avvalo aholini toza ichimlik suvn bilan to`la ta`minlash, qurib qolgan o`zanlar, ko`llarga
muntazam ravishda suv yuborish va ular orqali yaylovlar
hamda pichanzorlar, to`qayzorlarga suv
chiqarishni amalga oshirish, dengizning qurigan qismida shamol harakatini to`sish uchun
qumlarni fitomelioratsiya yo`li bilan mustahkamlash, sug’oriladigan zonada suvni ko`p iste`mol
qiluvchi ekinzorlar maydonini kamaytirish va boshqa donli, poliz va mevali
ekinlar maydonini
kengaytirish, em-hashak ekinlari ekiladigan dalalarni ko`paytirish, erlarning meliorativ holatini
tubdan yaxshilash va boshqa tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Orolbo`yida, xususan
Qoraqalpog’iston, Xorazm, Doshxovuz vohalarida Tuyamo`yin suv omboridan (Kaparas
bo`limi) yozda jamg’arilgan, sho`rligi nisbatan kamroq bo`lgan suvi quvurlar orqali barcha
tuman markazlari, yirik qishloqlarga hozirda etkazib berilmoqda. Ba`zi
aholi punktlarida chet
eldan keltirilgan suvni chuchuqlashtirib beruvchp qurilmalar ishlab turibdi. Bu borada tegishli
dasturlar amalga oshirilmoqda. Aholi tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, kasallarga sog’lomlashtirish
markazlarida yordam berilmoqda.
Orolbo`yida cho`llashishga qarshi kurashish uchun muxandislik loyixalarini amalga
oshirilishi lozim. O`nlab yillardan beri ko`ndalang turgan asosiy muammoni xal etish uchun
ko`pdan-ko`p loyihalar taklif qilindi. Ammo hozircha ularning birortasi ham
hayotga joriy
etilmadi. Bu loyihalarning hammasini ikki guruhga birlashtirish mumkin:
1. Orol dengizi havzasida ekologiya vaziyatni ichki suv resurslarini burib yuborish
hisobiga yaxshilashni taklif etayotgan (intraregional) loyihalar.
2. Zarur miqdordagi suvni chetdan, ya`ni havza tashqarisidan keltirishni taklif etayotgan
(ekstraregional) loyihalar.
Orol dengizi sathini maxalliy resurslar hisobiga barkarorlashtirishni ko`zda tutuvchi
loyihalar quyidagi manbalar suvini dengizga oqizishini taklif etadilar:
1. Kollektor-drenaj tizimlari suvlarini.
2.
Sariqamish, Dengizko`l, Sultontog’, Maxanko`l, Arnasoy, Aydar va Sudoch’e tashlama
ko`llari suvlarini dengizga burib yuborish.
3. Gidromelioratsiya tizimining samaradorligini oshirish, sug’orish texnalogiyasini
yaxshilash, suv resurslarini hududiy qayta taqsimlash va boshqa tadbirlar hisobiga istiqbolda
tejab qolinadigan suvlar.
Mazkur loyihalar hamda takliflarning barchasi Orol dengizi hamda Orolbo`yi ekologik
holatini barqarorlashtirishga, mintaqada aholi salomatligini yaxshilashga, uning turmush
darajasini ko`tarishga yo`naltirilgan amaliy tafsidagi ishlanmalar asosida bildirilgan. SHu
boisdan ham ularni tezda amaliyotga tadbiq etish beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: