rivojlana boshladi. BMT halqaro ekologik hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yo`lida ko`p
ishlarni amalga oshirdi. Dastlab 1948 yilda BMT tashabbusi bilan «Tabiatni himoya qilish
halqaro byurosi» «Tabiatni muhofazalash halqaro ittifoqi» (TMXI)ga aylantirildi. Hozirgi
kunga kelib ushbu ittifoq faoliyatida dunyoning 118 mamlakatidan 636 tadan ziyod davlat va
jamoatchilik tash-kilotlari ishtirok etmoqdalar. TMXI tarkibida 6 ta domiy hay`at bo`lib, ular
atrof-muhit muhofazasining eng dolzarb masalalari bilan shug’ullanib kelmoqdalar. Bir qator
hayvonlarni muhofazalash borasidagi xalqaro konventsiya va kelishuvlar, turli hayrli tadbirlar,
«Qizil kitob» va «YAshil kitob»larning tashkil etilishi kabi
ishlar mana shu ittifoqning
faoliyati bilan bog’liqdir.
Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlaridan 6 tasi atrof-muhit
muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug’ullanadi. Jumladan,
YUNESKO - ta`lim, fan va
madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri
atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o`tkazishga qaratilgan.
FAO — oziq-ovqdt va qishloq xo`jaligi bo`yicha tashkilot. U er, suv, o`simlik va hayvonlardan
kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug’ullanadi.
VOZ
xalqaro sog’liqni saqpash tashkiloti. Achrof-muhit muhofazasining sanitar-gigienik masalalari
bilan shug’ullanadi.
VMO — xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy
o`zgarishlar bilan shug’ullanadi.
IMKO — dengizlar bo`ypcha davlatlararo maslahat tashkiloti. Bu
tashkilot dunyo dengiz va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug’ullanadi.
YUqoridagilardan tashqari BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masa-lalar bilan shug’ullanuvchi
kengashi — E
KOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e`tibor beriladi.
SHuningdek, mintaqaviy ekologik muammolar turli komissiyalar faoliyatida o`z ifodasini topadi.
Ular dunyoning turli qismlarida sotsial-iqtisodiy holatni o`rganadilar, hukumatlar uchun
tavsiyanomalar ishlab chiqadilar va loyixalarni tatbiq qilishda ishtirok etadidlar.
Masalan: eSKATO komissiyasi (Osiyo va Tinch okeani mintaqasi).
EKLAK (Lotin Amerikasi mintaqasi uchun).
EEK (Yevropa uchun).
1962 yilda YUNESKO ning XII Bosh konferentsiyasida «Ekologik taraqqiyot va tabiiy
resurslarni, flora va faunani muhofazalash» rezolyutsiyasi qabul qilindi.
1968
yilga kelib, XEH faoliyati sezilarli darajada kengayib, mustahkamlangan bo`lsada, bu borada
xalqaro harakatni aniq va talab darajasida tashkil etish hamda muvofiqlashti-rishga erishilmadi.
ekologiyaga doir turli amaliy tadbirlar o`tkazish kupincha bir yoki sanoqli ixtisoslashgan Xalqaro
tashkilotlarning (
YUNESKO,TMXI) faoliyati doirasida cheklanib qolindi. ekalogik masalalarga
ko`proq xususiy muammo sifatida qarashlar davom etdi. Bu hol ekologik muammolarni bir davlat
yoki alohida olingan
mintaqa miqyosida, alohida biror-bir aniq, tor doiradagi tadbirlar yordamida
hal etish mumkin, degan yuzaki qarashlarning davom etishiga sabab bo`ddi. Aslini olganda bu davrga
kelib (1970) ko`plab ekologik muammolar allaqachon bir davlat yoki
millat chegarasi doirasidan
chiqib umumbashariy xarakter kasb etgan edi. 1970 yillardan boshlab insoniyat ekologik
muammolar umumbashariy xarakterga ega ekanligini va ularni hal etish uchun
XEH ni yanada
rivojlantirish va takomillashtirish zarurligini anglab eta boshladi. Natijada shu davrdan boshlab XEH
da yangi rivojlanish bosqichi boshlandi.To`rt yillik tayyorgarlikdan so`ng" 1972 yilda Stokgal’m
(SHvetsiya) da 113 mamlakat, turli davlatlararo va nodavlat tashkilotlari ishtirokida BMTning
atrof-muhit muhofazasi bo`yicha konferentsiyasi o`tkazildi. Uning natijalari asosida «Atrof-muhit
to`g’isida Deklaraitsiya» qabul qilindi, uning qisqacha mazmuni quyidagicha edi:
■taraqqiy etgan mamlakatlar rivojlanayotgan davlatlarga atrof-muhit muhofazasi uchun aniq
sharoit va ehtiyojini e`tiborga olib mablag’lar ajratishlari zarur;
■tabiiy resurslarni hozirgi va kelajak avlodlar uchun saqlanib qolish zarur. Barcha
mamlakatlar XEH ni samarali rivojlantirishda faol hamkorlik qilishlari lozim;
• har bir inson ozod, teng huquqli va qulay bo`lgan atrof-muhit sharoigida yashashga
haqlidir;
• insonlarni ezishning apparteid, irqiy kamsitish, mustamlaka qilish
va boshqa shakllari
tugatilshii lozim;
• yadro qurollari sinovini to`xtatish zarur.
Stokgol’m konferentsiyasi qarorlari BMTning 32-Bosh Assambleyasida ko`rib chiqildi va
ular asosida 11 ta rezolyutsiya qabul qilindi. Bu rezolyutsiyalarda BMTning atrof-muhit
muhofazasi soxasidagi tadbirlarining tashkiliy, ma`muriy va huquqiy asoslari yoritib berildi.
BMT tomonidan biosferaning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni saqlab qolish
masalalarini ilmiy jihatdan asoslashga katta e`tibor berila boshlandi.
YUNESKO ning XVI
(1970) sessiyasida atrof-muhit muhofazasi bo`yicha yangi
«Inson va biosfera» MAB dasgurini
amalga oshirishga qaror qilindi. Dasturni amalga oshirish uchun 25 tashkilot vakillaridan iborat
Xalqaro muvofiqlashtiruvchi Kengash (XMK) tuzildi. MAB ning dastlabki faoliyatida
tashkiliy masalalarga kentroq o`rin berilgan bo`lsa. 1970 yillar oxiridan boshlab atrof-muhit
muhofazasining 5 ta etakchi mavzusi, ya’ni nam tropik o`rmonlar;
qurgoqchil erlar; biosfera
qo`riqxonalari; shahar ekotizimlari; kadrlar tayyorlash bo`yicha ilmiy tadqiqotlarni
kengaytirishga e`tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunda MAB daeturining 973 ta loyihasini
amalga oshirishda 80 dan ortiq davlatlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmokda. Atrof-muhit
muhofazasi masalalariga dunyo jamoatchiligi e`tiborini yanada kuchaytirish masalasida
1972 yil
Do'stlaringiz bilan baham: