4. Shaxsi aniqlanmagan muqaddas ziyoratgohlar.
SHahidlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar. Maolumki, mazor sharqshunoslik fanida ziyorat qilinadigan muqaddas joy tarzda qabul qilinib, asosan, musulmonlarda avliyolarning qabrini anglatgan. Islomning ilk davrlarida mazor so‘zini avliyolar shahid bo‘lgan joyga nisbatan «mashhad» deb ataganlar. XI asrdan keyin ajam o‘lkalarida mazor islom dini yo‘lidagi zotlar qabriga nisbatan qo‘lanilgan. O‘rta asrlarga kelib esa mazor so‘zi keng maononi ifodalay boshladi. YAoni mazor so‘zi ostida faqat shahid bo‘lgan insonlar emas balki o‘z o‘limi bilan hayotdan ko‘z yumgan, payg‘ambar avlodlari bo‘lmish sayyidlar, xo‘jalar, eshonlar ulamolar, olimlar, shoirlar, sarkardalar qabrlari ham tushunila boshlandi. Muqqaddas mazorlar jumlasiga hayotda yashab o‘tgan real tarixiy shaxslar dafn etilgan mazorlarning kiritish mumkin. mazorlarning aksariyati Farg‘ona vodiysiga islom dini yoyish uchun kelib shahid bo‘lgan jangchilar qabri bilan bog‘liq.
Olloh oldidagi shahidlar martabasi haqidagi hadislar bunday «Mashhad» mazorlar haqidagi diniy qarashlarni aholi o‘rtasida keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Samura(r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululoh(s.a.) marhamat qildilar: «Kechasi men tushimda ikki kishining (yaoni, ikki farishtaning) qoshimga kelib, meni (jannatdagi) bir (bahaybat) daraxt tepasiga olib chiqishganini ko‘rdim. Ul uy shul qadar muhtasham va go‘zal erdiki, men undan yaxshiroq uyni sira ko‘rmaganman. Ular menga: «Bul uy – shahidlar uyidur»deb aytishdi». YAna bir hadisi sharifda: «alloh yo‘lida shahid bo‘lmoq qarzdan boshqa hamma xatoni yuvib ketadi», deyiladi.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida shahid so‘zi quyidagicha izohlanadi.
SHahid I [a] - Din yoki mazhub yo‘lida halok bo‘lgan shaxs.
SHahid II[a] - Vatan urushi uchun yoki haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lgan, jonini fido qilgan odam.
Biz yuqorida shahidlar martabasi xususida to‘xtalib o‘tgan bo‘lsakda, ammo islom anoanasidagi mavjud shahidi aolo va shahidi xudo atamalari haqida ham to‘xtab o‘tishni lozim topdik. Zero mazorlar ham shu nomlar bilan atab kelingan.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida SHahidi aolo mazori mavjud. Aytishlaricha, SHahidi Aolo shahidlar piri bo‘lganligi uchun shu nomni olgan ekan. Biroq bu taorif xalq iborasi bilan aytilgan bo‘lib, aslida SHahidi aolo nomi bilan yurtilgan mazorlar islom dini yo‘lida yoki yurt himoyasi uchun olib borilgan janglarda hamda namoz chog‘ida o‘ldirilgan kishilarga nisbatan aytilgan. SHahidi xudo esa tabiy ofatlar chog‘ida halok bo‘lgan odamlarga nisbatan qo‘lllanilgan. Bu haqda «Munabbihot» risolasida quyidagi hadis keltirilgan bo‘lib jumladan shunday bayon etiladi:
«Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Olooh yo‘lidagi jihodda shahid bo‘lganlardan tashqari yana etti shahid bor:
Qorni og‘rib o‘lgan kishi.
CHo‘kib o‘lgan kishi.
O‘pka kasali bilan o‘lgan kishi.
YOnib o‘lgan kishi.
Ustun ostida qolib o‘lgan kishi.
Ko‘zi yoratyotganda o‘lgan ayol.
Vabo bilan o‘lgan kishi».
Islom an’anasida shahidlar qaerda halok bo‘lgan bo‘lsa, shu erning o‘zida egnidagi kiyim bilan dafn etilgan. Bu haqda quyidagi hadis fikrimizning yaqqol dalilidir: «Jobir in Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasullulloh sallallohu alayhi va salam: «SHahidlarning (yuvmay) qonlari birlan dafn qilaveringizlar!»-dedilar. O‘shal kuni shahidlarni hech kim yuvmadi».
Farg‘ona viloyatida SHahid mazor ataluvchi ziyoratgohlar va SHahidon nomi bilan yuritiluvchi joy nomlari har bir viloyatda uchraydi. A.Z. Rozenfelpdning yozishicha, SHahidon nomi turli tabiiy ofatlar natijasida halok bo‘lgan yoki zo‘rlab qatl etilgan kishilar, yaoni shahidlar makoniga beriladi. Farg‘ona shahri, Beshbola qabristonida SHahid mazor bo‘lib, bu erda 20 - yillarda armani dashnoqlar jazo otryadi tomonidan o‘ldirilib yuborilgan begunoh tinch aholi dafn etilgan. SHahid mazorlar Farg‘ona vodiysiga islom dinini kirib kelishi davrida shahid bo‘lgan arab jangchilari va chorizmni bosqinchilik siyosati tufayli halok bo‘lgan begunoh kishilarning mazorlari bilan bog‘liqdir. V.P. Nalivkinning yozishicha, 1842 yili Buxoro amiri Nasrullaxonning Qo‘qonga qilgan harbiy yurishi vaqtida Beshariqning Patar qishlog‘i yonida o‘ldirib yuborilgan tinch aholining mazoridir. Qishloqning nomi dastlab Qorayantoq bo‘lgan. 1842 yilda Buxoro Amiri Nasrulaxonni Qo‘qonga qoldirib ketgan noibi SHeralixon tomonidan haydab yuborilgach, Nasrullaxon Qo‘qonni qayta bosib olish uchun yana qo‘shin tortib keladi. Ammo Nasrullaxon bu gal shaharni ololmay qaytishga majbur bo‘ladi. Qorayantoq qishlog‘iga kelgan vaqt alami zo‘rayib, qishloq ahlini qirib tashlaydi. Buxoro lashkari ketgach, Toshboy degan kishi tasodifan bu erlarga kelib qolib, bu ahvolni ko‘rgach, atrof qishloqlardan hasharchi olib kelib, to‘rt yuz oltmish mayitni yig‘adi va umumiy qabrga dafn etadi. So‘ngra qabr ustiga maqbara quradi. SHundan so‘ng bu joyning nomi o‘zgarib, «SHahid mazor» deb ataladigan bo‘ldi. Oltiariq tumani Qapchig‘ay qishlog‘idagi SHahid mazor esa bosqinchilar tomonidan o‘ldirilgan Xalfa Eshon oilasiga mansub ziyoratgohdir.
SHahidmazorlarni tuprog‘ini turli teri kasalliklarga davo deb qaraganlar. Masalan Qo‘qon xonligida 1873-1876 yillarda «Po‘latxon qo‘zg‘aloni» nomi bilan mashhur bo‘lgan xalq harakatining yo‘lboshchisi Mulla Isxoq Hasan o‘g‘li CHor maomurlari tomonidan osib o‘ldirilgach, uning qabri mahalliy aholi tomonidan shahid mazor sifatida muqaddaslashtirilgan. Bu haqda Muhammad Aziz Marg‘iloniy quyidagicha maolumot keltiradi: «Avom un-nos qaysi biri Fo‘lodxonning tufrog‘idan bir munchasini olib bir mariz (kasal)ga beribdi. Ittifoqan o‘shal mariz yaxshi bo‘libdi.ani eshitib hamma xaloyiq musulmon borib tufrog‘ini talon-taroj qilib ketibdilar.»
Bundan ko‘rinadiki islomning ilk davridayoq musulmonlarning ziyoratgohlari islom yo‘lida shahid bo‘lgan zotlarning mazorlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu mazorlar aksariyat hollarda «Mashhad», yoki «SHahid» mazor nomi bilan aholi o‘rtasida mashhur bo‘lgan.
Arablarning Markaziy Osiyoga qarshi qilgan harbiy yurishlari davomida ular o‘zlari bosib olgan xududlarda din yo‘lida o‘ldirilganlar yaoni «shahidlar»kulptini(ardog‘lanishini) paydo bo‘lishiga harakat qildilar. Xalifalikning dastlabki yillaridayoq jangchilar bilan bir vaqtning o‘zida kirib kelgan islom dini targ‘ibotchilarining saoyi-harakatlari tufayli joylarda g‘ayridinlar bilan bo‘lgan janglarda o‘ldirilgan musulmonlarning qabrlari «Mashhad» yaoni shahidlar mazorlarining soni ortib bordi. SHahidlar qabriga borish ularni tavof qilish ziyorat sifatida ko‘rilgach mahalliy xalq orasida islomiy ziyoratgohlarni ziyorat qilish odat tusiga kirdi. Qurooni karimning «Baqara» surasining 154 – oyatida: «Mening yo‘limda o‘lgan do‘stlarimni o‘ldi demanglar, balki ular tirikdurlar. Lekin hammalarngiz tirikligini bilmaysizlar» deyiladi. «SHahidlar o‘lmagan» degan tushuncha ular dafn etilgan mazorlarni ziyorat qilish tufayli kishilarda turli balolardan xalos bo‘lish umidini uyg‘otganligi ehtimoldan holi emas. Qolaversa, payg‘ambar hadislarining birida: «SHahid bo‘lgan kishiga qarindoshlaridan 70 kishini shafoat qilishlikka huquq beriladi», deb aytilganligi ham kishilarni shahid mazorlarga bo‘lgan ixlosini yanada oshirishi tabiy edi.
SHu bois islom dini yo‘lida g‘ayridinlar tomonidan o‘ldirilgan zotlar rivoyatlarda ideal qahramon sifatida tasvirlangan va kulpt darajasiga ko‘tarilgan. Muborak hadislarda aytilganidek «Payg‘ambarlar va ham xudo yo‘lida g‘azot qilib, so‘qish maydonlarida o‘lgan shahidlar qabrlarda chirimaydilar. Ularni eyishni Alloh taolo tuproqqa harom qildi». SHu sababdan shahidlar o‘lmagan, kerak bo‘lganda chiqib avlodlarga yordam beradi degan tushuncha aholi o‘rtasida keng tarqalgan. Haqiqatdan ham, bu ishonch shuni bildiradiki, «Bir vaqtlar hayotda o‘zligini namoyon qilgan har qanday ulug‘ zot, mashhur narsalar izsiz yo‘qolmaydi, biroq g‘oyatda beiloj, xatarli damlarda qayta namoyon qilish uchun vaqtincha o‘z kuchini yashiradi. Vaqti kelganda ulug‘ zotlar xaloskor va najotkor rolida qatnashadilar».
Hazrat Ali va qirq nafar azizlar bilan bog‘liq qarashlar CHilmaxram ziyoratgohida o‘z aksini topgan. Mazkur ziyoratgoh Beshariq tumani Novqat qishlog‘i yaqinida Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi blandlikda joylashgan. Afsonalarga ko‘ra, bu erga qirqta kishi kelib, tepalikka kirib g‘oyib bo‘lgan. YAna bir afsonada Hazrat Ali shu erda janglarning birida g‘oyib bo‘lgan deyiladi. Alixonto‘ra Sog‘uniy islom anoanasida 40 sanog‘i bilan bog‘liq quyidagi qarashlarini keltirib Jumladan, shunday deydi: «Mana shundoq bo‘lib, Hazrati Umar iymonga kirishlari bilan, mo‘minlarning soni qirqqa etdi. Endi 40 kishining himmati, niyati bir maqsad ustida to‘plansa, ani 40-i chiqdi Demakdur. Sonlar ichida 40 sanog‘i diniy tomondin qaralganda ham bir hosiyatga ega ekanligi maolum bo‘ldi. CHunki payg‘ambar imiz aytdilar: «Har kim 40 kungacha uzmasdin dilini xudo yodida tuta bilsa, aning dilidin hikmat bulog‘i tiliga qaynab chiqar», - dedilar. Mana shuning uchun o‘tgan avliyolar hilvat tutib, chilla o‘tirishni o‘zlariga odat qilmishlardur».
Do'stlaringiz bilan baham: |