A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma


Orol dengizi muammosining tabiiy va ekologik jarayonlarga ta`siri



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

Orol dengizi muammosining tabiiy va ekologik jarayonlarga ta`siri. Orol dengizining 
qurib qolgan tubi 3 mln gektardan ortiq bo`lib, tabiiy sharoiti o`ziga xos, eski qirg’oq (1961 yil) 
dan ichkari tomon 10-15 km (SHarq tomonda bundan ham ko`proq) masofada sidirg’asiga qumli 
mintaqa mavjud, mazkur qurigan qism asosan jo`yak do`ng barxanli relef shakllari bilan band, 
qumli shakli tarkib topmoqda. qumli mintaqada asosan siyrak (ba`zi joylarda umuman yo`q) 
cherkez, qora saksovul, yulg’un, bir yillik sho`ralar va boshqa o`simliklar mavjud. Mazkur 
mintaqadan so`ng taqirsimon sho`rhoklar (asosan bir yillik sho`ralar bilan majmuali holda 
sarsazan va yulg’un keng tarqalgan) katta maydonlarni egallagan, ba`zi qum uyumlari uchraydi. 
Grunt suvlari sathining 5-7 m dan pastga tushishi tufayli endilikda qoldiq sho`rhoklarga 
aylangan. Ushbu mintaqaniig maydoni dengiz tomon yil sayin kengayib bormoqda, chunki grunt 
suvlari sathi ham Orol chekingan sari pasayib bormoqda. qurigan qism rel’efi yalang tekislikdan 


iborat bo`lganligp sababli grunt suvlarining yotiq (gorizontal) oqimi ham juda sekin, ba`zi 
joylarda amalda yo`q darajada. Ular asosiy qismining bug’lanishga sarf bo`lishi tufayli 
tuproqdagi tuz miqdori ham katta. qozog’istonlik mutaxassislarning ma`lumotiga ko`ra 1961-
1970 yillar o`rtacha yillik tuz to`planishi 1,80 mln t, 1971-1980 yillarda 2,95 mln t, 1981-1985 
yillarda 4,85 mln t.ni tashkil kilgan. Binobarin uning qurigan qismi ulkan tuz manbaiga aylanib 
bormoqda. 
Hozirdayoq Orolning qurigan qismida shamol ta`sirida qum, chang va tuz zarrachalari turli 
tomonlarga to`zimoqda. Janubiy Orolbo`yida dengizning qurigan qismidan ko`tarilgan tuz va 
sho`r changlarniig tushishp SANIIRI ma`lumotlariga ko`ra har ga maydonga o`rta hisobda 90-
1000 kg dan to`g’ri keladi. Ammo dengizning eski qprg’og’idan janub tomon bu miqdor 
kamayib borishi aniqlangan, chunonchi Muynoq atrofi har gektar maydonga 1242 kg dan tuz 
yog’ilsa, Nukus atrofida bu miqdor 100-150 kg. va undan kamroq. 
Yana bir noxush holat shundan iboratki, Orolbo`yida tabiiy va ekologik sharoitning keskin 
o`zgarishi sababli mavjud yaylov va pichanzorlarning mahsuldorligi (o`sha vaqtlarda gektarga 
10-50 ts bo`lgan) 0,5-2-3 ts gacha kamaydi. o`simliklar zichligining kamayib borishi, ularning 
siyrak golofitlar bilan almashishi oqibatida shamol eroziyasn kuchaymoqda, natijada tekislikning 
o`ydim-chuqurligi ortib bormoqda, qum relef shakllari tarkib topmoqda. Gidrometeorologiya 
Bosh boshqarmasi ma`lumotlariga qaraganda, Orol dengizi turli tomonga yiliga 15-75 mln t 
chang va tuz tarqatuvchi asosiy manbaga aylanib bormoqda. 
Orol tubidan ko`tarilgan tuz va qum zarrachalari Ustyurt yassi tog’lardan engilgina oshib, 
janub va g’arbga tarqaladi. Kaspiyga borib etadi. Kaspiyda suvning yuza bug’lanishi tik naychasi 
bilan uchrashadi. Naychada chang-tuz buluti hosil bo`ladi. Ular juda balandlikka ko`tarilib, eni 
40 km, uzunligi 30 km bo`lgan hududlarga etib boradi. Orol dengizining qurishi mintaqaning 
iqlim vaziyatini o`zgartirib yubordi. Ilgari Orolbo`yida harorat va havo namligini o`ziga xos 
tartibga solib turuvchi tabiiy to`siq bo`lib hisoblanardi. 
Dengiz sathidan ko`tariluvchi bug’ ustuni Amudaryo quyi oqimi hududiga SHimol 
shamollari kirib keladigan yo`lda bamisoli qalqon bo`lib turgan dengizning mayinlashtiruvchi 
nafasi iqlim quruqligini kamaytirar, saraton issig’ini va qahraton sovug’ini mo``tadillashtirar edi. 
endilikda Orol dengizining bu ahamiyati deyarli sezilmay qoldi. Natijada keyingi vaqtda iqlim 
sharoiti keskin o`zgardi. YOz isib ketdi, qish esa sovuq bo`la boshladi, changli to`zonlar 
ko`payib, bahorgi va kuzgi sovuq urishlar tezlashdi, o`simliklarning vegetatsiya davri 20-25 
kunga qisqardi. Bu esa mazkur mintaqada issiqsevar o`simliklarni etishtirish imkoniyatini 
kamaytirmoqda. 
Mintaqaning yuz minglab gektar erlari jizg’anak bo`lib, sho`rlanib yotibdi. Paxta 
etishtirishga ajratilgan er maydonlarining anchagina qismi kasallik qo`zg’atuvchilar va o`simlik 
zararkundalari bilan kasallangan. Sug’oriladigan erlarning ko`pgina maydonlarda tuproq 
unumdorligi pasaymoqda. Asosan qishloq xo`jalik ekinlarining hosildirligi keskin kamayib ketdi. 
Mintaqada ekologik vaziyatning g’oyat keskinlashgani, bundan tashkari Amudaryo va Sirdapyo 
oqimining kamayib ifloslanib qolgani, Orolbo`yining jadal ravishda cho`lga aylanib borayotgani 
bilan bog’liqdir. Sanoat va xo`jalik-maishiy oqava suvlarning tashlanishi oqibatida daryo va 
havza suvi zaharlanmoqda. Qishloq xo`jalik ob`yektlaridan chiqadigan g’oyat ko`p miqdordagi 
fosfor, azot va boshqa moddalar, shuningdek defoliantlar, insektitsidlar tarkibidagi zaharli 
moddalar  suvga kelib tushmoqda. Yuqori darajada  minerallashgan kollektor-drenaj 
oqavalarining daryolarga chiqarib tashlanishi daryolar suvining minerallashuviga ham sabab 
bo`lmoqda. Bakteriyalarning umumiy miqdori yo`l qo`yilishi mumkin bo`lganidan 5-10 marta 
ortiqdir. 
Keyingi yillarda O`zbekiston olimlari Orol dengizining qurigan tubini tadqiq qildilar. 
Bunda aerofazo materiallaridan keng foydalanildi. qo`shimcha ravishda ko`p zonali aerosuratga 
olishlar o`tkazildi. Orolning qurigan tubi janubiy qismida morfometrik xususiyatlarga ega 
bo`lgan qator zonalar, jumladan Ajiboy qo`ltig’ini ajratib ko`rsatish mumkin. qo`ltiq asosan og’ir 
mexanik tarkibli zamindan, loy, og’ir qumoq tuproq va qumloq tuproqdan tashkil topgan. 
qo`ltiqni Ustyurt va Yo`lbars burni yarim oroli tarafdan qum- barxavlari o`rab olgan. Bir metrli 


qatlamning sho`rlanganligi gektar hisobiga 190-400 tonnaga to`g’ri keladi. CHunki jinslar 
zichligi markazga va qo`lgiqning dengizga chiqish tomon kuchayib boradi. Er osti suvlari yuzada 
joylashgan va suvga chidamli qatlamning yastanib yotishi ba`zi joylarda suv chiqadigan 
qatlamlarning siyrakligi bilan izohlanadi. qirg’oq chizig’idan er osti suvlarining chuqurligi 4-5 
metrga boradi, qo`ltiqning markazi tomon va qirg’oqda yuza joylashgan hamda er yuziga chiqib 
turadi. 
SHarq tomondan yondashgan Yo`lbars burnidan shimolroqda zona dengiz qumlari va 
qumloq tuproqdan tashkil topgan. Umumiy maydoni 330 kv km. Bu hududning asosiy qismidan 
shimolning qumlarning uchirishi ustunlik qiladi. Er osti suvlari yuza joylashgan bo`rsillagan 
(gidromorf), sho`rxok shakllanadigan zona bundan mustasnodir. Amudaryo del’tasi asosan 
yumshok er va allyuvial (daryo suvlari oqizib kelgan) jinslardan tashkil topgan, kam 
sho`rlangan. Bu erda shamol va suvlar emirilish uyg’unlashib, o`nqir-cho`nqir murakkab rel’ef 
hosil qiladi. Daryoning suvligiga qarab del’ta dengiz tomon yiliga 0,6-0,9 km suriladi. Bu erda er 
osti suvi darajasi yilning suvligiga bog’liqdir va suv sathiga yaqindir. Mustahkamlangan qumloq 
maydonlarda ko`p yillik o`simliklar - saksovul, yulg’un, to`kay nihollari va boshqalar yaxshi 
rivojlanmoqda. Jildirbosh qo`ltig’i kollektor-drenajlar tashlama suvlari va qozoqdaryo 
irmog’idan ta`minlanadi. Umumiy maydoni 1900 kv km, uning 60-80% ni sho`rxokka bardoshli 
va qo`g’a-qamish aralash nihollar bosib ketgan. qo`ltiqning anchagina qismida kuchli 
minerallashgan er osti suvi 2-3 metr chuqurlikda bo`lib, zaxkash va yarim zaxkash sho`rxoklar 
yuzaga kelishiga ko`maklashadi. qo`ltiqning Shimoliy  va shimoli-sharqiy qismida dengiz va 
daryo loyqalaridan sho`rxoklar paydo bo`lmoqda.  
Orolning sharqiy qismidagi 1 mln. ga li Oqtepa arxipelagi tuzlar to`planishining eng yirik 
manbaidir. Bu arxipelag Qizilqum shimoli-sharqiy qismining davom etib kelgan past-baland va 
ariqsimon qumlardan shakllangan, balandligi 10-15 m. Ular alohida suvi qurigan yoki 150-200 
gektar atrofida sho`r suv bilan to`lgan kotlovinalaridan iborat. SHo`r suv kotlovinalari atrofida 
dengiz qirg’ogi sho`rxoklari shakllanadi, ular halokatli darajada bo`lib, 30 km chamasidagi 
zonadagi yuza sathlar tarkibida 15-17% gacha tuz bor. 
Orol dengizi tubining qurigan doirasi mikrorel’efi, qatlamlar litologiyasi, qurib borishning 
jadalligi er osti suvlarining chuqur yoki yuza joylashganligiga qarab galogeokmyoviy 
jarayonlarning uzoq davomli bosqichini o`taydi. Shunday qilib, Orol va Orolbo`yi bo`hronining 
eng asosiy sababi ishlab chiqarish tuzilmalari bilan O`rta Osiyo ekologik tizimini o`rtasida 
vujudga kelgan chuqur ziddiyatdir. Bu tabiatning ob`yektiv qonunlarini mensimay suv va boshqa 
tabiiy boyliklardan chek-chegarasiz foydalanish oqibatida ro`y berdi. Irrigatsiya qurilishi 
tarixining Orol va Amudaryo hamda Sirdaryo del’talari ekologik tizimini saqlash bo`yicha 
tavsiyalari amalda bajarilmadi. Buning oqibatida Orol dengizi atrofida o`lkalarda mudhish 
vaziyat vujudga keldi: katta-katta maydonlaridagi ekinzorlar quriy boshladi: daraxtlar, o`t-
o`lanlar, tuproq, suv va havo zaharlandi. Ayniqsa odamlarning sihat-salomatligiga, hayvonot 
olamiga katta ziyon etdi. Ilgari yashnab turgan ko`pgina joylarning ekologik sharoiti 
yomonlashib, ular kimsasiz dasht biyobonlarga aylandi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish