Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to'G'risida



Download 27.5 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi27.5 Kb.
JISMONIY SHAXSLARGA XORIJIY VALYUTANI SOTISH TARTIBINI YANADA LIBERALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA

[(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 6-son, 66-modda)

O'zbekiston Respublikasi hududida birdan-bir qonuniy to'lov vositasi bo'lmish milliy valyutaning maqomini yanada mustahkamlash, naqd xorijiy valyutaning muomala doirasini tartibga solish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro standartlarni so'zsiz bajarish, shuningdek valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining 2013 yil 1 fevraldan boshlab O'zbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy shaxslarga vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutani xalqaro to'lov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish mexanizmini joriy etish to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Belgilab qo'yilsinki, O'zbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy shaxslarga naqdsiz xorijiy valyutani sotish vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

O'zbekiston Respublikasining rezidenti — jismoniy shaxs vakolatli bankda o'rnatilgan tartibda xalqaro to'lov kartasini ochadi;

O'zbekiston Respublikasining rezidenti — jismoniy shaxs xorijiy valyutani sotib olish uchun vakolatli bankka shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, yashash guvohnomasi yoki harbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet)ni, shuningdek valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish uchun depozit hisobida milliy valyutadagi zarur pul mablag'lari mavjud bo'lgan shaxsiy plastik bank kartasini taqdim etadi;

vakolatli bank shaxsiy plastik bank kartasida milliy valyutadagi pul mablag'lari etarli ekanligini tekshiradi, xorijiy valyutani operatsiya amalga oshirilgan kuni belgilangan ayirboshlash kursi bo'yicha xalqaro to'lov kartasiga o'tkazadi hamda jismoniy shaxsga xorijiy valyutani sotib olganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi ma'lumotnomani beradi.

O'zbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy shaxslardan va norezidentlardan xorijiy valyutani sotib olish vakolatli banklar tomonidan, qoida tariqasida, vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida, aeroportlarda, temir yo'l vokzallarida, mehmonxonalarda, ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni belgilash boshqarmalari (bo'limlari)da, shuningdek bojxona postlarida joylashgan ayirboshlash shoxobchalari orqali cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.

3. Xorijiy valyutani jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish tartibi hamda ayirboshlash shoxobchalari to'g'risidagi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

*Ilova rus tilidagi matnda berilgan (O'z R QT, 2013 yil 5-son, 53-modda).

Mazkur Nizom 2013 yil 1 fevraldan boshlab kuchga kiradi.

4. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatli banklar bilan birgalikda:

valyuta ayirboshlash operatsiyalari bilan shug'ullanuvchi banklarning tegishli bo'linmalarida aholiga tezkor va sifatli xizmat ko'rsatish uchun lozim bo'lgan shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlasin;

xalqaro to'lov kartalaridan foydalangan holda jismoniy shaxslardan xorijiy valyutani sotib olish va ularga sotish tartibi hamda mexanizmi to'g'risida aholini keng ko'lamda va to'liq xabardor qilish choralarini ko'rsin.

5. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi O'zbekiston banklari uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

o'zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiq holga keltirsin.



6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S.Azimov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.
Каталог: sites -> default -> files -> uploaded -> postpres -> uzb
uzb -> «sog'lom bola yili» davlat dasturi to'G'risida
uploaded -> «bankrotlik to'G'risida»gi o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida
uzb -> Naqd pul mablag'larini jalb qilish va unga bo'lgan ehtiyojni ta'minlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'G'risida”
uzb -> Yillarda qishloq xojaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to'G'risida
uzb -> «asaka» davlat-aktsiyadorlik tijorat bankining investitsiyaviy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'G'risida”
uzb -> O'zbekiston respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida
uzb -> O'zbekiston respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'G'risida” O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasini tashkil etish
uzb -> «banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to'G'risida»
uzb -> Qishloq qurilish bank


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa