1/3 ni hamda sabzovot mahsulotining 1/4 qismini Orolbo`yi etkazib bera boshladi. Orol
mintaqasidagi bu vaqtinchalik yutuqlar (aholi jon boshiga olingan 1960 yilga nisbatan 2
barobarga ortib ketgan edi) o`sha davrdayoq o`z echimini kutayotgan sug’orish tizimini yo`lga
qo`yish, tuproq hosildorligini saqlab qolish, jamoa va davlat xo`jaliklari qurilishidagi
majmualilik kabi kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni dolzarb vazifa sifatida ilgari surdi. Ammo bu
ishlar amalda o`z echimini talab darajasida topa olmadi. Bu salbiy omillar ekstensiv ravishda
rivojlanish yo`liga tushib qolgan qishloq xo`jalik ishlab chiqarishning surunkali orqaga ketishiga
olib kelgan edi.
Orol mintaqasidagi 100 minglab gektar erlar sho`rlana boshladi, ekinlarda
turli kasalliklar
ko`paydi, tuproq hosildorligi pasaydi, qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarish keskin
pasayib ketdi. Bu hol Orol mintaqasidagi yuqorida bayon qilingan uchta mustaqil davlatning
qator tumanlarida og’ir sotsial-iqtisodiy, ekologik va sanitariya epidemiologiya sharoitining
yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. 1985-1990 yillarda Orol suvining chekinishi natijasida 26 ming
kv.km. suv osti qumligining yuzi ochilib qoldi, uning 2/3 qismi sho`rxoklardan iborat bo`lsa,
qolgan qismi tuzli qum adirlaridir. Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining ma`lumotlariga
ko`ra Orol suvining qurigan maydonidan chiqqan va shamol kuchi bilan tarkalayotgan aerozol
atmosferaning tarkibiga aralashib ketib joylarda to`zonli, tuzli bulutlarning paydo bo`lishiga olib
kelmoqda. Oqibatda esa Orolbo`yi mintaqasidagi yomg’ir suvlarining minerallashuv darajasi
ham ruxsat etilgan me`yordan 2
barobarga, ayrim janubiy tumanlarda esa hatto 7 barobarga
ortishiga sabab bo`lmoqda. Orol qaytgan joylardan ko`tarilgan tuzli to`zonlar atmosferaning 5%
ni ifloslab bo`ldi degan ma`lumotlar mavjud. Natijada Orol dengizi atrofida, ayniqsa
Qoraqalpog’iston Respublikasida, qizil O`rda va Doshhovuz viloyatlarida aholi salomatligi
uchun xavfli og’ir ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyat vujudga
keldi.
Kasalga chalinish darajasi ayniqsa ayollar va bolalarda ko`tarildi, o`lim ham ko`paydi.
Orolbo`yidagi aholi salomatligining yomonlashuviga, ekologik omillardan tashqari, tibbiyot
muassasalari ishidagi kamchiliklar, bir qator aholi istiqomat qiladigan joylarda markazlashgan
vodoprovod tizimining yo`qligi ham sabab bo`lmoqda. Masalan, Qoraqalpog’istonda shahar
joylarning bor-yo`g’i 11%i vodoprovod tizimi bilan ta`minlangan holos,
qishloqda esa bunday
tizim butunlay yo`q.
Orol dengizi havzasida sug’orishni rivojlantirish qishloq xo`jalik ishlab chiqarish va
gidromelioratsiya qurilishiga (asosan umumittifok manfatlari uchun, aksariyat hollarda
mintaqaviy manfaatlarga zid tarzda) katta mablag’lar ajratish bilan uyg’unlashtirilib amalga
oshirildi. qishloq xo`jaligini kimyolashtirishni kuchaytirish va boshqa ko`rinishdagi salbiy
antropogen ta`sir bilan uyg’unlashgan holda irrigatsiyaga katta e`tibor berilganligi mintaqa
ekologik tizimida salbiy o`zgarishlarni keltirib chiqardi. Avvalo, ko`p suv talab qiladigan ishlab
chiqarishni rivojlantirish, paxta va sholi yakkahokimligini strategiyasining tanlanishi daryolar
suvini sug’orishlardan ortmaydigan qilib qo`ydi. Nazoratsizlik va suvdan foydalanishning
bepulligi hamda almashlab ekishlarning yo`qligi suvdan samarasiz foydalanishga olib keldi.
Paxta va sholi etishtirish ko`p suv sarflashdan tashqari, ko`p miqdorda o`g’it va o`simliklarni
himoyalash kimyoviy vositalarni qo`llashni talab etdi. Bu esa atrof-muhitning yo`l qo`yilishi
mumkin bo`lgan darajadan o`nlab marotaba ko`p bo`lganishiga olib keldi. Mintaqa ishlab
chiqarish kuchlarni rivojlantirish strategiyasi, avvalo, xom-ashyo bazasiga aylanish yo`lidan
bordi. Buning oqibatida xom-ashyoni qayta ishlovchi korxonalar tarmog’i, omborxonalar va
kommunikatsiyalar talab darajasidan past. infratuzilma esa butunlay xalq xo`jaligi
talablariga
javob bermaydigan holatga tushib koldi. SHu sabablarga kura mintaqa o`z mahsulotining katta
qismini tashish va saqlash imkoniyatlarining yomonligi tufayli nobud bo`lib, katta iqtisodiy zarar
keltira boshladi.
Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning tayyor mahsulotni emas, balki qishloq
xo`jalik xom-ashyosini ko`paytirishni ko`zlagan mintaqa ekologik sharoitiga zid bo`lgan
strategiyasi oxir-oqibatida Orol bo`hroniga olib keldi. Demak Orol muammosini yuzaga
keltirgan sotsial-iqtisodiy omillar quyidagilardan iboratdir:
1. Ko`p suv talab qiladigan ishlab chiqarishning rivojlantirilishi va joylashtirilishi va
ularning xom ashyoviy tavsifi.
2. qishloq xo`jalik ekinlarining ekoloik jihatidan asoslanmagan tuzilmalari joriy qilindi va
eng avvalo suvni ko`p talab qiladigan ekinlar, birinchi navbatda paxta va sholi
ekinlari
maydonlari kengaytirildi.
3. Hosildorligi past, melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish og’ir bo`lgan hududlar
o`zlashtirildi.
4. Sug’orish tizimlarni loyihalashtirish, qurish va ekspulatatsiya qilish ishlari sifatsiz
bajarildi.
5. Sug’orish me`yorlariga amal qilinmadi.
6. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish va uni ekologiya tizimiga ta`siri muqobil yo`llarni
ilmiy bashoratlash, shuningdek, katta miqyoslarda amalga oshiriladigan tadbirlarning ekologik
oqibatlarini tahlil etish talab darajasida olib borilmadi.
7. Aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan butun xo`jalik-siyosiy faoliyatining
ijtimoiy jihatlari sust edi.
Mana shular asosida 1965 yildan to 1990 yilga qadar Orolbo`yida sug’oriladigan erlar uch
barobardai ko`proq kengaytirildi, suv iste`moli ham mutanosib tarzda uch barobar ortdi.
endilikda Orolni sog’lomlashtirish muammosi jahon xalqlari diqqat markazida bo`lib, Orol
dengizi havzasini barqaror rivojlantirishga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o`tkazilib
ularda istiqbolli dasturlar ishlab chiqilmoqda. 1995 yil sentyabr oyida Nukus shahrida Birlashgan
Millatlar Tashkiloti homiyligida bo`lib o`tgan "Orolbo`yi mamlakatlarining barkaror taraqqiyoti"
mavzusidagi xalqaro anjuman ham aynan yuqorida ta`kidlangan muammolarga bag’ishlangan
edi. Bu anjumanda Markaziy Osiyodagi besh davlat prezidentlari, hukumatlar
rahbarlari bilan
birga o`nlab xalqaro tashkilotlar va 35 davlatning vakillari ishtirok etib, o`lkada yuzaga kelgan
xavfli ekologik halokatni bartaraf etish masalalarini o`rganib chiqdilar. Anjuman ishida 300 dan
ortiq mutaxassislar, diplomatlar, vazirlar va
davlat rahbarlari qatnashib, ular Orol dengizining
qurishi bilan bog’liq bo`lgan ushbu asosiy masalalarni muhokama qildilar. Unda Nukus
deklaratsiyasiga imzo chekildi va istikbolda olib boriladigan siyosiy va amaliy ishlar borasida
aniq majburiyatlar olindi, boshlangich mablag’lar belgilandi.
Orol muammosi xalqaro muammoga aylandi. Orolni sog’lomlashtirish, uni suv bilan
ta`minlash, dengiz atrofidagi ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan ibratli ishlar boshlandi.
Orol dengizi atrofida yashovchi aholiga, ayniqsa bemorlar va bolalarga turli xayriya yordamlar
kuchaytirildi, respublikamizdan va xatto chet el mamlakatlaridan zarur
dori darmonlar muntazam
yuborib turilibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: