati kuchli bo‘ladi deb qaralgan.

7. Mazordan olib ketilgan suv uyga sepilsa uyda baraka qochmaydi deb qaralgan.

8. Mazorga qo‘yilgan g‘alla va boshqa xildagi donli urug‘lar ekilalayotgan donga qo‘shib yuborilsa hosil mo‘l bo‘lib dehqonchilik qut barakali bo‘ladi deb qaralgan.

9. Mazorga qo‘yilgan pul uyda tursa uyga kelayotgan pulning barakasi ko‘p bo‘ladi deb qaralgan.

Podshoh Iskandar bilan bog‘liq ziyoratgohlar. Garchand tadqiqotchilar Iskandar Zulqarnaynni Farg‘onaga kelmaganligini taokidlasalarda, biroq mahalliy xalq orasida uni Marg‘ilonga kelganligi haqida rivoyatlar mavjud. Bu haqda o‘zbek olimi Ibrat shunday yozadi: «Ammoki ahvolda Marg‘inon derlar, o‘shal tovuq ilan non tutgan erdur, Marg‘inon shahri ismi bo‘lub, Farg‘ona umumiy ilimga ismdur. CHunonchi, munga dalil Marg‘inonda podshoh Iskandar degan iydgoh mazor bordur, ul kishi tushgan erlardur». Ushbu maolumotdan ko‘rinib turibdiki, mahalliy aholi o‘rtasida XIX asrlarning boshlaridayoq ziyoratgohni SHarqda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur bo‘lgan Aleksandr Makedonskiyga nisbatan berish va Marg‘ilon nomini kelib chiqishini u bilan bog‘lash to‘g‘risidagi qarashlar mahalliy aholi o‘rtasida keng tarqalgan edi.



A.K. Pisarchik mazkur Podshoh Iskandar mazorini aslida bundan 300 yil muqaddam yashab o‘tgan Darvozlik Iskandar bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra, halq orasida Iskandar Zulqarnayn nomining mashhurligi tufayli yillar o‘tishi bilan mazorni Dorvozlik Iskandar nomiga emas balki Iskandar Zulqarnaynga nisbatan berishga odatlangan edilar. SHu sababdan Iskandar Zulqarnayn bilan bog‘liq turli rivoyatlar paydo bo‘lgan.

Akademik M.E. Mason ham mazkur ziyoratgohda dafn etilgan shaxs Aleksandr Makedonskiy emas balki Buxoroning tog‘liq xududlaridan biri hukmronlik qilgan Iskandar ismli hukmdor ekanligini aytadi. U bu fikriga misol qilib mazor devoriga yozilgan hijriy 1134 (1721) sanani ko‘rsatadi. Ammo bu maolumotlar ham taxmin asosida keltirilgan bo‘lib, bizningcha mazor chindan ham Iskandar Zulqarnayn bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. CHunonchi, Buxoro xoni Subxonqulixon tomonidan Marg‘ilondagi Puri Siddiq mazoriga berilgan vaqnomada Farg‘ona viloyatida Iskandar qabri sokin topgan degan maolumotlar ham keltirilgan. Demak mazkur ziyoratgoh 1721 barpo qilinmagan. Balki o‘sha yili qayta taomirlangan bo‘lishi mumkin. Zero Podshoh Iskandar mazori Buxoro xoni Subxoqulixon davrida XVII asrning ikkinchi yarmida mavjud bo‘lib, o‘sha davrlarda ham Marg‘ilonning qadimgi ziyoragohlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan edi. Bizningcha Podshoh Iskandar mazori o‘zbek xonlariga qadar yaoni temuriylar davrida ham mavjud bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Podshoh Iskandar va «Murg‘inon» bilan bog‘liq maolumotlar nafaqat rivoyatlarda balki tarixiy manbalarda ham o‘z ifodasini topgan ko‘rinadi. Zahiriddin Muhammad Bobur Marg‘ilonni «Marg‘inon» nomi bilan tilga olsada, uning zamondoshi bo‘lgan shoir Muhammad Solih o‘zining «SHayboniynoma» asarida Marg‘ilon shahrini Murg‘inon nomi bilan tilga oladi.

Muhammad Solihning Marg‘inonni Murg‘inon deya atashida Iskandar Zulqarnayn qabrining mavjudligi sabab bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas.



Markaziy Osiyoda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan bog‘liq joy nomlari mavjud bo‘lib, Tojikistoning Fon tog‘laridagi ko‘lni Iskandarko‘l deb atashadi. SHuningdek Amudaryo yoqasida Kelif shahrida Zulqarnayn raboti bo‘lgan.

SHu sababdan Marg‘ilondagi Podshoh Iskandar mazori haqida so‘z yuritganda mahaliy aholining bu ziyoratgoh haqidagi diniy hozirga qadar saqlanib qolingan qarashlarini ham unutmaslik lozim. Ularning tasavvurlariga ko‘ra, Podshoh Iskandar Xudoning sevgan bandasi yaoni valiy zotlardan biri bo‘lgan. SHu bois mazor oldidan otda o‘tib bo‘lmagan. Aks holda Mazorbuva yaoni Hazrat Podshoh Iskandarga hurmatsizlik qilgan bo‘ladi deb qaralgan. qizig‘i shundaki, bunday nojo‘ya harkatlari uchun kishilar o‘sha joyning o‘zida falokatgan uchrab, otdan uchib ketish, qoqilib yiqilish singari holatlarga duchor bo‘lganlar. Bugunga kelib mazor saqlanib qolmagan bo‘lsada, Podshoh Iskandar masjidi oldidan o‘tayotgan aholi bu Hazrat Podshoh Iskandarga atab quroon tilovat qiladilar. SHunday ekan Podshoh Iskandar mazori haqidagi tasavvurlar marg‘ilonliklar orasida xali hanuz mavjud.


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish