A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 2,24 Mb.
bet83/268
Sana16.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#374919
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   268
Bog'liq
Pedagogika O'UM

Mavzu bo’yicha tayanch so’zlar: Ko’rgazmalilik, ilmiylik, onglilik, faollik, tarbiyalovchilik, nazariy va amaliyot uyg’unlik, shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish, izchillik, insonparvarlik.

Mavzu bayoni: Ta’lim mazmuni deganda o’quvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko’lami tushiniladi.

Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo’lib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;

2) jamiyat tomonidan qo’yiladigan ijtimoiy buyurtma;

3) ta’limninq maqsad va vazifalari;

4) innovatsion rivojlanish darajasi;

5) axborotlarning hajmi va ko’lami;

6) o’quvchilarning yosh xususiyatlari.

Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo’yiladigan talablarni tubdan o’zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o’zi pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo’ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo’lsa, umumiy o’rta ta’lim maktablarining maqsadini o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish tarzidan o’z-o’zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o’quv-tarbiya jarayonining mohiyati o’quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o’quv fanlari bo’yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo’lib qolmoqda.

Bunday reproduktiv tarzda o’zlashtirilgan ma’lumotlar o’quvchining amali faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o’quvchilarda juda ko’p axborotlarning behuda jamg’arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo’lishi va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko’zga tashlanmoqda. Aniqrog’i, o’quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to’plangan axborotlarnigina o’zlashtirish maqsadi qo’yilgandek tuyuladi.

Ta’lim qoidalari o’qituvchining faoliyatini va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilish, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilishning va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l-yo’riqlarini o’z ichiga oladi.

Ta’lim qoidalari deb – umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qish o’qitish jarayonlarining yo’nalishi, o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig’indisiga aytiladi.

O’qitish qonuniyatlari talablarini albatta e’tiborga olinishi zarur, chunki qonuniyat–bu barqaror, zaruriy u yoki bu hodisalar va jarayonlar o’rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa.

Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o’quv jarayonining xarakterini, uning vazifalarini, mazmuni shakllari usullari va vositalarini qonuniy ravishda aniqlayu beradi. Demak, ta’lim berish-tarbiyalash va o’quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.

O’qitish qonuniyatlari o’qitish qoidalarini ilmiy asosda o’zaro bog’lanishda qo’llash ko’nikma va malakalarni chuqur, puxta ongli va ta’sirli o’zlashtirilishini ta’minlaydi.

Ta’limning mazmuni hayot hozirgi zamon fani bilan bog’langan bo’lganligi uchun ham vuzifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishning jadallashtirish muammolari, ishlab chiqarishni mexanizastiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlash kabilar asosida intinsivlash o’z aksini topishi kerak.

Har bir o’qituvchi shuni angla еtishi zarurki, o’quv jarayonini samarali qurish–bu ishda o’zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda ijodiy foydalangan holda uchun butunlay va o’zaro aloqada foydalanish demakdir.

O’qitish qoidalarini yaxshi bilish o’qitishning zarur usullarini tanlashga yordam beradi.

Hozirgi kunda olimlarimiz ta’lim qoidalarini quyidagicha guruxlashtirilgan:


  1. Ta’limning ilmiy bo’lish qoidasi.

  2. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lish qoidasi.

  3. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqil qoidasi.

  4. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri.

  5. Ta’limda ko’rsatmalilik qoidasi.

  6. Ta’limda ilmiy bilim va ko’nikma malakalarni ilmiy bilim va ko’nikma malakalarni puxta mustahkam o’zlashtirish qoidasi.

  7. Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish qoidasi.

  8. Ta’lim jarayonida har qaysi o’quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish qoidasi.


Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish