CHilduxtaron – qirq qizlar haqidagi rivoyatlar. Farg‘ona viloyatning So‘x, Farg‘ona, Marg‘ilon, Oxunboboev, Oltiariq tumanlarida shu nomdagi ziyoragohlar bo‘lib, ularda qirq qizlar haqida turli rivoyatlar mavjud.
Qirq qizlar Bilan bog‘liq rivoyatlarda qiqrq raqami sakral ahamiyatga ega bo‘lgan raqam sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin qirq raqamini eozozlash turkiy xalqlarda qadim zamonlardan boshlanganligini deyarli barcha olimlar tasdiqlashadi. Bu raqam islomdan avvalgi urf-odatlarga borib taqaladi. Eng muhimi, raqamlarni ilohiylashtirish, uning karomatlariga ishonish va u bilan turli marosim va tadbirlarni belgilash, ayniqsa, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan edi. Vaqtlar o‘tishi bilan mazkur «sehrli» raqam islom qoidalariga ham singib turli marosimlar mana shu raqam atrofida amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Masalan, mulozimlar, kanizaklar, shaxsiy qo‘riqchilar, xizmatkorlar va boshqa vazifalardagi odamlar soni 40 ta atrofida bo‘lishi shart edi. Aftidan, halifalikda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan yirik amaldor va allomalarning taosirida bu odatga o‘tilgan bo‘lishi mumkin. Markaziy Osiyoda bo‘lsa, yuqorida aytilganidek, 40 raqamining karomatlariga Islom dini shakillanmasdan ilgari ham ishonib kelingan. SHuning uchun hozirgi kunlarga qadar, xalqimiz orasida ko‘plab urf-odatlar 40 raqami bilan bog‘liq.
L.S.Tolstovning ta’kidlashicha, «Qirq qiz» nomi bilan bog‘liq rivoyatlar va xalq dostonlarining ildizlari eramizdan avvalgi V - IV asrlarda yashagan Sak massaget qabilalaridagi mavjud rivoyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. CHunki sak va massagetlar yashagan davrda jangchi qizlar bo‘linmalarining mavjudligi yaoni amazonka ayollarning borligi YUnon va Rim tarixchilari tomonidan tilga olingan. Keyinchalik ular to‘g‘risida turli rivoyat va dostonlar yuzaga keladi. SHu tariqa joy nomlari ham paydo bo‘lgan.
O.Murodovning yozishicha, Markaziy Osiyo xalqlarida qadimdan «Qirq qizlarga» iltijo qilib madad so‘rash odati mavjud bo‘lgan. Bu odat keyinchalik folbin ayollarda saqlanib qolgan. Elshunos olima O.A.Suxareva tomonidan yozib olingan matnda folbin ayolni chilton pokiza, ya’ni qirqta bokira hur qizlarga murojaati ham keltirilgan. «Qirq qiz» yoki forscha «CHilduxtaron» nomli joylar Markaziy Osiyoda ko‘plab uchraydi. Akademik V.V. Bartolpdning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda qadimgi inshoatlarni mahalliy xalq ko‘p hollarda «CHilduxtaron» nomi bilan bog‘lashga odatlanganlar.
Afsona va rivoyatlarda El-yurt, vatan himoyachisi yoki dushman taoqibidan qochib sirli yo‘sinda g‘oyib bo‘lgan qirq nafar sohibjamol go‘zal obrazining yuzaga kelishida qirq sonining magik raqam sifatidagi mifologik talqinlari ham muxim o‘rin tutgan. Maolumki, qirq raqami qdim zamonlarda sanoqning cheki yaoni oxiri vazifasini bajargan va bo‘liqlik, to‘liqlik, buyuklik, ilohiyqudrat timsoli maonolarini anglatgan. Qirq raqami matriaaxat davrida ham ko‘plik tushunchasini mifologik ifodasi vazifasini bajargan. SHu bois chilto hamda childuxtaron obrazlarini miqdoriy ko‘rsatkichini belgilashda anna ush magik raqamningtimsolik maonosiga asos solingan. YAoni afsonalarda tasvirlangan qirqin qizning aynan qirqta bo‘lgan emas, bu o‘rinda ham «qirq» raqami anonaviy tarzda qo‘llanilgan.
Hurqizlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar. Xalq orasida Ko‘li Xubbonda suv parilari yashashi to‘g‘risida qarashlar mavjud bo‘lib, shu sababdan unda cho‘milgan kishi suv parilarining qahriga duchor bo‘lishi mumkin ekan. YAna bir rivoyatga ko‘ra, Ko‘li Xubbon Hurqizning ko‘z yoshlaridan paydo bo‘lgan deyiladi. Unga ko‘ra, qadim zamonlarda qishloqni yov bosibdi. YOvuz dushmandan taoqibidan yashirinish uchun aholi toqqa qarab qochibdlar. Qochish vaqtida bir kelin va beshikdagi chaqalog‘i bilan yashirinishga ulgura olmabdi. SHunda u «YO bori Xudo meni nomahramlar qo‘liga tushirmagin», deya iltijo qilibdi. SHu qaqtmo‘ojisha yuz beribdi. Uning oyog‘ ostidasuv paydo bo‘libdi. Suv uni ko‘tarib g‘orga olib boribdi. SHu tufayli yosh kelin g‘orga kirib g‘oyib bo‘libdi. Aytishlaricha kelinchak chaqaloqni beshikni olib g‘orga yashirinibdi va tunu kun qayg‘u alamdan yig‘layverib beshikdagi chaqaloq bilan toshga aylanibdi. Uning tomgan ko‘z yoshlaridan esa ko‘l paydo bo‘libdi.
Xuddi shu singari afsona Zarafshon Tog‘ tizmasidagi Ettiqiz g‘ori haqida ham mavjud bo‘lib, afsonaga ko‘ra g‘orda oqayotgan suv qizlarning ko‘z yoshidan paydo bo‘lgan emish. Oradan yillar o‘tib, Hur qiz va beshik toshni ziyorat qilgani odamlar kela boshlabdilar. Befarzand ayollar «Oltin beshik», yohud «Beshiktosh» (beshik toshning balandligi 3 m., uzunligi 4,5 m. eni esa 3 m. dan iborat)deb ataluvchi ushbu toshga kelib, Hurqizdan madad so‘raganlar. Qachonki osmonda oy paydo bo‘lib, uning aksi ko‘lda ko‘ringach, ular Hurqizdan Xudodan farzand so‘rab berishini iltijo qilganlar. SHundan so‘ng beshiktoshning kovak joylariga niyat toshini qo‘yganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |