Mavzu:
Reja:
Kirish: 2
I. Nazariy qism: 8
1.1. reja 1 8
1.2. reja 2 8
1.3. reja 3 8
II. Loyiha qism 9
2.1. loyihani yaratish bosqichi 9
2.2 loyihadan foydalanish 9
Hulosa 10
Foydalanilgan adabiyotlar. 11
Kirish:
Bugun mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
2017 — 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Xarakatlar strategiyasi” ning birinchi bobi ya’ni Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlarining Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishda quyidagilar bajarilishi maqsad qilinadi: “Elektron xukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi xamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish ko’zda tutilgan.
2018-yil 9-yanvar kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
O’tgan 2017-yilda raqamli televideniya qamrovi 88% dan 100% gacha yetkazildi. Mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 7 foizga oshib, 22,8 millionga yetdi. 2017-yilda axborot texnologiyalari sohasida 7,7 trillion so’mlik yoki 2016-yilga nisbatan 26% ga ko’p xizmat ko’rsatildi. Investitsiya dasturida 260 million dollar o’zlashtirildi.
Hozirgi vaqtdagi rivojlangan mamlakatlar amaliyoti haqida gapiradigan bo’lsak axborot texnologiyalari sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi Janubiy Koreyada – 9 foiz, Yaponiyada – 5,5 foiz, Xitoy va Hindistonda – 4,7 foiz, O’zbekistonda atigi 2,2 foizni tashkil etadi. Buni axborot-kommunikatsiya rivojlanish indeksi reytingdagi 176 ta mamlakat ichida O’zbekiston 95-o’rinni egallagani isbotlab turibdi. Shu sababdan mamlakatinizda ushbu sohani rivojlantirish bo’yicha bir qancha dasturlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq etilmoqda. Bu esa davlatni iqtisodiy rivojiga sezilarli hissa qo’shmoqda.
Bundan tashqari mamlakatning ichki hudidi bo’ylab internet tarmog’iga ulanish qamrovini kengaytirish va tezligini oshirish, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya sohasida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o’rnatish, “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ushbu sohaga bo’lgan e’tibor va uning muhimlilik darajasini ko’rsatib turibdi. [2018-yil 9-yanvar]
Tan olish kerakki, MDH davlatlari bo’yicha internetning o’rtacha tezligi biznikidan 10 marta yuqoriligi qayd etish mumkin. Aloqa operatorlari chekka hududlarda, avtomobil va temir yo’llarga yaqin hududlarda ham rivojlantirish zarur va telekommunikatsiya texnologiyalarini kengaytirishga sarmoya kiritish zarur.
Mutasaddilar tashkilotlar internet narxini keskin arzonlashtirish, tezligini kamida 4 barobarga oshirish, 2020-yilgacha esa MDH davlatlari darajasiga yetkazish chora-tadbirlarini ko’rish juda zarurdir.
Bugun “Xavfsiz shahar” yagona kompleksini yaratish dasturiga muvofiq loyihaning konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra, Toshkent shahrida 16 mingdan ortiq kameralar o’rnatish, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va Situatsiya markazlarini tashkil etish belgilangan. Shuningdek, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz hudud”, “112” tizimi, oliy ta’lim muassasalariga imtixon topshirish jarayonlariga videokuzatuv hamda yo’l harakati qoidalari buzilishlarini ro’yxatga olish tizimlarini joriy etish ko’zda tutilgan.
“Xavfsiz hudud” va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish bo’yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari ko’rish mutassaddilar tomonidan doimiy ravishda muhokama qilimoqda va bu esa mamlakatni aholi farovon yashovchi yanada qulay maskanga aylantirish maqsad qilingan.
O’zbekiston Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi farmoniga asosan tashkil etilgan “Mirzo Ulug’bek innovatsiya markazi”da 140 dan ortiq korxonaga rezident maqomi berilib, ularda ayni vaqtda mingdan ortiq dasturchi mutaxassis ishlamoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida eng zamonaviy texnologiyalar va ta’lim uslublari keng joriy etilmoqda. [ O’zbekiston Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi farmoni]
2018-yilda xalqaro tajribani, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, “2018–2021-yillarda ‘Elektron hukumat’ tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqish, “Mirzo Ulug’bek innovatsiya markazi” rezidentlari tomonidan ko’rsatiladigan ishlar va xizmatlar hajmini kamida 2 barobarga hamda eksport hajmini 1,8 barobarga oshirish, rezidentlar uchun chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilishda va yangi bozorlarga chiqishda ko’maklashish bo’yicha tegishli ishlar ham olib borilmoqda. Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini uch yil ichida jahondagi eng obro’li ming universitet safiga kiritishni ta’minlash, sohada jahonda yetakchi bo’lgan universitet va kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, professor-o’qituvchilar va talabalarning xorijiy stajirovkasi va malaka oshirishini keng tashkil etish ham axborot texnologiyalari sohasining rivojida muhim biro mil bo’lmoqda.
Mamlakatda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va buning uchun milliy kadrlar tayyorlash ishlari hali talab darajasida emasligini hisobga olgan holda, dunyoning yirik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yirik korporatsiyalar bilan tenglasha oladigan milliy operator va dasturchilarning faoliyatini takomillashtirish bo’yicha aniq vazifalar asosida ishlar amalga oshirilmoqda.
“O’zbektelekom” kompaniyasining ishlash samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xalqaro telefon so’zlashuvini noqonuniy amalga oshirayotgan subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo’llash, xalqaro tajriba asosida pochta tizimini tubdan qayta ko’rib chiqib, yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish ishlarini olib borish esa mijozlarning foydalanish qulayligiga va ularning hizmat ko’rsatuvchilarga bo’lgan ishonchini oshirmoqda.
Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash borasida bajariladigan yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Innovatsion va ilmiy faoliyatni davlat va jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlash choralari, shu jumladan, innovatsion loyihalarni foizsiz kreditlash hamda innovatsion loyihalarni kreditlash uchun tijorat banklariga davlat kafolatlarini berishni ham nazarda tutuvchi "Innovatsion faoliyat to’g’risida"gi va "Fan to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan keyin Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish tog’risida farmon berildi.
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda nazorat qiluvchi organlar tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar, monitoring va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’rilgan choralar haqidagi zarur axborotlarni doimiy kiritib borishni nazarda tutuvchi maxsus elektron axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish to’g’risida bir qancha ishlar belgilab olindi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar, o’tkazilgan tekshirishlar va monitoring (asos, tekshirish yoki monitoring o’tkazish vaqti, ularni o’tkazgan xodimlar va boshqalar) va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’rilgan choralar to’g’risidagi axborotlar majburiy tartibda prokuratura organlarining maxsus elektron axborot tizimiga kiritiladi. Bundan tashqari davlatda davlat organlari va tashkilot hodimlarning informatik savodhonligini oshirish va tekshiruvdan o’tkazish bo’yicha ba’zi ishlar amalga oshirildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan rahbarlari va bo’linmalari xodimlarini nizomda belgilangan talablarga muvofiq o’z vaqtida va tegishli ravishda attestatsiyadan o’tkazishni ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi attestatsiya o’tkazish bo’yicha ishchi organ hisoblanadi.
Attestatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Yuqori malakaga, tashabbuskorlikka, javobgarlikka ega mutaxassislar toifasini aniqlash;
Xodimlarning zarur kasb tayyorgarligini, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishni aniqlash;
Ish tashkil qilishni takomillashtirish va mehnat samaradorligini oshirish;
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, kadrlar siyosatida tegishli takliflarni ishlab chiqishni maqbullashtirish;
Xodimlarning kasbiy o’sishini va xizmat martabasini rag’batlantirish, dolzarb va istiqbolli ish chastkalariga munosib va o’z ishiga sodiq malakali rahbarlarni va mutaxassislarni ko’rsatish.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas’ul davlat organlari bo’linmalarining va boshqa byudjet tashkilotlarining rahbarlari va xodimlari attestatsiyadan o’tkazilishi lozim.
Att estatsiya o’tkazishda attestatsiyadan o’tkaziluvchilar faoliyatini baholashdagi asosiy mezonlar:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va elektron hukumatni ishlab chiqish, takomillashtirish hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga joriy qilishning huquqiy asoslarini nazarda tutadigan O’zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy bazasi to’g’risidagi bilimlarga ega bo’lish;
Shaxsiy kompyuterda ishlash ko’nikmalari yuqori darajada bo’lishi;
Ofis dasturiy ilovalari bilan, shuningdek Internet tarmog’ida ishlovchi, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
Elektron hujjat aylanishi tizimi, elektron pochta va elektron raqamli imzodan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi.
Boshqaruv tizimi jarayoni ishlab chiqarish jarayonida samaradorlikni, aniqlikni oshiruvchi va xavfli jarayonlarning oldini oluvchi qurilmalar hamda elektr jihozlar to’plamidan iboratdir. Operatsion tizim turli xil va shaklda bo’lishi mumkin. Texnologiyaning tez rivojlanishining natijasi sifatida shuni ko’rish mumkinki, ko’plab kompleks operativ masalalar dasturli-mantiqiy boshqaruv tizimini markaziy, ya’ni uning qo’shimcha qurilmalari bilan birga kompyuterga ulash bilan amalga oshirmoqda.
I. Nazariy qism: 1.1. reja 1 1.2. reja 2 1.3. reja 3 II. Loyiha qism 2.1. loyihani yaratish bosqichi 2.2 loyihadan foydalanish Hulosa Foydalanilgan adabiyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |