Og‘a Burgutli. Jizzax viloyati ziyoratgohlari. T.: “Fan”. 2008
Islom ensiklopediyasi. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2004. 93-bet.
O‘zbek tilining izohli lo‘g‘ati. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. T.:-2008. 1-5-jildlar.
Zangiota, Said ota, G'avsul A'zam ziyoratgohlari tarixi.
Jannatmakon yurtimizdagi har bir go'shasida bo'lganidek, Toshkent viloyatidagi muqaddas ziyoratgohlar ham xalqimizning tarixi va urf-odatlari, diniy bag'rikengligi, milliy his-tuyg'ulari, orzu-umidlari, ilmiy tafakkuri, ma'naviy salohiyatini o'zida mujassam etadi. Ayni paytda, xalqimiz tarixida yuz bergan voqea-hodisalarni, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy jarayonlarni o'rganishda ham bu yodgorliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqbaralar mahalliy aholi doimiy ravishda ziyorat uchun boradigan muqaddas qadamjolar, ruhiy poklanish hamda ma'naviy yuksalish maskanlari hisoblanadi. Xalqimiz orasida ulug' alloma-yu avliyolarning qadamjolariga borib, ularni ziyorat qilish va shunday aziz maskanda toat-ibodat qilib, ular orqali Yaratgandan o'z niyatlarini qay holatda so'rash qoidalari yoritilgan. Qolaversa, quyidagi hadisi sharifda ham qabrlarni ziyorat qilish ta'kidlangan: “Qabristonlarni ziyorat qilib turinglar, zero, u oxiratni eslatadi. Oxiratni eslash esa kishini yovuzlikdan uzoqlashtirib, ezgulikka yaqinlashtiradi”.
Amir Temur aziz-avliyolar, shayxlar va sufiylarga cheksiz mehr-saxovat ko'rsatib, ular uchun maqbaralar, masjidi jomelar, darveshlar makon topgan xonaqolar qurilishida bosh-qosh bo'lgan. Sohibqironning bu sohadagi faoliyati Toshkentda ham o'chmas iz qoldirgan. Mashhur Ko'yi orifon qishlog'i Toshkentning G'arbiy qismida joylashgan. Bu erda Shayx Zayniddin Ko'yi Orifoniy nomi bilan bog'liq muqaddas joy yuzaga kelgan. Avliyo mozori ustiga qurilgan chog'roq chortoq o'rniga Amir Temurning farmoyishi bilan XIV asr oxirida maqbara qurilgan. Toshkent yaqinida Xoja Ahmad Yassaviyning muridlaridan biri, Zangiota deb nom olgan Oyxo'ja ibn Toshxo'ja va uning xotini Anbar bibining maqbaralarini o'z ichiga olgan maqbaralar majmui Amir Temur homiyligida qurilgan.
Zangiota tumanidagi Zangiota ziyoratgohi – XV asrlarga tegishli me'moriy yodgorlik bo'lib, XII- XIII asrda yashab faoliyat yuritgan so'fiylik jamoasining tashkilotchisi, mashhur shoshlik olim, yirik zohid – Oyxo'ja ibn Tojxo'ja nomi bog'liq ushbu qadamjo nafaqat O'zbekistondada, balki O'rta Osiyodagi yirik ziyoratgohlardan biri hisoblanadi.
Zangiota majmuasi XV - XX asrlar oralig'ida qurilib kengaygan. Majmua Zangiota, Anbar bibi maqbarasi, darvozaxona, madrasa, masjid, xonaqoh-shiypon, minora va hovuzdan iborat. Anbar bibi maqbarasi, hovuz, shiypon va darvozaxona alohida-alohida qilib qurilgan. Zangiota maqbarasi esa madrasa va masjid bilan yonma-yon tushgan bo'lib, hovliga shimoli-sharq va shimoli-g'arbdagi darvozalar orqali o'tiladi. Minora ham shu hovlining o'rtarog'iga, masjid va maqbaraga yaqinroq qilib qurilgan. Majmuadagi inshootlarga qur'on oyatlari, hadislar suls, nasx kabi ko'hna yozuvlarda bitilgan.
Zangiota masjidiga kiraverishda quyidagi hadisi qudsiy yozilgan: “Er yuzidagi uylarim masjidlardir. Uni ziyorat qiluvchilar masjidlarni obod etuvchilardir. Uyida poklanib, so'ng mening uyimni ziyorat etuvchi banda qandayin yaxshi. Ziyorat qiluvchi izzat ikromga haqlidir”.
Zangiotaning qabriga quyidagi toshbitiklar qayd etilgan: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan. Har bir nafs o'lim sharobini totguvchidir, Alloh to'g'ri so'zlar... Ushbu qabr Alloh rahmat qilgan, gunohlari kechirilgan, baxtiyor, shahid, solih, obid, zohid Sheyx Zangi Otaning qabridur”.
Do'stlaringiz bilan baham: |