Temuriylar davrida tasavvuf ta’limotining rivoji buyuk sohibqiron Amir Temurning pirlaridan biri sifatida tilga olingan Sayyid Muhammad Bahouddin Naqshband (1318-1389) nomi va faoliyati bilan yanada yuksaklikka erishdi



Download 60,5 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi60,5 Kb.
#452893
Bog'liq
69-74


69.Bahouddin Naqshband, Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy (koʻproq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, Balogardon, Xoʻjai Buzruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur) (1318 – Buxoro viloyati, hozirgi Kogon tumani – 1389) – mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi. Tasavvuf tarixida xojagon nomli tariqatning vujudga kelishi Buxoroda qo`nim topgan Yusuf Hamadoniy hazratlarining ‘‘xalifai avvali” (birinchi o`rinbosari) Abduxoliq G`ijduvoniy nomi bilan bog`lanadi. Ayni tariqat ma’lum davr o`tishi bilan Bahouddin Naqshband vositasida butun islom olamiga yoyildi va eng taraqqiyparvar tariqatlardan biri sifatida mashhur bo`ldi.
Temuriylar davrida tasavvuf ta’limotining rivoji buyuk sohibqiron Amir Temurning pirlaridan biri sifatida tilga olingan Sayyid Muhammad Bahouddin Naqshband (1318-1389) nomi va faoliyati bilan yanada yuksaklikka erishdi. Alisher Navoiyning dalolaticha, Bahouddinnig kamolga yetishishida Xoja Ali Romitoniy, Xoja Muhammad Boboi Samosiy va Sayyid Amir Kulolning ta’siri katta bo`lgan. Bahouddin Marvda Yusuf Hamadoniyning qabrini ziyorat qilaroq, uning ta’limotini chuqurlashtirdi. Yusuf Hamadoniyning xalifalaridan Abduxoliq G`ijduvoniy kashf etgan sakkizta manzil (kalimati qudsiya)Bahouddin” so‘zi “Dinning nuri” degan ma’noni anglatadi. Bu Xoja Naqshbandga keyinchalik berilgan faxrli unvon. Bahouddin Naqshband umri davomida bir necha pirning tarbiyasini olgan. Birinchi piri – Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx bu yosh muridini tarbiyalashni o‘rinbosarlaridan bo‘lmish Amir Sayyid Kulolga topshiradi. U tariqat bobida bilganlarini o‘rgatib bo‘lganidan keyin shogirdiga ijozat beradi. Bahouddin ilm istab, yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan bo‘lmish Qusam shayx oldiga, Naxshab, ya’ni hozirgi Qarshiga boradi. Uch oy undan ta’lim oladi. Bahouddinning bu pirga ixlosi baland bo‘lgan, ayni chog‘da Qusam shayx ham uni o‘z o‘g‘lidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu yerda vafot etadi. Manbalarning dalolat berishicha, u Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (1103–1179)dan ruhiy tarbiya olgan. Bahouddin Naqshbandning umri asosan Buxoro va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tgan. G‘aribona hayot kechirgan, faqat o‘z mehnati bilan kun ko‘rgan. Xizmatkor yoki qul saqlamagan. O‘z ta’limotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abdulxoliq G‘ijduvoniy nazariyalariga asoslanganga Xoja Bahouddin yana uch manzil qo`shgan: 1)vuqufi zamoniy; 2)vuqufi a`dodiy; 3)vuqufi qalbiy.

70.Naqshband ta`limotining ixcham ifodasi ‘’Dil ba yoru dast ba kor’’ hikmatida anglatilgani kabi insonni ibodat bilan balki halol luqma bilan ham kun ko`rishi niyati bilan ixlosi bilan ibodatga aylanishini uqtiradi. Halol va harom nisbatida ayni tariqat doirasida aytilgan so`zlar hozirgi kun uchun ham ahamiyatlidir. Xoja Muhammad Porso Bahouddin Naqshbandning barcha va`zlarini to`plab, (Risolai Qudsiya) (“Muqaddas so`zlar”) kitobini ta’lif etgan. Bahouddin Naqshband haqida Mavlono Yaqub Charxiyning “Risolai unsiya”, Abul Muhsin Muhammad Boqirning “Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband”, Faxruddin Ali Safiyning “Rashahotu aynil-hayot” kabi o`nlab risolalar mavjud. Ushbu manbalarda Xoja Bahouddinnning tariqiy va manqabaviy hayoti, tariqati, ta’limoti, ta’siri va suluqi haqida ma’lumotlar keltirilgan. “Rashahot…” asarida naqshbandiylik tariqatining tarqalishi va qaror topishida benazir xizmatda bo’lgan shayxlar qatorida Xoja Bahouddin Naqshbanddan keyin Xoja Muhammal Porso, Mavlono Muhammad Fag`onaziy, Mavlono Yaqub Charxiy, Xoja Alouddin G`ijduvoniy, Shayx Sirojiddin Kulol, Xoja Aloiddin Attor, Mavlono Hisobiddin Porso Balxiy, Cayyid Sharif Jurjoniy, Mavlono Nuriddin Xomush, Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy va nihoyat Hazrati Xoja Ahror Valiy va boshqalar keltiriladi. Allohga shukronalar bulsinki Yurtboshimizni tashabuslari bilan hazrat Naqshband majmuasida Tasavuf maktabi ochildi, bu dargohda biz tinglovchilar yuqorida zikr qilingan ahli tariqat ustoz pirlarni qoldirgan ilmiy va amaliy meroslarini urganishga kirishdik.Yurtboshimiz boshchiliklarida boshlangan bu xayerli ishlarimizda Allohdan barchalarimizga muvafaqiyatlarni berishligini suraymiz.


71.Naqshbandiya — tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan. N. xojagon tariqati negizida paydo boʻlib, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy qarashlarini omuxta etdi, ularga yangi ruhberib rivojlantirdi. 15—18-asrlarda savdo va hunarmandchilik bilan shugʻullanadigan shahar aholisi hamda koʻchmanchi chorvador aholi orasiga keng yoyildi. N. taʼlimotining asosida "koʻngil xudoda boʻlsin-u, qoʻl ish bilan band boʻlsin" ("dil ba yoru, dast ba kor") shiori yotadi. N. da piru muridlik qoidalari xiyla osonlashtirilgan, sirtdan turib eʼtiqod qoʻyish, imon mustahkamligi, Haqtaologa sidqidildan itoat etish, ixlos va maʼnaviy kamolot asosiy oʻrin egallaydi. Rasmrusumlar, odatlarni koʻr-koʻrona ado etish, riyo, soxta dindorlik qoralanadi. Axloqiy poklik, qanoatli, sabrli boʻlish, ixtiyoriy faqirlik bilan Allohga intilish yuksak fazilat hisoblanadi. N.da odamning qadri mansabi, boyligi bilan emas, maʼnaviy komilligi bilan oʻlchanadi. N.da hunar, kasb egallab, oʻz mehnati bilan halol luqma yeb yashash talab qilinadi, tilanchilik, darbadarlik bilan kun kechirish sufiy uchun isnod sanaladi. Qul, xizmatkor saqlash, oʻzganing mehnatidan foydalanish ham man etiladi. N.ning yuqoridagi shiori tarkidunyochilikka, tekinxoʻrlikka qarshi qaratilgan. N.da man-manlik, sufiy, shayxman deb kerilish, shovqin-suron koʻtarib zikru samoʼ bilan odamlar diqqatini oʻziga qaratish qoralanadi. N.da asosiy talab — qalbni dunyo gʻuborlaridan tozalash, oʻz nafsi bilan kurashib ruxda cha-rogʻonlik topish, qalbda Alloh nomlarini naqshlab borish usullari ishlab chiqilgan. Zikri xufiya (yashirin zikr tushish) shunga xizmat qilgan. "Tashqaridan xalqb-n, ichkaridan Haqb-n boʻlish", har bir nafasni Xudo yodi bilan chiqarish, qadamni savob ishlar, ezgu amallar sari qoʻyish, yurt kezib, aziz-avliyolar qab-rini ziyorat qilish, gʻofillarni hushyor etish, har qanday holatda qalb ogoxligiga erishish — N.ning asosiy maʼnaviy tarbiya usuli hisoblangan.
N.da pir va murid orasidagi maʼnaviy orifona suhbatga katta eʼtibor qilingan. N.ga koʻra, suhbat — anjuman ichra boʻlish, bilmaganni bilib olish, yuksalish, karomatlar siru asrori, ilohiyot olami nurlaridan baxramandlik boʻlsa, buning aksi — xilvat esa kishini bilimdan, maʼrifatdan mahrum qiladi. N.da oʻzini oʻzi nazorat qilib borish, olgan bilimlarini dilda mus-tahkamlash, umrning har bir damini savob ishga, har bir nafsni maʼnaviy kamolot uchun sarflash lozim deyiladi. "Vuqifi zamoniy" (muayyan vaqtda toʻxtab oʻzini tekshirish), "vuqufi adadiy" (ishlarini sarhisob qilib tekshirish), "vuqufi qalbiy" (qalb amallari qanday boʻlayotganligini toʻxtab, tekshirib borish) kabi shiorlar ("qudsiy soʻzlar") ham ana shu nazorat usuliga kiradi. N., shu tariqa, tasavvufni islom shariati va paygʻambar sunnati bilan yanada mustahkamroq bogʻladi. "Urvatul vusqo", yaʼni barcha ishda paygʻambar soʻzlari va ishlariga suyanish N. shiorlaridan biriga aylandi. N. da sufiylik isteʼdodiga ham eʼtibor berilgan, yaʼni baʼzi kishilarning men falon silsiladanman, naslnasabim falon-falonchilarga borib ta-qaladi, degan gaplariga qarshi Bahoud-din Naqshband "ran silsilada emas", ran Allohning jazbasida" deb aytadi. Jaz-ba boʻlmasa, sufiylikda maqomatlarga koʻtarilish qiyin.N. Bahouddin Naqshband hayotligidayoq keng shuhrat qozondi. N.ni nazariy jihatdan ishlab chiqishda Muhammad Porso, Alouddin Attor xizmatlari katta boʻldi. Bu tariqatga faqatgina oddiy xalq emas, balki Buxoro va Samarqand ulamolari, Amir Temur avlodidan boʻlgan shoh va shahzodalar kira boshladilar. 15-asrdayoq N. Eron, Afgʻoniston, Misr, Hijoz, Shim. Kavkaz, Turkiyaga tarqala boshladi. Ayniqsa, "hazrati Eshon" unvoniga musharraf boʻlgan Xoja Axror valiy — Nosirid-din Ubaydulloh faoliyati tufayli N.ning obroʻ-eʼtibori yana ham oshdi. Bahouddin Naqshband zamonida man-sabdor shaxslar, shoxu amirlardan uzoq turish lozim deyilgan boʻlsa, Xoja Ahror valiy davrida N. siyosiy doiralarga kirib bordi. N. 16-asrda Hindistonga tarqaldi. Bunda Bobo valiy, Xoja Boqibilloh (1563—1603), Axmad Sirhindiy (1564—1624) faoliyati yaxshi samara bergan. Ayniqsa, Ahmad Sirhindiy u yerda sunniylik yoʻnalishini mustahkamlash uchun N.dan unumli foydalangan. N.ni Turkiyada yoyilishida Mulla Abdulloh Simaviy (1490 yilv.e.), Ahmad Buxoriy va boshqa shaxslarning xizmati bor. N. 16—17-asrlarda Misr va Hijoz (Arabiston)ga kirib boradi. Eronning Nishopur, Isfahon, Yazd shaharlariga tarqalib, shular orqali Falastin, Iroq, Iordaniyada koʻplab tarafdorlarga ega boʻlgan. Hindiston orqali u Indoneziya, Malayziya, Seylonga tarqaldi. Keyingi asrlarda Rossiya, Bosniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga yoyilgan. Hozirda AQSH, Kanada, Avstriyada N. markazlari, xonaqolari, jamgʻarmalari bor.N. tariqatining umuminsoniy gʻoyalar, maʼnaviy kamolot, botiniy poklikni targʻib etishi uning dunyoda keng tarqalishiga olib keldi. Uning mux^islari bir necha million kishini tashkil etadi.
72.

73.Markaziy Osiyodagi tariqatlar orasida alohida о‘rin egallagan qalandariylik haqidagi ilk ma’lumotlar Jomiyning «Nafahotu-l-uns» asarida uchraydi. Bu tariqatning nazariy asoslari Abdurahim Buxoriyning «Risolai odobi tariq» asarida, Isxoq Bog‘istoniyning «Tazkirai qalandaron», Majzub Namangoniyning «Tazkiratu-l-avliyo» hamda XIX asrga nisbat berilgan noma’lum muallifning «Risolai qalandariy» asarlarida aks etgan. Mashrab tо‘g‘risida Maleho Samarqandiyning “Muzakkir al-asxob” tazkirasida ayrim ma’lumotlar bor. Shoir xaqida mukammalroq tasavvur xosil qiluvchi manba “Qissai Mashrab” («Shox Mashrab», «Devonai Mashrab» nomlari bilan yuritilgan)dir. “Mabdai nur” va “Kimyo” asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997 yili “Mabdai nur” Boborahim Mashrabning asari sifatida chop etildi. Bu asar Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”si (olti daftardan iborat)ning dastlabki uch daftariga sharh sifatida bitilgan.Ziyo istagan qalblar uchun!


Qalandariya (qalandariylik, qalandarlik) tariqati XI-XII asrlardan e’tiboran shakllana boshlagan. Ilmiy manbalar bu tariqatning asoschisi Jamoliddin Soviy (vaf. 1232) ekanligini ta’kidlaydi. Qalandariya o‘ziga xos urf-odatga ega bo‘lgan tariqat bo‘lib, ko‘p olimlar uni malomatiylikdan ajaralib chiqqanligini e’tirof etishgan. Moskvadan chiqqan "Islom qomusiy lug‘atida" ham shunday deyilgan. (Islam. Entsiklopedicheskiy slovar. – M.: "Nauka", 1991, 129-130 str.). Qalandariylikning paydo bo‘lishi va kelib chiqishi haqida turli-tuman fikrlar yo‘q emas. Qalandarlik – tasavvufga aloqasi bo‘lmagan, tashkillashgan bir jamoadir, degan olimlar ham bor. Qalandarlik tarixiga nazar solsak, dastlabki davrlarda uyushgan va ma’lum qonun-qoidalar asosida qurilgani, a’zolarining maxsus liboslar kiyib yurgani ma’lum bo‘ladi.Qalandarlar orasida diyonatlilari ham giyohvandlari ham bo‘lgan. Ularning ko‘pi mujarrad, ya’ni bo‘ydoq yurgan. Qalandarlar aynan mana shu uylanmasliklari va tilanchilik qilishlari uchun ba’zi mutasavviflar tomonidan tanqid ostiga olingan. Chunki Islom dinida uylanmaslik ham, tilanchilik orqasidan kun ko‘rish ham gunoh sanalgan. Davrlar o‘tishi bilan ularning qonun-qoidalarida, liboslarida va qalandarxonalardagi tartiblarida o‘zgarishlar ro‘y bergan.Qadimgi lug‘at va ilmiy manbalarda qalandar atamasining bir necha ma’nolari berilgan. Jumladan: "eshik tez ochilib ketmasligi uchun orqasidan qo‘yiladigan tarashlanmagan (yo‘nilmagan) yog‘och"; "diniy g‘azallar o‘qib, ham dinni targ‘ib qiluvchi, ham darbadar kezuvchi darvesh"; ko‘chma ma’noda "dunyodan voz kechgan, tarki dunyo qilgan kishi, zohid"; "o‘zbek xalq kuylaridan birining nomi"; "erkaklarga qo‘yiladigan nom". Qalandarbachcha – qalandarning shogirdi. Qalandarxona – qalandarlar yig‘iladigan va tunaydigan joy.


Sayyid Ja’far Sajjodiy degan Eron olimining fikriga ko‘ra: "Qalandarlikdan maqsad, ikki dunyodan o‘zini yiroq tutish va ikki olam uyidan chetga, uzlatga ketish. Qalandar biror mansab, maqomga ega bo‘lmagan, dunyoning ortiqcha g‘am-tashvishlaridan forig‘ bo‘lgan kishidir. U jamiyatga ichdan emas, tashqaridan ta’sir ko‘rsatadi, joriy urf-odatlarni buzadi. Shu sababdan ayrim manbalarda ular "so‘fiyoni xorij", ya’ni tasavvufdan, jamiyatdan tashqarida bo‘lgan so‘fiylar, deb nomlangan. So‘fiy, malomatiy va qalandar orasidagi qisqacha farq shunday: so‘fiyning qalbi xalq bilan emas, doim Haq bilan bog‘liq bo‘ladi; Malomatiy qilgan ibodatini xalqdan yashiradi, xalqning ta’nayu malomatidan cho‘chimaydi, hazrat Muhammad alayhissalomni malomatiylarning sardori biladi; qalandar esa xalq urf-odatlarini oshkora buzadi. Faqat majburiy farz amallarini bajarib, ortiqcha toat-ibodatga mayl ko‘rsatmaydi. Qalandar va qalloshni tajrid va tark ahli, deydilar".Qalandariylik, – deydi tojik olimi Qurbon Vose’, – malomatiy ta’limi asosida o‘sib, rindlik, javonmardlik va hurufiylikka bir qadar hamohangligi (monandligi, uyg‘unligi) bo‘lgan. Bu hamohanglikni hammadan oldin rasmiy islom va tasavvufga bo‘lgan munosabatda ko‘rish mumkin.Malumki, darveshlik tariqatlari orasida qalandariylik ham o‘z uyushmasiga ega bo‘lib, ular odamlarning xayr-ehsoni hisobiga yashar edilar.Turkistonda rasmiy islom dini bilan bir qatorda tasavvuf ham keng tarqaldi, ommalashdi. Yassaviylik, naqshbandiylik, kubraviylik, qodiriylik kabi mashhur tariqatlarning falsafasi, axloqi va qonuniyatlari halqqa yaqin bo‘lganligi uchun butun xalq ommasini o‘ziga jalb etdi. Qalandariylikning bir qator qonuniyatlarini xalq o‘ziga singdirolmagani uchun ham bu tariqat xalq orasida ommalashmagan.Tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, qalandariylik Eronda XVI asrning oxirlarigacha mavjud bo‘lgan. Safaviylarning siyosatdon diniy vakillari tariqat a’zolarini Turkiya va Hindistonga ko‘chirib yuboradilar. Turkiyada esa bu tariqat XIII asrning birinchi yarmida paydo bo‘lib, to XVIII asrning oxiriga qadar faoliyat ko‘rsatgan. Qalandariya Hindistonda XIII asr boshlarida paydo bo‘lib, uning ba’zi tarmoqlari XX asrga qadar yetib kelgan. Tariqatning G‘arbda Siriyadan to Marokkogacha, Sharqda Hindistongacha hamda Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida yoyilganligi tasavvuf tariqatlari ichida o‘z mavqei borligidan dalolat beradi.Qalandarlik ta’limoti ayrim xususiyatiga ko‘ra boshqa musulmon tariqatlari nazariyalaridan biroz farq qiladi. Unga budda va moniylik an’analarining jiddiy ta’sir etganligi haqida ham fikrlar bildirilgan.Tasavvufiy manbalarda aytilishcha, datlabki qalandarlar faqirona hayot kechirib, xayru sadaqa evaziga kun ko‘rar edilar. Muayyan manzil-makonlari bo‘lmay, ko‘pincha, ko‘chib yurishardi. Bu ta’limot asosida foniy dunyodan bezish tuyg‘usi, botiniy qanoat, o‘zni ko‘z-ko‘z qilmaslik, shuhratparastlikni qoralash, joriy urf-odat va rasmu rusumlarni buzish, xayru sadaqa yig‘ishda haddan oshmaslik, nafs pokligiga, ruh hotirjamligiga erishish, har bir amalda ixlos qilish kabi qator tushunchalar yotadi.Ular islomning majburiy farz amallarini bajarib, nafl (qo‘shimcha toat-ibodat)ni bajarishga e’tibor bermasdilar. Jamoat namozlariga, shuningdek, Ramazon oyida o‘qiladigan "tarovih" namoziga ham qatnashmas edilar. 30 kunlik farz ro‘zani, ko‘pincha, ado qilmas, nafl ro‘zalarini tutishdan umuman bosh tortardilar. Arzimas narsalarni, buyumlarni hisoblamaganda, boylikka hirs qo‘yish ularga yot odat edi. Qalandarlarning bir qismi mujarrad (bo‘ydoq) yashash uchun ahdu paymon qilishardi va uylanmaslik, vasvasaga berilmaslik choralarini izlashardi. Dunyoni o‘tkinchi va nisbiy bilib, ruhiy erkinlikka intilgan qalandarlar malomatiylarga aks tarzda xulq-atvorini qanday bo‘lmasin namoyish qilish, ko‘z-ko‘zlash ishtiyoqida bo‘lishgan, malomatga qolish payida jamiyat hayotining, axloqning belgilangan normalarini buzish uchun oshkora bahona izlaganlar. Jamolparastlik va ishqbozlikni haddidan oshirganlar.Ularning tashqi ko‘rinishi va kiyim-kechagi ham g‘ayrioddiy edi. Soch, soqol-mo‘ylov hatto qoshlarini ham qirtishlab yurardilar (ba’zilari mo‘ylovni qirtishlamasdan qoldirishardi). O‘ziga xos to‘n, hirqa, pahmoq yungli kuloh, har xil jez bezaklar-munchoqlar, halqalar, bilaguzuklar, uzuklar taqib olishardi. Qo‘lda aso, belda kachkul bilan qalandarona mavzudagi g‘azallarni o‘qib yurishardi

74. Шарқ адабиёти, тарих, фалсафа ва дин билан, ислом дини заминида дунёга келган бир неча фикр оқими ҳамда таълимотлар билан алоқада тараққий топган. Шулардан бири маломатийлик деб аталган…


Шарқ адабиёти, тарих, фалсафа ва дин билан, ислом дини заминида дунёга келган бир неча фикр оқими ҳамда таълимотлар билан алоқада тараққий топган. Шулардан бири маломатийлик деб аталган.


Маломат – лавм – айблаш, лаънатлаш, қоралаш сўзидан келиб чиққан бўлиб, энг аввало, нафсга қарши курашишни билдиради. Машҳур мутасаввиф ва руҳониятчи Абу Ҳасан Нурий барча сўфий ва мутасаввифларни ўн икки фирқага ажратиб, улардан иккитасини мардуд (рад қилинган) ва ботил (Ҳаққа қарши), ўнтасини мақбул ва манзур деб ҳисоблайди. Ҳамдун Қассор асос солган маломатийлик ҳам мўътабар тариқатлардан ҳисобланган.Ислом оламидаги бир неча тасаввуф тармоқларининг маломатиийлик таъсирида равнақ топганлиги илмда қайта-қайта қайд этиб ўтилган. Нажмиддин Кубро барпо қилган кубровийлик уларнинг энг машҳурларидандир.k Malomatiy tariqatidagilar o‘zlarining fazilatlarini ko‘z-ko‘z qilmas, keng xalq ommasidan o‘zlarini yuqori qo‘ymas, aksincha xalqning og‘irini yengil qilishga harakat qilardilar. Hoji Bayram asos solgan tariqat darveshlari o‘zlarini ko‘pchilikdan olib qochmay foydali ish bilan shug‘ullanishi darkor edi. Deh¬qonchilik, tijorat, hatto lozim bo‘lsa askarlik ham qilishardi. Umuman, xalqqa foydali bir ish bilan shug‘ullanish ularning maslaklaridan bo‘lgan. Bayramiylik tariqati tasavvuf oqimi¬ning xalqqa foydali, xalq manfaatini ko‘zlovchi yo‘llaridan biri desa bo‘ladi. Bayramiylik tariqati xalvatiylik va naqsh¬bandiylik tariqatlari asosida vujudga kelgan deyish mumkin. Bunda Hoji Bayramga Oqsaroydagi Shayx Hamidiy Valining ta’siri kuchli bo‘lgan. Hoji Bayramning tasavvufiy ruhda she’rlar aytuvchi tekke shoiri va shayx sifatida obro‘si shu qa¬dar oshib ketdiki, undan cho‘chigan sulton Murod II uni Edirnaga yuboradi. Keyinchalik yana Anqaraga kelishiga ruxsat berib, hatto uning darveshlarini soliqdan ozod qiladi. Hoji Bayram Anqarada jome mudarrisi bo‘lsa ham dalada muridlari bilan barobar mehnat qilgan. Tirikchilik uchun lozim narsalarni o‘z¬lari ishlab topib, ortiqchasini muhtojlarga ulashgan. Tasavvufning buyuk shayxlari va fozillari orasida Hoji Bayram juda obro‘li bo‘lib, uni Anqaraning ma’naviy qiyofasi sanardilar. Mavlono Jaloliddin Rumiydan keyingi ulug‘ shayx va shoir deb bilardilar. Hoji Bayram tekke shoiri sifatida dovruq qozongan ekan, turk tekke she’riyati haqida biroz ma’lumot berish o‘rinlidir.
Download 60,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish