Uzluksiz pedagogik amaliyot turlari va muddatlari.
Fakultetda 3-kurs talabalari uchun 18.08.2017 yilda tasdiqlangan namunaviy o‘quv reja asosida __________yil ishlab chiqilgan ishchi o‘quv reja bo‘yicha quyidagicha uzluksiz (o‘quv-tanishuv) pedagogik amaliyot (3 kurslarda, 2 hafta) maktablarda o‘tkaziladi:
1). Uzluksiz pedagogik amaliyot 3-kursda, 2 haftalik
Uzluksiz pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish.
Uzluksiz pedagogik amaliyot davomida har bir talaba o‘zining tanlagan kasbiga-pedagogik faoliyatiga yaroqligi, qiziqishi, shu sohadagi tayyorgarligi darajasi o‘rganiladi. Amaliyotga rahbarlik qilayotgan institut vakili har bir talabani uzluksiz o‘rganish, tashkil etayotgan ishlarini kuzatish, o‘quvchilar bilan aloqasi, turli vaziyatlarga nisbatan reaksiyasi, faolligi va boshqalarga qarab uning mustaqilligi, tashkilotchiligi, ixtisos tayyorgarligi va mas’uliyati, umumiy tayyorgarlik darajasi va kasbiga yaroqligini aniqlab boradi. Bularni amaliyot oxirida o‘tadigan anjumanda e’lon kilib tegishli tavsiyalar beradi.
III kurs talabalari amaliyoti (VI semestr)
Talabalarning bu yilgi amaliyoti avvalgisining davomi bo‘lib, uni uyushtirish yanada chuqurlashadi va mazmuni murakkablashadi. Talaba «Pedagogika», «Xususiy metodika», «Pedagogik psixologiya», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» kurslaridan beriladigan topshiriqlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlarni bajaradi.
Maktab faoliyatining biror sohasini (pedamaliyot rahbarining tavsiyasiga muvofiq) mustaqil o‘rganadi, masalan, mehnat ta’limi va tarbiyasining qo‘yilishi, maktab o‘kuvchilarini kasb tanlashga yo‘llash bilan bog‘liq ishlari sistemasi, ahloq tarbiyasining quyilishi, o‘z fani bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarning ahvoli v.a,q,. SHuningdek sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlarida ishtirok etadi, sinf rahbarining va fan o‘qituvchisining yordamchisi funksiyalarini uyg‘unlashtirib olib boradi.
Sinf jamoasi hamda, alohida o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib, uni ma’lum reja asosida tahlil qiladi; maktab miqyosidagi sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tayyorlash va o‘tkazishda qatnashadi. Masalan, YOshlar ittifoqi yig‘ilishiga bayram, bilog‘onlari va o‘tkir zehnlilar bellashuvi, quvnoq startlari, ekskursiya, va boshqalarda katnashish.
Talabalar o‘zlarini o‘kuv ishlari jarayonida ham sinab ko‘radilar. SHu maqsadda, masalan, darsga kirib o‘quvchilar bilimini tahlil qiladi, fan to‘garagida, mashg‘ulotlarda qatnashadi va o‘tqazadi, ilmiy nazariy anjumanni uyushtiradi.
O‘quvchilar bilan ahloqiy mavzuda suhbat, siyosiy muloqot, fan to‘garagi mashg‘ulotlarini o‘tkazadi, o‘zlashtirishda orqada qolayotgan o‘quvchilarga yordam uyushtiradi.
3 kurslardagi pedagogik amaliyotda talaba bajarishi lozim bo‘lgan ishlarga doir metodik tavsiyalar.
Biz yuqorida uzluksiz amaliyotning o‘kuv yillari bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalari mazmunini ko‘rsatib o‘tdik.
Talaba jadvalga muvofiq har kuni 6 soat maktabda bo‘ladi. Amaliyot rahbari talabaning shu 6 soat mobaynida nima bilan band bo‘lishligini: nimani kuzatadi, qanday amaliy ishni bajaradi, kaysi sinflarda qanaqa darslarni kuzatishini oldindan belgilab qo‘yishi va ularning xar birining tayyorgarligini ta’minlashi kerak.
Har bir talaba ma’lum bir maktabga biriktiriladi (odatda ushbu maktab fakultetining baza maktabi bo‘lib pedagogik institut talabalarining 1 kursdan 4 kursgacha uyushtiriladigan pedagogik amaliyotining barcha turlari shu erda o‘tadi).
3 kurs talabalarini I-VII sinflarga 3-4 kishidan biriktiriladi. Talaba shu sinfda sinf rahbarining yordamchisi sifatida ishlaydi.
Talaba jadvalga muvofiq maktabda 6 soat mobaynida bo‘lishi, rejada belgilangan barcha ish turlarini o‘z vaqtida bajarishi kerak. Buning uchun xar bir talaba individual reja tuzib, uni maktab rahbarga, sinf rahbari va fan o‘qituvchisiga tasdiqlatib oladi va shu asosda ishlaydi.
Talaba xaftada maktabda 2-3 soat dars kuzatishi, 1 ta tadbirni o‘tkazilishida qatnashishi, o‘zi tayyorlagan biror ishni bajarishi, maktab xayotining biror sohasi bilan tanishishi kerak. Bu ishlarni bajarish uchun talabaga uslubiy tavsiyalar berish zarur.. Ular kuyidagilarni ifodalaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |